Kurs magistranti hikmatova gulandom ziyodullayevnaning


Download 111.81 Kb.
bet2/12
Sana16.06.2023
Hajmi111.81 Kb.
#1499882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Hikmatova G.

I.KARIMOV.

KIRISH
Ishning umumiy tavsifi. Tilimizdagi ma’nolarning shakliy va moddiy ifodalanishi, lisoniy birliklardagi turfa ziddiyat va shakldagi ma’nolarning o’zgarishi, taraqqiyoti benihoya murakkab jarayon bo’lib, tilday sirli olamning tabiiy takomilini ta’minlaydigan bu zaruriy jarayonlarning qonuniyatlarini kashf etish til ilmidagi azaliy vazifalardan eng muhimidir. Abadiylikka muhrlangan bu qonuniyat so’z ma’no taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’ladi. Bu kuch ziddiyatlar va ularni ifodalovchi omillar natijasida namoyon bo’ladi.
Ma’no va uning taraqqiyoti masalasi tilshunoslikning eng muhim markaziy muammolaridan biri hisoblanishini til tizimidan xabardor har bir kishi juda yaxshi biladi. Tilshunoslik tarixining eng qadimgi davrlaridan boshlaboq ma’no va uning ifodasi – lisoniy birliklar o’rtasidagi munosabatning tabiati haqidagi bahs muttasil davom etib kelmoqda. Dunyo tilshunosligining paydo bo’lishi, taraqqiyotining ilk bosqichlarida ko’proq ayni shu muammoga, ya’ni so’zning ma’nosi va shakli o’rtasidagi munosabat masalasiga asosiy e’tibor qaratilgan.
O`zbek tilshunosligida keyingi yillarda badiiy adabiyot tili muammolari, muayyan bir ijodkorning tildan foydalanish mahorati, yozuvchining u yoki bu til sathi birliklarini qo`llashdagi o`ziga xosliklarni aniq va batafsil ochib berishga mo`ljallangan juda ko`plab tadqiqotlar yaratilib kelinmoqda. Bunday tadqiqotlarning debochasi sifatida bir qator ishlarni ko`rsatish mumkin. Ilk debochalar qatoriga Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy asarlarining tili badiiy mahorat jihatidan o`rganilgan, ulug` mutafakkirning badiiy uslubiga xos lisoniy vositalar mohiyatini ochib berishga harakat qilingan.
Ma’lumki, tilshunoslikning lingvopoetikaga oid bugungi kun taraqqiyotida badiiy tilni o`rganishda ko`proq leksik birliklarning lingvopoetikasiga oid ishlar ko`zga tashlanadi. Adiblar badiiy asarlarining tilini chuqur tahlil etish, leksik-semantik, grammatik birliklarning asardagi badiiy-estetik qimmatini ochib berish va ayni lingvopoetik maqsadlar bilan yoritish borasida X.Doniyorov, S.Mirzayev, Q.Samadov, I.Qo`chqortoyev, M.Mirtojiyev, M. Yo’ldoshev, N.Mahmudov hamda Sh.Shoabdurahmonovlar alohida diqqatga sazovor bir qancha ishlarni amalga oshirishgan. Ko`rinib turibdiki, o`zbek tilshunosligida badiiy asar tilining lingvopoetikasi bo`yicha ancha-muncha ish qilingan. Ammo bu yo`nalishdagi tadqiqotlar doirasi qanchalik katta bo`lishiga qaramasdan, ular badiiy adabiyotimiz tarixida alohida o`rin tutadigan jiddiy asarlarning barchasini qamrab olgan deb bo`lmaydi.

Download 111.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling