Kurs magistranti hikmatova gulandom ziyodullayevnaning


Download 111.81 Kb.
bet10/12
Sana16.06.2023
Hajmi111.81 Kb.
#1499882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Hikmatova G.

Epistemik modallik- so’zlovchi biror bir axborotni tinglovchiga ma’lum qilish jarayonida ushbu axborotning voqelikka qay darajada mos kelishi yoki uning qanchalik haqiqat ekanligini belgilab boradi. Voqelik haqidagi bilimning to’liq va ishonchli ekanligini bu tarzda baholash epistemik yoki ishonchlilik xarakteridagi modallik mazmunini hosil qiladi.
Epistemik modallik asosida axborotning ishonchli yoki ishonchsizligini belgilovchi holat yotadi. Demak, epistemik baho voqelik haqidagi bilimning turli darajada bo‘lishi va ushbu bilimning haqiqatga qay darajada yaqinligini ko‘rsatadi.
Shunga binoan haqiqatning darajasini va axborot aniqligiga ishonchning turlichako‘rinishini ajratish ehtiyoji tug‘iladi. Avstriyalik tilshunos Marion Krauze
epistemik modallikning lug‘aviy va prosodik ko‘rsatkichlari haqida gapirib, «to‘liq
ishonaman», «qariyb ishonaman», «yaxshisi, ishonaman», «yaxshisi, ishonmayman», «ishonmayman» ma’nolarini farqlashni taklif qilgan edi.
Demak, biz Oybekning “Quyosh qoraymas” romanidan epistemik modalikka misollar keltiramiz: Masalan: Agar shu daraxtlarning mingdan biri olma, nok bo’lsami, Rusiyaning yeri jannat bo’lardi,- dedi Asqar polvon. (Q.q. 22- bet).
Ishonch bilan aytilgan ushbu gapda tavsiflashni metaforik o’xshatish orqali ifodalagan va epistemik modallik voqea haqidagi bilim va tushunchalarni qay darajada ekanligi bilan tasvirlangan.
Yoki: Oviga erisha olmay, g’azab o’ti purkab o’z o’tida o’zi kuygan ajdaholardek tanklar yonardi. (Q.q. 10- bet).

Bu misolda to’liq o’xshatishlar orqali urush manzaralar yaqqol chizib berilgan va “ishonaman” ma’nosida epistemik modallikka moyil axborot aniqligi tasvirlangan.


O’rmonning borgan sari chuqurlashgan azamat sukunati ularning ruhini yupatardi. (Q.q. 21- bet).
Bu misolda “Azamat sukunat” birikmasi orqali metaforik o’xshatish hosil bo’lgan va tavsiflash natijasida epistemik modallik vujudga kelgan.



Download 111.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling