Kurs loyixasi mavzu: Sutkasiga 20 tonna kungaboqar urug‘i tayyorlov va marta presslash texnologiyasini loyixalang
Besh valli VS-5 yanchish stanogining texnik tavsifi
Download 287.14 Kb.
|
Kurs loyixasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- VS-5 uskunasini ishga tushirishva texnika xavfsizlik qoidalari
VS-5 uskunasini ishga tushirishva texnika xavfsizlik qoidalari Uskunani ishga tushurishda quyidagilarga rioya qilish kerak: 1. Staninani 4 ta kalonnaga va fundament plitiga boltlarini yaxshi maxkamlanganligini tekshirish kerak; 2. Barcha podshipniklarga moy quyib tayyorlash; 3. Stanok pichoqlarni o‘rnatish va hamma to‘siqlarni o‘z joyiga joylashtirish hamda stanokni ishga tayyorlash; 4. Uzatish kamarini taqsimlovich valga ilish so‘ngra yanchish vallariga qo‘shibkirgizish kerak; 5. Elektrodvigatel va stanokning barcha to‘siqlarini o‘z joyiga joylashtirish. Barcha predmetlarni va asboblarni olib tashlash. Valli stanokni bo‘sh, ya’ni maxsulotsiz ishga tushirish; 6. Uskunani quruq ya’ni mahsulotsiz ishlayotgan vaqtida quyidagi larga e’tibor berish lozim; Valli stanok tinch, ovozsiz ishlashi, shkivlar valga urilmasligini podshipniklardan moy oqmasligi va shkivlardan kamar chiqib ketmasligiga, to‘siq va pichoqari valga to‘g‘ri sozlash, elektrodvigatel, reduktor qizib ketmasligi va me’yorida ishlashi. Ishlash jarayonida biror bir kamchilik sezilsa, valli stanok to‘htatiladi. So‘ngra stanok 30 minut davomida quruq ya’ni mahsulotsiz ishga tushuriladi, keyin uskunaga sekin astalik bilan mahsulot bir me’yorda berib boshlanadi. Valli stanok ishlayotganda quyidagilarni kuzatish turish kerak. 1. Ta’minlagich, yanchish vallariga xom ashyoni bir tekisda berilishini; 2. Yo‘naltiruvchi shit va pichoqlarning materiallari o‘tkazib yubormasligini; 3. Podshipniklardan moy oqib hamda qizib ketmasligini; 4. Elektrodvigatel, reduktor va provod remenlari yaxshi ishlashini; 5. Remen va shkivlarni to‘siqlari borligini; 6. Ampermetr yordamida elektrodvigatel nagruzkasini kuzatish; 7. Vallarni toza holatda saqash, davriy ravishda changdan tozalash; 8. Stanok ishlash jarayonida taqillash yoki boshqa holatlar ro‘y berganda, vallarga yadro berishni to‘xtatish, to‘siqlarni ochib valga tiqilib qolgan materialni chiqarib tashlash va elektrodvigatelni to‘xtatish, so‘ngra buzilish sabablarini aniqlash keyin ishga tushurish lozim bo‘ladi. Elektrodvigatelni ishga tushurishdan olidin valli stankoni qo‘l bilan aylantirib yuborish kerak. Download 287.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling