Kurs magistranti hikmatova gulandom ziyodullayevnaning
Muammoning o`rganilganlik darajasi
Download 111.81 Kb.
|
Kurs ishi Hikmatova G.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning obyekti va predmeti
- Ishning maqsadi.
- Ishning vazifalari.
Muammoning o`rganilganlik darajasi. O’zbek tilshunosligida Oybek ijodining til xususiyatlari o’rganilgan tadqiqotlar mavjud (Q.Samadov, H. Nizomxonov, A. Sabirdinov, S. Boymirzayeva va boshqalar), ammo yozuvchi asarlari matni lingvostilistik tahlili borasida hali bajarilishi lozim bo’lgan ishlar ko’lami keng, uning o’zbek adabiy tili taraqqiyotiga qo’shgan hissasi va ijodiy uslubini, o’ziga xos belgilarini aniqlash masalasi o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q.
Keyingi yillarda o`zbek tilshunosligida badiiy adabiyot tili muammolari bilan shug`ullanishning jiddiy tus olganligi til birliklarining adabiy asarda namoyon bo`lish xususiyatlarini tobora oydin tasavvur qilishimizga, ularning badiiy adabiyot shakllanishi va badiiy estetik ta’sirini kengroq doirada tushunishimizga sababchi bo`lmoqda. Lingvistik birliklarning adabiy yoxud poetik asardagi lisoniy va badiiy-estetik vazifasini tahlil qilish hali ko`plab tadqiqotlarning yaratilishini taqozo qiladi. Har qanday yozuvchining ijodiy kamolotga erishuvi, eng avvalo, uning milliy g`oya va qadriyatlarga sadoqati hamda ularni o`z ijodida lingvopoetik jihatidan nechog`lik mahorat bilan yuksak darajada ifodalay olish imkoniyatiga bog`liq Ishning obyekti va predmeti. So’z estetik imkoniyatlarining matnda voqelanishi, ushbu voqelanishni vujudga keltiruvchi turli uslubiy vositalaridan va Oybekning “Quyosh qoraymas” asari mazkur tadqiqotning obyekti sifatida foydalanish, til imkoniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Ishning maqsadi. Ma’lumki, badiiy asarlarni lingvopoetik jihatdan o`rganish badiiy nutqning nasriy matnlarda ifodalash mumkin bo`lmagan tomonlarini ham aniqlashga yordam beradi. Mazkur magistrlik ishida badiiy matnda leksik birliklarning ekspressiv ta’sirchanlikni ifodalash imkoniyatlarini o`rganish, so’z estetik imkoniyatlarining badiiy matn mazmunini shakllantirishdagi o`rnini belgilash masalalariga diqqat qaratilgan. olindi. Ishning vazifalari. Ilmiy tadqiqotning asosiy maqsadi – Oybek ijodida so’z estetik imkoniyatlari lingvopoetik jihatdan tahlil qilinib, ijodkorning badiiy tasvir vositalardan, shuningdek, o`zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalanishdagi mahoratini va bu orqali adibning o`zbek adabiy tili rivojidagi o`rnini belgilashdagi hissasini aniqlashdan iborat. Download 111.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling