Kurs loyihasi fan : Rele himoyasi va avtomatikasi Guruhi talaba Rahbar : ass. Komolddinov S. S. Topshiriq
Kurs ishi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi
Download 411.46 Kb.
|
Ollohberdi Rele kurs ishi
Kurs ishi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
Elektr ta’minoti sistemasi elementlarining avtomatikasi va rele himoyasini hisoblashda foydalaniladigan asosiy ifodalar; Avtomatika va rele himoyasi uchun qisqa tutashuv toklarini hisoblash dasturini tuzish; Elektr ta’minoti sistemasi elementlarining avtomatikasi va rele dasturini tuzish; Tuzilgan dasturlardan foydalanish namunasi. Kurs ishi 1÷4 – rasmlarda ko‘rsatilgan elektr ta’minotining sxemasiga asosan bajariladi. Rele himoyasi va avtomatika iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashning ishonchliligini va tejamkorliligini orttirish uchun xizmat qiladi. Kurs ishida normal va qisqa tutashuv rejimlarining parametrlariga qarab EBQ (elektr qurilmalarini bajarish qoidalari) talablarini hisobga olgan holda rele himoyasi va avtomatika qurilmalari tanlanadi hamda ularning ishga tushish parametrlari, sezgirligi va tanlash xususiyatlari aniqlanadi. Rele himoyasi va avtomatikaning bajariladigan hamma sxemalari standartlar talablariga javob berloihasi kerak. Kurs ishi uchun topshiriqlar (1.1÷1.4 jadvallar) variantlarini o‘z ichiga olgan. Talabalar variant raqamini uch ko‘rsatkichga asosan tanlaydilar: familyaning birinchi harfi, sinov daftarchasining oxirgi va oxiridan oldingi raqami. Bajarilloihasi kerak bo‘lgan ishning hajmi 1.5 jadvalda ko‘rsatilgan (+ - bajarilsin). Bajariladigan kurs ishining hajmi 25-30 bet tushuntirish xati va rele himoyasi hamda avtomatikaning chizmalarini o‘z ichiga oladi va namoyish etish varag‘ining chizmasi bo‘ladi. Tushuntirish xati titul varag‘i bilan boshlanadi. Titul varag‘idan keyin mundarija va topshiriqlar uchun boshlang‘ich ko‘rsatkichlar keltiriladi. Kurs ishi quyidagi tartibda bajariladi. Elektr ta’minoti sistemasining (1.1÷1.4 rasmlar) elementlari uchun elektr qurilmalarini bajarish qoidalari va 4.6 jadvaldan foydalanib qo‘llaniladigan rele himoyalari va avtomatikaning ro‘yhati tuziladi. Tanlangan rele himoyasi va avtomatika qurilmalari elektr ta’minotining bir chiziqli chizmasida shartli belgilar yordamida ko‘rsatiladi. Elektr ta’minoti sistemasining 5-jadvalda ko‘rsatilgan (“+” bajariladi) elementlari uchun ularning texnik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda: rele himoyalarining to‘la prinsipial chizmalari tanlanadi va chiziladi; tok va differensial relelarning o‘rnatmalari hisoblanadi; himoyalarning sezgirligi aniqlanadi; maksimal tok himoyalarining (MTH) hayallash vaqtlari topiladi; hamma hisoblar tugullangandan keyin tok himoyalarining selektivlik haritasi quriladi [8]. Qo‘llaniladigan avtomatika qurilmalaridan birining chizmasi bajariladi va ishga tushish o‘rnatmalari hisoblanadi, vazifalari hamda ishlash prinsipi qisqacha tushintiriladi. Kurs ishni bajarishda [2,7.9,10] adabiyotlarda ko‘rsatilgan rele himoyasi va avtomatikaning tipik chizmalari va hisoblash usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Tok otcheskalari, differensial himoyalarining sezgirligini aniqlash uchun k2...k4 nuqtalardagi ikki va uch fazali qisqa tutashuv toklari hisoblanadi. Buning uchun normal rejimda seksiya viklyuchatellari uzulganligi hamda BPPning ta’minlash liniyalari alohida ishlayotganligi hisobga olinib almashtirish chizmasi tuziladi. Tok transformatorlarining nominal toki himoyalanayotgan elementning nominal tokidan 1,5÷2,0 marta katta olinadi. Tok himoyalarining (MTH-TO) selektivlik kartasini qurishda 0,4/0,69/ kV dan boshlab 35/220 kV gacha sistemaning ketma-ket elementlarining vaqt-tok xarakteristikalari bir-biriga moslanadi. Sex transformatorlarining MTH larining hayallash vaqtini tanlashda 0,4÷0,69 kV li avtomatlarning ishlash vaqti ta = 0,25÷0,4 s ligi va hayallash vaqtining pog‘onasi Δt = 0,5÷0,7 s ligi hisobga olinadi. Download 411.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling