Kurs loyihasining mazmuni
Download 0.53 Mb.
|
Pardayev M.K.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs loyihasining mazmuni
- Dastlabki ma’lumotlar
Kirish Elektrlashgan temir yo‘llarning elektr harakat tarkibi o‘zgarmas tok energiyasining asosiy iste’molchilaridan biridir. Shu sababli elektr stansiyalarda ishlab chiqariluvchi o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini o‘zgarmas tokka o‘zgartirish zarur. Poyezd tormozlanishi (ya’ni to‘xtashi) chog‘ida elektr harakat tarkibi o‘zgarmas tok elektr energiyasini ishlab chiqaradi, o‘z navbatida bu energiyadan o‘zgaruvchan tok iste’molchilari energiya bilan ta’minlanishi uchun uni o‘zgaruvchan tokka o‘zgartirish kerak. Bu amallarni to‘g‘rilovchi va to‘g‘rilovchi-terslovchi (inverslovchi) o‘zgartgichlar bajaradi. To‘g‘rilagichlar oddiy va ko‘chkili diod (VD) lardan, boshqariluvchi to‘g‘rilagich va invertorlar – tiristor (ya’ni, boshqariluvchi ventil VS) lardan yig‘iladi. Uslubiy ko‘rsatmalarda umumiy qoidalar va hisoblash formulalariga ega bo‘lgan bo‘limlarida diod (VD) va tiristor (VS) lar uchun qisqacha “ventil”degan umumiy atamadan foydalanamiz. Faqat tiristor qo‘llanilgan sxemalarda “tiristor”nomi saqlanadi. Kurs loyhasini bajarishdan avval berilgan sxemaning to‘g‘rilash va terslash(inverslash) rejimida (topshiriq variantlarida ko‘rsatilgandek) ishlash nazariyasini chuqur o‘rganish, parallel va ketma-ket ulangan ventillarning zarur sonlarini hisoblashlarni EHMda bajarish usuli va tartibini bilish lozim. Kurs loyihasining mazmuni Kurs loyihasini bajarishdan maqsad: talabalarning elektr energiyani to‘g‘rilash va invers (ters)lash sxemalari bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini umumiylashtirish va chuqurlashtirish, ventillarni tanlash, o‘zgartgichlarning kuch sxemalarini hisoblash va ularni ishlab chiqish, EHMdan foydalangan holda o‘zgartgichning xarakteristikalari va energetik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bo‘yicha mustaqil ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kurs loyihasida qabul qilingan asosiy belgilashlarning izohi va ularning o‘lchov birliklari 2-ilovada keltirilgan. Dastlabki ma’lumotlar Berilganlar: hisoblanuvchi o‘zgartgich sxemasi, foydalanilgan ventillar tipi va sovutish turi (sovuq havo oqimi tezligi), ta’minlash tarmog‘i, to‘g‘rilagich va terslagichlar uchun nominal elektr parametrlar va ularning og‘ishlari. Terslash rejimiga o‘tkazilgan holda chulg‘amlar soni ortadi va unga mos holda ventil chulg‘ami kuchlanishi qiymati gacha ortadi. Transformatorning qisqa tutashuv kuchlanishi har ikki rejim uchun bir xil va uni ga teng deb hisoblash mumkin. Raqamlari 0 dan 6 gacha bo‘lgan variantlarda to‘g‘rilovchi – terslovchi o‘zgartgichlarni 1-rasmda ko‘rsatilganidek alohida to‘g‘rilash va alohida terslash komplektlari bilan ishlab chiqish ko‘zda tutilgan (1-jadval). To‘g‘rilovchi qism variantda ko‘rsatilganidek boshqarilmas va boshqariluvchi ventillar bilan ishlab chiqiladi. Raqamlari 7 dan 9 gacha bo‘lgan variantlarda to‘g‘rilovchi – terslovchi o‘zgartgichni 2-rasmda ko‘rsatilganidek umumiy tiristor guruhi bilan ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Ko‘prik sxemalaridagi boshqaruvchi impulslar davomiyligi 120o C ga yaqin deb hisoblanadi. 1-rasm. 2-rasm. QF , QF – mos holda to‘g‘rilovchi va invertorlash rejimini ulagichlar; VS – umumiy tiristorli guruh; VS , VS – mos holda to‘g‘rilagich va invertorning tiristorlari. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling