Kursi sh I mavzu: Tobe aloqa turlari va ular shakllanuvchi sintaktik butunliklar. Bajardi


O‘zbek tilida sintaksis bo’limi haqidagi nazariyalar


Download 76.96 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1491917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHIM TAYYORI

1. O‘zbek tilida sintaksis bo’limi haqidagi nazariyalar.
Sintaksis (grekcha suntaxis so’zidan olingan bo’lib, yopishtirmoq, birlashtirmoq demakdir) til tizimining yuqori sathi bo’lgan sintaktik sath hamda shu sath haqidagi ta’limotdir.
Sintaksis, so’z shakllarining bog’lanish qoidalarini, ikkinchi tomondan, tarkibida bu qoidalar ro’yobga chiqadigan bir butunlikni — gapni o’rganadi. Anglashiladiki, morfologik birlik bo’lgan so’zning shakli ham sintaksis uchun ahamiyatlidir. Lekin faqat so’zning boshqa shakllari bilan aloqasi va sintaktik birlik ichida uning bir qismi sifatida bajaradigan vazifasi nuqtai nazaridangina sintaktik qimmatga ega bo’ladi.
Bog’li nutqning axborot tashuvchi eng kichik birligi va shunday birliklarning umumlashgan namunasi gapdir. Demak, sintaktik sathning asosiy birligi va sintaksisning asosyy o’rganish obyekti gap hisoblanadi.
Gap bir butunlik sifatida gap bo’laklaridan va so’z bo’laklaridan tashkil topadi. Demak, gapning ichki tuzilish birligi gap bo’laklari va so’z birikmalaridir.
Gap bo’lagi butun bir gap mazmunini ifodalashda ma’lum mazmuniy ahamiyatga ega bo’lgan bu vazifaga muvofiq grammatik shakllangan mustaqil so’zlardan ifodalanadi.
So’z birikmasi esa borliqdagi predmet va hodisalar o’rtasidagi ma’lum munosabatlarni aks ettiruvchi ikki mustaqil so’zning o’zaro grammatik va mazmuniy birikuvidan tashkil topadi.
Shunday qilib, gap va so’z birikmasining tashkil etuvchi eng kichik birlik so’z va so’z shakllari sanaladi. Morfologik birlik bo’lgan so’z shakli sintaktik birlik ichida ma’lum vazifa bajaradi, haqiqiy hayotini uning ichida topadi. Bu esa sintaksis til tizimining morfologik sathi ustida turadigan yuqori grammatik sath, ekanligini ko’rsatadi.
Sintaksis predmeti yuzasidan tilshunoslikda xilma-xil qarashlar mavjud. O’zbek tili sintaksisiga doir barcha adabiyotlarda sintaksisning ikki birligi: so’z birikmasi va gap haqida fikr yuritiladi va bu ikki birlik sintaksisning tekshirish ob’ekti ekanligi aytiladi. Bunday qarash rus tilshunosligi ta’sirida kirib keldi. Rus tilshunosligida sintaksisning ikkita o’rganish ob’ekti mavjud ekanligini

  1. A. Shaxmatov bayon qilgan edi. Bu fikr V.V. Vinogradov tomonidan rivojlantirildi.

  2. V. Vinogradov fikriga ko’ra, faqat so’z birikmasi va gapgina emas, balki qo’shma gap ham alohida sintaktik birlik sifatida tan olinadi. Bu qarashga muvofiq, sintaksis uch birlik: so’z birikmasi, gap va qo’shma gap haqidagi ta’limotdir.

Qismlari o’zaro sintaktik aloqa bilan bog’langan so’z shakllarining nopredikativ sintaktik birligi — so’z birikmasi; so’z shakllarining bir necha sintaktik aloqasidan tashkil topgan predikativ sintaktik birlik - gap; qismlari o’zaro sintaktik munosabatga kirishgan gaplardan iborat bo’lgan sintaktik birlik qo’shma gap sanaladi.
Hozirgi kunda matn sintaksisi e’tirof etilishi munosabati bilan matn ham sintaksisning alohida o’rganish ob’ekti sifatida tan olinadi. Shunday qilib, mavjud adabiyotlarda sintaksisning to’rtta o’rganish ob’ekti ko’rsatiladi va o’z navbatida, sintaksis ham o’rganish ob’ektiga ko’ra to’rtga ajratiladi: 1) so’z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi; 3) qo’shma gap sintaksisi; 4) matn sintaksisi.
Qo’shma gapni gapga qarama-qarshi qo’yish mumkin emas. U gap doirasida gapning bir turi sifatida o’rganilishi maqsadga muvofiqdir.
So’z birikmasining ob’ektiv til birligi ekanligi masalasida tilshunoslarning qarashi bir xil emas.
Bir guruh tilshunoslar so’z birikmasiga mustaqil til (nutq) birligi sifatida qaraydilar. Jumladan, V.P. Malashenko va YU.P. Bogachevlar so’z birikmasi shu birikmani tashkil etgan hokim so’zning boglanish imkoniyatining (valentlik xususiyatining) gap tarkibida yuzaga chiqishi, deb qaraydilar va shuning uchun ham so’z birikmasini ob’ektiv til birligi hisoblaydilar.
Ularning fikricha, har qanday so’z birikmalari nutq jarayonida vujudga keladi. Ammo bu semantik-sintaktik birlik ma’lum tilda gaplashuvchilar ongida o’rnashgan muayyan andazalar asosida tarkib topadi. Bu modellar xuddi gap modellari singari nutqiy reallashuvga qadar ham tayyor holda mavjud bo’ladi. SHuning uchun ham erkin so’z birikmasi kommunikatsiyagacha bo’lgan sath birligi bo’lib, nutqqa tayyor holda olib kiriladi. So’z birikmasi —bu so’z shakli bilan birga gap uchun «qurilish materiali» yoki gapning kengayishi sathida qurilish birligidir .
Boshqa bir guruh tilshunoslar esa so’z birikmasining til birligi, gap uchun qurilish materiali ekanliginp rad etadilar. Jumladan, YU.F.Fomenko o’z fikrini isbotlash uchun quyidagi asoslarni keltiradi: 1) so’z birikmasi kommunikativ vazifa ham, nominativ vazifa ham bajarmaydi. Birinchisi - gap, ikkinchisi - so’zlar orqali ifodalanadi; 2) so’z birikmasi tushunchani emas, tushunchalar birikmasini ifodalaydi. Agar biz so’z birikmasi tushuncha bildiradi, degan fikrga qo’shilsak, demak, so’z birikmasi doirasida ikki tushunchaning birikish hodisasi ro’y beradi, degan fikrni tasdiqlagan bo’lamiz; 3) so’z birikmasi «takrorlanish» lik belgisiga ega emas. Tilga tayyor holda olib kirilmaydi, balki nutq jarayonida yaratiladi. Nominativlik, takrorlanishlik frazeologizmlarga xosdir. SHu belgilari bilan frazeologizmlar so’z birikmalaridan farq qiladi; 4) tilning har bi|r sathi uchun bir til birligi xos: fonologik sath uchun — fonema, leksik sath uchun— leksema va boshqalar Sintaktik sath ikkita birlikka ega bo’lib qoladi. Agar so’z birikmasini til birligi, deb tan olinsa, boshqa sathlarda ham fonema birikmasi, morfema birikmasi kabi birliklarni til birligi deb tan olish kerak bo’ladi.
Ana shu asoslarga ko’ra, u so’z birikmasi tilning alohida birligi emas, balki til valentligining nutqiy reallashuvidir, degan xulosaga keladi3 .


Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling