Transformatorning nominal kattaliklari. Transformatorlar stan-dart talablariga mos holda texnik shartlar boʻyicha tayyorlanadi va elektr energiyani oʻzgartirish boʻyicha ma’lum vazifalarni bajarish uchun belgilanadi. Bu sharoitlardagi transformatorning ishi quyidagi nominal kattalik-lar bilan xarakterlanadi va ular elektr jihozlari kataloglarida hamda transformatorga mahkamlangan pasport taxtachada quyidagilar koʻrsatilgan boʻladi:
1. Ikki chulgʻamli transformator uchun bitta nominal toʻla quvvat S1= =S2 = SN (uch chulgʻamli transformatorlarda har qaysi chulgʻam uchun alohida, ya’ni uchta quvvat) VA yoki kV×A da koʻrsatiladi:
bir fazali ikki chulgʻamli transformator uchun – S1N= U1N×I1N ;
uch fazali ikki chulgʻamli transformator uchun –
Transformatorlarda FIK juda ham katta boʻlganligidan ikki chulgʻamli transformatorda birlamchi (S1N) va ikkilamchi (S2N) chulgʻam nominal quvvatlari taxminan bir xil boʻladi, ya’ni S1N » S2N.
Bulardan tashqari: 1) nominal chastota fN; 2) fazalar soni m; chulgʻamlarning ulanish sxemasi va guruhi; 3) qisqa tutashuv kuchlanishi uqt.(%); 4) transformatorni tayyorlagan zavodning nomi; transformatorning tayyorlan-gan yili; 5) transformatorning tipi; 6) tayyorlangan transformatorga ga toʻgʻri keladigan standart nomeri; 7) sovitish usuli; 8) massasi; 9) Nominal kuchlanish va boshqa ayrim ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |