Kurs loyixasi mavzu: Sutkasiga 20 tonna kungaboqar urug‘i tayyorlov va marta presslash texnologiyasini loyixalang


Download 287.14 Kb.
bet1/14
Sana24.06.2023
Hajmi287.14 Kb.
#1653067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs loyixasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


Kimyo texnologiya fakulteti
Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi
“Kimyoviy injeneriyaning avtomatlashtirish va modelashtirish” fanidan


KURS LOYIXASI


Mavzu: Sutkasiga 120 tonna kungaboqar urug‘i tayyorlov va 2 marta presslash texnologiyasini loyixalang.
Bajardi: 81-18 OOT
Abduqodirov Akmalxon
Rahbar: Qipchqaova M
Taqrizchi:
Komissiya a’zolari: ____________________

_____________________­­














Farg‘ona – 2021 y.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


KIMYO TEXNOLOGIYA FAKULTETI
Oziq ovqat texnologiyasi kafedrasi
“Kimyoviy injeneriyaning avtomatlashtirish va modelashtirish” fanidan


KURS LOYIXASIGA TUSHUNTIRISH XATI


Mavzu: Sutkasiga 120 tonna kungaboqar urug‘i tayyorlov va 2 marta presslash texnologiyasini loyixalang.


Bajardi: 81-18 OOT
Abduqodirov Akmalxon
Rahbar: Qipchaqova M.
Taqrizchi:


Farg‘ona – 2021




Kurs loyihasini (ishi)

bajarish uchun topshiriq varaqasi


Gurux 81-18 -OOT Talaba Abduqodirov Akmalxon

Rahbar Qipchoqova M.



Vazifa


1. Sutkasiga 120 tonna kungaboqar urug‘i tayyorlov va 2 marta presslash texnologiyasini loyixalang mavzusida kurs loyihasi bajarilsin
2. Birinchi asoslar Y.Qodirov, D. Ravshanov, A. Ruziboev “O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi”. Darslik. “Cho’lpon ”, Toshkent, 2014,
Y.Qodirov, D. Ravshanov, O. Yunusov “O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi”. O’quv qo’llanma. “Iqtisod- Moliya” nashriyoti, Toshkent, 2014
3. Boshqaruv materiallar:
4. Grafik qism mazmuni:
4.1. Texnologik sxema
4.2. Asosiy qurilma
5. Xisoblash – tushuntirish xati mazmuni
5.1. Kirish
5.2. Xom ashyo va tayyor mahsulotlar tavsifi
5.3. Texnologik sxema bayoni
5.4. Moddiy xisob.
5.5. Uskunalarni tanlash va xisoblash
5.6 Mexanik xisobi
5.7.Gidravlik xisobi
5.8.Asosiy uskunaning tuzilishi va ish prinsipi
5.9. Ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi
6. Qo‘shimcha vazifa va yo‘riqnomalar:
7. Chizmalarni va loyihani topshirish muddatlari:

1

2

3

Tushuntirish xati

Himoya
















Rahbar B N. Sattarova

Vazifani qabul qildim, talaba Abduqodirov Akmalxon




Kirish
Paxta tolali va moyli-oqsilli texnik ekin hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston respublikasi oziq-ovqat sanoatining asosiy sohalaridan biri yog‘-moy sanoati hisoblanadi. Respublika aholisining moyga bo‘lgan ehtiyojini, shuningdek xo‘jalik va atir sovunga, yuvuvchi kukunlarga, sifatli plyonka hosil qiluvchi moddalarga va boshqa mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yog‘-moy korxonalari o‘zining ishlab chiqarish bazasini jadal kengaytirib bormoqda jumladan «Yog‘ moy va oziq-ovqat sanoati» uyushmasi tarkibida 23 ta ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari va 4 ta qo‘shma korxona mavjud. Respublikamizda kuchli yog‘-moy sanoati potensiali yaratilgan bo‘lib, quvvati jihatidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida dastlabki o‘rinlardan birini egallaydi.
Paxta xom ashyosini kompleks qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy korporativ boshqaruv usuliga mos ravishda yangi xolding kompaniyasi ish boshladi. Xolding kompaniyasi tarkibidagi paxta tozalash, yog‘-moy korxonalari raqobatbardosh, sifatli va jaxon bozoro talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarmoqdalar. Bugungi kunda Respublikamiz yog‘-moy korxonalar tomonidan juda ko‘plab energo va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
Oziq – ovqat sanoatining muhim va murakkab yo‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi. Yog‘-moy sanoati strukturasida moy ekstraksiya korxonalari, yakuniy mahsulotlari, tabiiy o‘simlik moylari (paxta, kungaboqar, loviya, raps va boshqalar) bo‘lgan korxonalar, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, sovun ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pligi va korxona strukturasining xilma – xilligidan yog‘ – moy sanoati korxonalari uskunalari ham turli – tumandir. Jihozlarning xizmat ko‘rsatishi, ularning konstruksiyasi va texnologik jarayoniga ko‘ra uskunalar avtomatlashtirilgan, yarim avtomatlashtirilgan va avtomatlashtirilmagan holda bo‘ladi. Yildan-yilga korxonalarda komplekt liniyalarga kiradigan, avtomatlashtirilgan uskunalar birinchi o‘rinlarni egallab kelmoqda va kelajakda ular maxsus dastur bo‘yicha ishlaydi, ularning nazorati va boshqarilishi elektron-hisoblash mashinalar yordamida bajariladi.
Ma’lumki, yog‘-moy sanoati Respublikamiz iqtisodiyotida muhim o‘rinlardan birini egallaydi. Uning rivojlanishi va taraqqiy etishi iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Sanoatning rivojlanishi esa bevosita innovatsion g‘oya va texnologik ishlanmalarga bog‘liqdir.
1937-38 yillarda ishlab chiqarishni forpress-ekstraksiya usuli yaratildi va 1943 yilda Kattaqo‘rg‘onda ishga tushirildi. Natijada korxonaning ishlab chiqarish quvvati 40% ga oshirildi. Bu ishlar amalga oshirilishida Amerikada qo‘llanadigan «quruq» qovurish usuli va uning prototipi «nam» qovurish usuli ustida ham izlanishlar olib borildi. Natijada 1951 yilda ishlab chiqarishga nam qovurish usuli qabul qilindi. Hozirgi vaqtda bu texnologiya asosida O‘zbekistonda mavjud yirik yog‘-moy korxonasining hammasi ishlaydi.
Forpress-ekstraksiya texnologiyasi deyarli 70 yildan beri qo‘llanilmoqda. Lekin bu texnologiyaga takomillashtirishlar kiritilishiga qaramasdan unchalik katta o‘zgarishlarga uchramagan.
Jahon yog‘-moy ishlab chiqarish sanoatida oziq-ovqat uchun asosan soya, palma, raps , kungaboqar, eryong‘oq kabi moylar katta miqdorni tashkil qiladi. Ushbu o‘simlik moylari birgalikda ishlab chiqarishning 80% miqdorini tashkil qiladi. Jumladan, so‘ngi 10 yil ichida raps ishlab chiqarish keskin rivojlandi va raps moyi ishlab chiqarish hajmi hozirgi kunda uchunchi o‘rinni egallamoqda.
Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda Krupp, Sket (Germaniya), «Alfa-Laval» (SHvetsiya), «Jon Braun2», «Karver», «Kraun» (AQSH), «Matssoni», «Bollista», (Italiya), Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda.
Hozirgi vaqtning o‘zidayoq maxsar va kungaboqar etishtirish ommaviy tus olishga ulgurdi. Undan tashqari chetdan moyli mahsulotlar emas, balki moyli xomashyolarni keltirib, respublikamizda qayta ishlash orqali mahsulotga aylantirish kengaymoqda.
Respublika yog‘-moy sanoati oziq-ovqat sanoati umumiy mahsuloti xajmining 40 % ga yaqinini beradi.
Keyingi vaqtlarda Respublikamiz yog‘-moy korxonalarida chet el investrlari ishtirokida yangi texnologiya barpo etish va shu bilan birga yangi maxsulot turlarini yaratish kabi ishlar jadal amalga oshirilmoqda chet el investitsiyalarini qo‘llab, ya’ni yangi ishlab chiqarish sexlari, ishlab turgan korxonalarni zamonaviy uskunalar bilan jixozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Margarin va mayonez mahsulotlari, shuningdek, xo‘jalik va atir sovunining salmoqli qismini respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashkil etmoqda. Ushbu mahsulotlarning importi yildan-yilga qisqarmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda etakchi texnika va uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan zavod va kombinatlar barpo etilmoqda. Yangi zavod va sexlarni qurish bilan birga mavjud zavodlarni yangi texnologiyalar bo‘yicha rekonstruksiya va qayta ta’mirlash ishlari nazarda tutilmoqda.
Shunday ekan, kichik korxonalarni joriy qilish, shu bilan birgalikda bugungi kun bozor iqtisodiyotiga mos keladigan jahon standartlariga javob bera oladigan, ekologik jihatdan toza tovarbop yog‘larni ishlab chiqarish dolzarb masaladir.
Yuqoridagilar o‘z navbatida biz yoshlardan ushbu sohalarda bilimliroq bo‘lishimizni talab qiladi. Bizning kurs loyixamiz ham aynan mana shu masalaga qaratilgan bo‘lib, quvvati kungaboqar urug‘i bo‘yicha 120 tonna kun bo‘lgan tayyorlov va presslash sexlarining texnologiyasini tashkil etish.
.



Download 287.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling