Kurs loyihasi mavzu
Download 99.56 Kb.
|
иссиқлик алмашиниш
7.Mehnatni muhofaza qilishO’zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 avgustdagi PQ-3913-son “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish tizimini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son “O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi 247-son “Nogironligi bo’lgan shaxslarning bandligiga ko’maklashish bo’yicha 2018-2019 yillarga mo’ljallangan davlat dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek mehnatni muhofaza qilish tizimini kuchaytirish va uzluksiz takomillashtirish hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to’g’risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq; Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarni yaxshilash bo’yicha 2020-2021 yillarga ogohlantirish harakatlari dasturi 2-ilovaga muvofiq; Nogironligi bo’lgan shaxslarning ish joylari uchun minimal mehnat sharoitlariga qo’yiladigan talablar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Davlat va xo’jalik boshqaruv organlariga ikki oy muddatda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to’g’risidagi tarmoq nizomlarini ishlab chiqish va kelishish uchun O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritilishi ta’minlansin. 3. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga: ikki xafta muddatda tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish tizimi tashkil etilmaganligi uchun javobgarlikni belgilash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar ishlab chiqish; ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo’yicha profilaktika ishlarini o’tkazish, mehnatni muhofaza qilish qonunchiligini tadbiq etish va rioya kilish masalalari bo’yicha hodimlar va ish beruvchilarga, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlariga konsultativ va metodologik yordam qo’rsatish; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi, shuningdek muayyan ish beruvchilarda mehnatni muhofaza qilish sohasida siyosatni, maqsadlarni va tartiblarni belgilash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirish, xavfli va zarali ishlab chiqarish omillar va risklarning ta’sirini pasaytirish, shu asosda mehnat unumdorligini oshirilishini rag’batlantirish bo’yicha halqaro standartlar va xavfsizlik usullarini joriy qilish; havfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi qoidalarini amaliyotda tadbiq etilishini namoyishi bilan ish beruvchi va xodimlar uchun plakatlar, broshyuralar tayyorlash va tarqatish, videoroliklar, ma’ruzalar, muzokaralar va seminarlar, ko’rgazmalarni tashkil etishni o’z ichiga olgan mehnatni muhofaza qilish masalalari va mehnat huquqlarini himoya qilish bo’yicha keng targ’ibot ishlarini amalga oshirish ta’minlansin. 4. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin. 5. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat fondi mablag’lari hisobidan a’zolik badallari to’langan holda Ijtimoiy ta’minot Halqaro assosiasiyasiga a’zo bo’lish yuzasidan zaruriy choralar ko’rilsin. 6. Vazirlik va idoralarga o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy xujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo’chqorov hamda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin. Download 99.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling