Kursi sh I mavzu: Tobe aloqa turlari va ular shakllanuvchi sintaktik butunliklar. Bajardi


Sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita


Download 76.96 Kb.
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1491917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHIM TAYYORI

Sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita. Erkin birikmada so‘zlarning bog‘lanishi va unda sintaktik aloqa vositalari turlicha: a’lochi o‘quvchi, o‘qituvchini tabriklamoq, telefon orqali gaplashmoq, kitobning varag‘i va h. kabi.
So‘zlarning turli vosita yordamida bog‘lanishi ularning qaysi lug‘aviy-grammatik tip (so‘z turkumi) ga kirishiga, lug‘aviy-grammatik xususiyatiga bog‘liq. Zero ayrim lug‘aviy-grammatik tip, asosan, tobe a’zo vazifasida kelish uchun ixtisoslashgan (masalan, son, ravish, sifat): besh o‘quvchi, tez gapirish, a’lochi bola kabi. SHuning uchun ular so‘z birikmasida tobe a’zo mavqeida kelish uchun ma’lum bir grammatik ko‘rsatkichni talab qilmaydi. Ayrim so‘z turkumi (masalan, ot, fe’l), asosan, hokim mavqe egallashga xoslangan: issiq non, kitobni keltirmoq. SHu boisdan ular tobe a’zo sifatida nutqda ishtirok etishi uchun asosan o‘ziga xos grammatik shakl kasb etadi: paxtani termoq, terilgan paxta.
Sintaktik aloqani ifodalovchi vosita sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, yordamchi so‘z, so‘z tartibi va ohangdir.
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari (sintaktik shakl hosil qiluvchi vosita) – kelishik, egalik, kesimlik ko‘rsatkichlari. Aloqa-munosabat shakllari shakliy omil sifatida so‘zlarning erkin bog‘lanishida faol: Men qishloqqa o‘tdim gapida [-ga] shakli qishloq so‘zini o‘tmoq fe’li bilan, [-dim] kesimlik shaklidagi [-m] ko‘rsatkichi men so‘zini o‘tmoq fe’liga tobelash vazifasini o‘tamoqda.
Egalik qo‘shimchalari mustaqil so‘zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab, uning tobe so‘zga munosabatini ko‘rsatadi (sizning uyingiz). SHuningdek, bog‘lash bilan birgalikda, hokim va tobe so‘zning shaxs va sonda moslashishini ham ta’minlaydi.
Kelishik – mustaqil so‘zning barchasi uchun tobelikni ta’minlovchi formal ko‘rsatkich. Masalan, bosh kelishik egani, tushum kelishigi to‘ldiruvchini, qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo‘lakka tobelaydi.
SHaxs-son qo‘shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o‘zi hosil qilayotgan hokim bo‘lakni tobe bo‘lak – egaga bog‘laydi.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling