Qo‘sh kamerali cho‘kma tutgich 2 bo‘limdan iborat. Ular moyni tindirish yo‘li bilan fuzalarni moydan ajratadi. Moy jo‘mrak orqali moy tutgichga tushadi. Zanjirga maxkamlangan qirg‘ichlar yordamida moy tepaga elakka uzatiladi. U erda mayday va yirik aralashmalardan tomchilari pastga oqib tushadi. To‘r yuzada ushlab qolingan quyqa qirg‘ichlar yordamida apparatdan tashqariga chiqariladi. Qisman tozalangan moy patrubok orqali oqizib olinadi.
Texnik tavsifi:
Ish unumdorligi, qora moyga nisbatan – 8…10 t/soat = 190…240 t/sut;
Ishchi sig‘imi – 4 m3;
Kerakli harakat tezligi – 185 mm;
Zanjir qadami – 38,1 mm;
Gabaritlari – 5000x1500x1610 mm.
Forpress va ekspeller qora moylarini tozalash uchun 1 tadan 2 ta quyqatutgich tanlaymiz.
11. Qora moy uchun filtr press.
Filtrlash uchun kerakli yuza quyidagicha aniqlanadi:
Bu erda: v – 19,2 m3 filtrlanadigan moy hajmi;
m -0,004519 kg/sm2
k- filtratsiya koeffitsienti – 0,00015.
Ramali filtrning filtrlash yuzasi 40 m2. Kerakli filtr soni:
Ishlab chiqarish tavsifidan kelib chiqib FP M-40-820/45 U markali filtr press tanlaymiz. Filtrlar forpress va ekspeller moylari uchun 1 tadan 2 ta tanlanadi.
Texnik tavsifi:
Filtrlovchi yuza – 40 m2;
Ramalar soni – 40 ta;
Ramalar o‘lchami – 820x820 mm;
El.dv. soni – 2 ta;
Gabaritlari – 9775x1675x2075 mm.
12. Qora va tozalangan moy uchun sig‘im. Ishlab chiqarilgan moyni 8 soat zahirasi bilan saqlab turish uchun rezervuar kerak bo‘ladi. Rezervuarning kerakli sig‘imini hisoblaymiz.
Gt=
Bu erda: K- sig‘imni to‘ldirish koeffitsienti;
Gt-1 soatlik ishlab chiqarilgan moy miqdori;
ps-soya moyi zichligi
Qora va toza moylar uchun 1 donadan quyidagi ko‘rsatgichlarga ega sig‘im qabul qilamiz.
Xajmi – V = 18,34 m3;
Sig‘im diametri – 2,6 m;
Sig‘im balandligi – 4,9 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |