Kurs loyiha va kurs ishlarini bajarish boʻyicha uslubiy koʻrsatma mundarij a


Download 1.92 Mb.
bet3/15
Sana07.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1437287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs Loyiha ishi topshiriq

4 termosi-fonli filtr; 5 – radiator; 6– kuchlanishni rostlash qayta ulagichi; 7 kengaytirgich;
8 – moy koʻrsatkich; 9 – havo qurit- gich; 10 – chiqaruvchi (saqlovchi) truba; 11 – gaz relesi;
12 –yuqori kuchlanishli (YuK) chulgʻam uchun oʻtish izolyatori; 13 qayta ulagich dastagi;
14 – past kuchlanishli (PK) chul-gʻamga oid oʻtish izolyatori; 15 – transformatorni koʻtarish uchun ilgich; 16 – PK chul-gʻamni oʻtish izolyatori bilan bogʻlovchi oʻtkazgich; 17 – magnit oʻtkazgich; 18 – YuK chulgʻam-ni oʻtish izolyatori bilan bogʻlovchi oʻtkazgich; 19 – yuqorgi va pastki yarmo balkalari; 20 – YuK chulgʻam rostlash tarmogʻining simlari; 21 – YuK chulgʻam (uning ichida PK chulgʻam); 22 – aravacha gʻildiragi

Transformatorning (yoki avtotransformatorning) qaysi chulgʻamiga elektr energiya berilsa, uni birlamchi chulgʻam, elektr tarmogʻiga yoki iste’molchiga elektr energiya uzatilgan chulgʻamni ikkilamchi chulgʻam deyiladi.


Agar transformator (yoki avtotransformator) birlamchi chulgʻamining nominal kuchlanishi ikkilamchi chulgʻam nominal kuchlanishidan kichik (U1N < U2N) boʻlsa oshiruvchi, katta (U1N > U2N) boʻlganida esa – pasaytiruvchi transformator (yoki avtotransformator) deyiladi.


Sohaviy kuch transformatorlari elektr transportida (temir yoʻl, metro va shahar elektr transporti ta’minotida), elektr pechlarida (masalan, Bekobod metallurgiya kombinatida); maxsus maqsadli transformatorlar esa elektr yoyi vositasida payvandlash, toʻgʻrilagich, aloqa, avtomatika va hisob-lash texnikasi qurilmalarida (buriluvchi transformatorlar – elektr signalini funkstional, ya’ni shakli sinusoidal boʻlgan signalga oʻzgartirishda), radiotexnikada va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi.

Transformatorlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi, ya’ni:



  1. ishlatishda ishonchli boʻlishi;

  2. ishlab chiqarishda va ishlatishda tejamli boʻlishi;

  3. isroflar standartda belgilangan me’yordan oshmasligi;

  4. parallel ulash shartlarini qanoatlantirishi;

  5. me’yordan ortiqcha qizib ketmasligi;

  6. kuchlanishni rostlashga imkon berishi;

  7. transformatorni ishlatish jarayonida ayrim sabablarga koʻra sodir boʻladigan qisqa muddatli (izolyastiya uchun xavfli boʻlgan) oʻta kuchlanishlarga va kam muddatli qisqa tutashuvlardagi transformatorning nominal tokidan ancha katta boʻlgan toklar ta’siriga bardosh berishi zarur.

Transformatorlarning tarkibiy qismlariga magnit oʻtkazgich, chulgʻamlar, sovitish sistemasi, himoya qurilmalari va boshqalar kiradi.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling