Kursi sh I mavzu: Tobe aloqa turlari va ular shakllanuvchi sintaktik butunliklar. Bajardi
Hokim a’zoning ifodalanishiga ko‘ra so’z birikmasining turlari
Download 76.96 Kb.
|
KURS ISHIM TAYYORI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fe’lli birikma
- Sodda birikma
- Murakkab birikma
Hokim a’zoning ifodalanishiga ko‘ra so’z birikmasining turlari. SB o‘z tarkibidagi hokim a’zoning qaysi so‘z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Ismli birikmada hokim a’zo ot, sifat, son, olmosh turkumidan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), o‘quvchilarning hammasi (olmosh). Fe’lli birikmada hokim a’zo fe’ldan bo‘ladi: vazifani bajarmoq, tez o‘qish, uyalgani uyalgan. So’z birikmasining tuzilishiga ko‘ra turlari. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan so‘z birikmalari ikki mustaqil so‘zli. So‘z birikmalari uch va undan ortiq mustaqil so‘zli bo‘lishi ham mumkin: bepoyon yashil maydon, o‘nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi ikki turga bo‘linadi: a) sodda birikma; b) murakkab birikma. Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so‘zdan tuziladi: oq qog‘oz, ko‘m-ko‘k osmon kabi. Besh qavatli bino, o‘n yashar bola, o‘rta bo‘yli yigit tipidagi qo‘shilish ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o‘n yashar, o‘rta bo‘yli unsurlari ajralmas birikma bo‘lib, bir butun holda tobea’zosifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, so’z birikmasining a’zolari ibora yoki boshqa turg‘un birikma bilan ifodalanganda ham birikma sodda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan bola (kapalagi uchib ketgan+bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh+ertagi), Qush qo‘nmas o‘simligi (qush qo‘nmas+o‘simligi) Murakkab birikma sodda birikma a’zolarining kengayishidan tuziladi. Osmondagi uch o‘rdak ((osmondagi+(uch+o‘rdak)), xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar ((xo‘jalikdagi +(ilg‘or+terimchilar)) so’z birikmasilarida hokim so‘z kengayishi natijasida, hammadan a’lochi o‘quvchilar ((hammadan+a’lochi)+o‘quvchilar)) birikmasida esa tobe a’zo kengayishi natijasida murakkab birikma hosil bo‘lgan. Ba’zan har ikkala a’zo ham birdan kengayishi mumkin: hammadan a’lochi faol talabalar: ((hammadan+ a’lochi)+(faol+talabalar)). Murakkab birikmada oldin turgan so‘zlar oxirgisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib birikma hosil qilmaydi, ya’ni katta semiz qora qo‘y birikmasidagi a’zolar ushbu birikmaning o‘zida katta qo‘y, semiz qo‘y, qora qo‘y kabi birikuvni bermaydi: qo‘y katta semiz qora Chunki bunda tobe so‘zlar hokim so‘z ifodalagan narsaning turli belgisini ko‘rsatadi. Bu esa ularning uyushmaganligiga dalildir. Uyushmagan tobe a’zo esa o‘ziga xos ohang bilan aytiladi. Qiyoslang: A’lochi, bilimdon bolalar (uyushgan tobe so‘zlar) Katta semiz qora qo‘y (uyushmagan tobe so‘zlar) Download 76.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling