Kurs loyihasi fan : Rele himoyasi va avtomatikasi Guruhi talaba Rahbar : ass. Komolddinov S. S. Topshiriq


Elektr ta’minoti tarmoqlarida avtomatika va rele himoyasi fanidan kurs ishi uchun topshiriqlar


Download 411.46 Kb.
bet4/13
Sana23.12.2022
Hajmi411.46 Kb.
#1050121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ollohberdi Rele kurs ishi

1. Elektr ta’minoti tarmoqlarida avtomatika va rele himoyasi fanidan kurs ishi uchun topshiriqlar


Mavzu: “Elektr ta’minoti sistemasi elementlarining avtomatikasi va rele himoyasi

1.1. Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad: releli himoya va avtomatika qurilmalarining tarkibiy qismi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularni ishlatish buyicha ko‘nikmalar hosil qilishdir.Ushbu fandan kurs ishini bajargan talabalar releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalarining tarkibiy qismlarini elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llash, ularni ulanish sxemalarini qurish, sxemalardagi o‘rnatma qiymatlarini hisoblash uchun zarur bilimi va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak. Releli himoya, avtomatika va telemexanika moslamalarining vazifalari, ularning tarkibiy qismlari va funksional qismlari bilan tanishish, himoya qurilmalariga quyiladigan asosiy talablarni va ishlash prinsiplarini bilishdan iborat. ETTning RH va A fanidan kurs ishining maqsadi RH va A qurilmalarini hisoblash va parametrlarini tanlashga doir texnikaviy masalalarni mustaqil yechish va loihalarni bajarish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yordam berishdan iborat.
Rele himoyasining asosiy elementi bo‘lib maxsus apparat rele hisoblanadi. Ayrim hollarda uzgich va himoya bitta himoya va kommutatsiya qurilmasida birlashtirilgan bo‘ladi, masalan eruvchan saqlagich ko‘rinishida.
Neytrali yerdan izolyatsiyalangan yoki yoy so‘ndiruvchi reaktor orqali yerga ulangan elektr tarmoqlarida bir fazali yerga tutashuv qisqa tutashuv bo‘lib hisoblanmaydi, yaoni katta toklarning hosil bo‘lishi bilan boliq bo‘lmaydi. Fazalar orasidagi kuchlanish o‘zgarmaydi va elektr ta’minoti tizimining ishi buzilmaydi. Lekin bunday rejimni normal deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki shikastlanmagan fazalarning yerga nisbatan kuchlanishi ortadi va bir fazali yerga tutashuvning ko‘p fazali qisqa tutashuvga o‘tish xavfi yuzaga keladi. Shu sababli bir fazali yerga tutashuv ma’lum vaqt davomida bartaraf qilinishi zarur. Yerga tutashuvdan rele himoyasi asosan signalga ishlaydi. Faqat ayrim hollarda, masalan, katta quvvatli generatorlarda yoki tog‘-kon sanoati elektr ta’minoti tizimlarida signalga emas balki uzishga ishlaydigan qilib bajariladi.


Download 411.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling