8.Asosiy uskunaning tuzilishi va ish prinsipi
Ushbu ustanokdan korxonalarda urug‘ yoki mag‘izni ezib, ishqalab, maydalab mahsulotdan yanchilma olish uchun keng foydalaniladi.
Vallar besh dona bo‘lib, vertikal holatda ustma-ust o‘rnatilgan. Yuqorigi qismidagi ikki dona vallar taram-taram sathli, qolgan uch donasi esa silliq yuzali bo‘ladi. Vallar ustma-ust erkin yotqizilib joylashganligi uchun oralarida oshib boradigan bosim hosil qilinadi. Ushbu bosim yuqorigi vallarning umumiy massasiga teng bo‘ladi. Yanchish uchun berilayotgan mag‘iz 2-qalqon yordamida yuqorigi vallarning oralig‘idagi o‘tish joyiga yo‘naltirib turiladi. Ushbu vallarda ishlov berilgandan so‘ng mag‘iz qalqon yordamida keyingi vallarning oralig‘idagi o‘tish joyiga yo‘naltiriladi. Dastgoxning ishlashi quyidagi tartibda olib boriladi. Pastki kismda joylashgan beshinchi val aylanishi natijasida uchinchi va birinchi vallar harakatga keltiriladi. Ikkinchi va to‘rtinchi vallar esa, birinchi, uchinchi, beshinchi vallar yuzasida ishqalanishi natijasida aylanadi. Yanchish jarayoni olib borilayotganda vallar oralig‘idagi masofa ta’minlagich bunkeridan berilayotgan mahsulotning miqdoriga qarab ixtiyoriy ravishda o‘zgarib turadi. Etaklovchi vallarning aylanish tezligi 150 ayl/min teng bo‘ladi.
Besh valli VS – 5 yanchish stanogi :
1-stanina; 2-qalqonlar; 3-ishchi vallar; 4-pichoqlar; 5-uzatma.
Yanchish dastgohining ish unumdorligi (60 t/kun kungaboqar urug‘i uchun) 100 t/kun paxta chigiti. Vallarning uzunligi 1250 mm, dimetri 400 mm. Devorlari buzilgan hujayralarning miqdori 70-80 % ni tashkil etadi. Stanokning ba’zi bir kamchiliklari ham bor. Vallarning ishchi yuzasi ish jarayonida notekis eyilishi sababli hosil bo‘lgan mahsulotning yanchilish darajasini boshqarib bo‘lmaydi. Mag‘izni yanchish uchun ko‘p miqdorda elektroenergiya sarf bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |