Kursi sh I mavzu: Tobe aloqa turlari va ular shakllanuvchi sintaktik butunliklar. Bajardi


Download 76.96 Kb.
bet6/13
Sana16.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1491917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHIM TAYYORI

Yordamchi so‘z. Sintaktik aloqani ifodalashda qo‘llanadigan yordamchi vositalar (ko‘makchi, bog‘lovchi va bog‘lama) birikuvlarda shakliy omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Ko‘makchining bir so‘zni ikkinchi so‘zga tobelovchi vosita ekanligi, ma’no va vazifa jihatdan kelishikka o‘xshashligi (telefonda gaplashmoq - telefon orqali gaplashmoq), shuningdek, so‘zni sintaktik aloqaga kiritishda o‘zi bilan birga uning biror kelishik shaklida bo‘lishini ham talab qilishi ma’lum: Marraga qadar bir tekisda yugurib borishdi.(A.G‘ul.)
Bog‘lovchi odatda, so‘z tizmalari, gaplarning a’zolarini bog‘lash uchun xizmat qiladi. Masalan: olma va anor. Men o‘qidim va yozdim. Teng bog‘lovchi birinchi misolda so‘z tizmasi a’zolarini, ikkinchi misolda esa qo‘shma gap a’zolarini bog‘lash uchun xizmat qilgan.
Bog‘lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a’zo bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi: Biz o‘tgan yili talaba bo‘ldik. Bunda bo‘ldik bog‘lamasi shaxs-son va zamon ma’nolarini ifodalagan va kesimni uning shaxs (biz) va zamon (o‘tgan yili) kengaytiruvchilari bilan bog‘lagan.
So‘z tartibi. So‘zlar erkin birikuvda grammatik shakl asosida bog‘langanda, so‘z tartibi o‘zgarsa-da, u ma’noviy munosabat yoki bog‘lanishga ta’sir qilmaydi: Sen kitobni keltirdingmi? Kitobni sen keltirdingmi? Keltirdingmi sen kitobni? birikuvidagi so‘z o‘rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so‘zshakli hokim, sen va kitobni so‘zshakllari tobe a’zo sifatida qolavergan. CHunki ular sintaktik mavqeini ta’minlovchi vosita – morfologik ko‘rsatkichga ega. So‘zning hokim-tobeligi (sintaktik mavqei)ni ko‘rsatuvchi vosita bo‘lmaganda so‘z tartibining qimmati oshadi (achchiq olma). Bunda so‘zning gapdagi funksiyasi, asosan, tartibi bilan belgilanadi, tartib o‘zgarsa, mazmun bilan birga, sintaktik holat ham o‘zgaradi: Hayot go‘zal (ega+kesim), go‘zal hayot (aniqlovchi+aniqlanmish).
Gapda uslubiy maqsadlarda so‘z tartibi o‘zgarishi mumkin: O‘qituvchi intizom haqida gapirdi. Intizom haqida o‘qituvchi gapirdi. Tartibning bunday o‘zgarishi a’zolarning hokim-tobeligiga ta’sir qilmaydi, biroq gapning uslubiy jihatiga, fikrdagi ma’no nozikligiga ta’sir kÿrsatadi.
Ohang. Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvning tabiatini ko‘rsatuvchi nisbiy vosita. Gap tugallangan ohang bilan aytiladi, uning tarkibidagi ayrim birikuvlar sanash (olma va anor), ayrimlari ko‘tariluvchi ohangga (qizil qalam) ega bo‘ladi.
Ohang (pauza) birikuvning sintaktik bo‘linishini ko‘rsatadi. Masalan, Ko‘p qavatli uy birikmasini ikki xil (ko‘p//qavatli uy va ko‘p qavatli//uy tarzida) aytish mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga bog‘liq ravishda mazmuniy farqlanishni ifodalashda ohangning o‘rni bor. YA’ni, ko‘p//qavatli uy tarzida birinchi so‘zdan keyin pauza qilinishi natijasida (ko‘p) so‘zshakli tobe va qavatli uy birikmasi unga hokim mavqeda bo‘lib, bunda qavatli uylarning ko‘pligi haqidagi ma’no anglashiladi. Ikkinchi holatda (ko‘p qavatli//uy) esa ko‘p qavatli birikmasi tobe, uy so‘zshakli esa hokim mavqeda, birikmadan esa uyning qavatlari ko‘pligi ma’no namoyon bo‘lgan.
Sanash ohangi bir xil bo‘lakning aloqasini ifodalaydi: Oltin, kumush tosh bo‘lar. (Maq.)
Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham maxsus-qarama-qarshilik (Kunduzi issiq - kechasi sovuq), shart (Sen kel - u boradi), sabab (Kecha borolmadim - mehmonlar kelib qoldi) ma’noviy munosabati mavjud.
Ko‘rinadiki, ayrim o‘rinda so‘zlar va gaplarni bog‘lashni ohangning o‘zi bajaradi. Bog‘lashni boshqa vositalar o‘z zimmasiga olganda, ohangning roli kuchsizlanadi. 4
SINTAKTIK MUNOSABATLAR5
Sintaktik birliklar ham til birligi sifatida tizim tarkibida sintagmatik va paradigmatik munosabatda bo’ladi.
SINTAGMATIK MUNOSABAT
Muayyan sintaktik birlikning boshqa sintaktik birlik bilan ketma-ket munosabati sintagmatik munosabatni hosil qiladi.
Sintaktik birlik til tizmasi tarkibida yuqori sath birligi sifatida shakl va mazmun birligidan tashkil topgan bir butunlik ekan, sintaktik birliklar o’rtasida sintagmatik munosabat ham ikki tomonlama xususiyatga ega bo’ladi: a) shakliy sintagmatik munosabat; b) mazmuniy sintagmatik munosabat.
Ma’lum sintaktik shaklning (gap bo’lagi shaklining) boshka sintaktik shakl bilan ketma-ket munosabati shakliy sintagmatik munosabat sanaladi.
An’anaviy tilshunoslikda «sintaktik munosabat» va «sintaktik aloqa» terminlari farqlanadi. «Sintaktik munosabat» termini sintaktik birliklar o’rtasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatni, sintaktik aloqa termini esa shakliy sintagmatik munosabatning ifoda tomonini bildiradi.
Har qanday shakliy sintagmatik munosabat ma’lum mazmuniy sintagmatik munosabatni ifodalaydi va bu ikki munosabat birligi shakl va mazmun dialektikasini aks ettiradi. Masalan, ega va kesimning shakliy munosabatidan tashkil topgan men keldim sintaktik qurilmasi subyekt va predikatning mazmuniy munosabatini ifoda qiladi.
Shakliy sintagmatik munosabat ikki xil bo’ladi: a) teng munosabat (tenglanish);
b) tobe munosabat (tobelanish).
O’zaro teng (bir xil) vaziyatdagi sintaktik shakllar munosabati teng munosabat hisoblanadi. Teng munosabatdagi sintaktik birliklar ko’pincha bir xil grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir xil so’roqqa javob bo’ladi. O’zaro teng boglovchilar, sanash ohangi va teng bog’lovchi vazifasidagi boshqa vositalar yordamida bog’lanadi. Masalan, Olimlar, fozillar, shoirlar shahri. (U.)
O’zaro teng munosabatda bo’lgan sintaktik shakllar boshqa bir umumiy sintaktik shakl bilan tobe munosabatda bo’ladi.
Ayrim mualliflar o’zaro teng munosabatda bo’lgan sintaktik birliklar o’rtasida shakliy bog’lanishning mavjudligini inkor qiladilar.
Shakliy sintagmatik munosabat ma’lum bog’lovchi vositalar yordamida ro’yobga chiqadi. Bunday vositalar an’anaga ko’ra sintaktik aloqa vositalari hisoblanadi.
O’zbek tilining qonun- qoidalari asosida ma’lum bir so’z yoki so’zlar guruhini bog’li nutqning mustaqil (sodda, qo’shma gaplar va matn) va nomustaqil (gap bo’lagi va so’z birikmasi) xususiyatga ega bo’lgan birligi sifatida shakllantiruvchi va ularni bog’lovchi vositalar sintaktik aloqa vositalari sanaladi. Ular quyidagilardan iborat: a) kelishik, egalik shakllari; b) yordamchi so’zlar; v) ayrim holatlarda mustaqil so’zlar, asosan, olmoshlar; g) gap va matnda gap bo’laklarining yoki boshqa qismlarning tartibi; d) ohang. 6

__________________




4 Sayfullaeva R.R., Mengliev B.R., Boqieva G.H., Qurbonova M.M., YUnusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2009, 260-282 betlar.
5 N. Mahmudov, A. Nurmonov. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. T.: O’qituvchi., 1995, 3-5 betlar.
6Lomgev T. P. Struktura predlojeniya v sovremennom russkom yazshe. M., 1979, s. 51.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling