Kursi shi mavzu: Maxsus Moliya-kredit institutlari, ularning funksiyalari va roli. Tayyorladi


Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki guruhi


Download 208 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1507317
1   2   3   4   5
Bog'liq
Omonov

3.Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki guruhi.
Xalqaro valyuta fondi, XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944 yilda BrettonVuds (AQSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (qarang BrettonVuds bitimi). 1947 y. mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish; aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish.1998 y. boshida XVF kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.
XVFning rahbar orgagshari — Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qoʻmita. Boshqaruvchilar kengashi — oliy organ boʻlib, har bir aʼzo — mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning oʻrinbosarlari (odatda, aʼzo mamlakatlar moliya vazirlari yoki Markaziy banki boshkaruvchilari)dan tashkil topadi. Kengash har yili sessiyaga yigʻiladi. Muvaqqat qoʻmita XVFning 24 boshqaruvchisidan iborat boʻlib, bir yilda 2 marta yigʻiladi va Boshqaruvchilar kengashi oldida xisob beradi. XVFning ijroiya organlari — Ijroiya kengash, unga doimiy asosda eng katta kvotalarga ega boʻlgan mamlakatlar tomonidan tayinlanadigan yoki mamlakatlar guruhi saylaydigan 24 ijrochi direktor kiradi. Ijroiya kengash majlislari har haftada 3 marta oʻtkaziladi. Ijroiya kengash ijrochi direktorii saylaydi. XVF kapitalida kvotasini hisobga olgan holda 7 ta rivojlangan mamlakatlarga ovozlarning 45%, shu jumladan, AQSH ga 18% toʻgʻri keladi.XVF kreditlari toʻlov balansidagi nomuvozanatlik sabablariga kura bir necha turlarga boʻlinadi. XVFning oddiy krediti toʻlov balansidagi vaqtinchalik tangliklarni bartaraf etish maqsadlarida 1 yilgacha muddatga SDRrya beriladi (uni 4—5 yilgacha choʻzish imkoniyati bilan). Katta miqdordagi kreditlar foiz bilan "STEND Bay" shartnomasini tuzgan mamlakatlarga XVF barqarorlashtirish dasturi bajarilishiga qarab ajratiladi.1991 y. Oʻzbekistonning oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritish boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar qatorida XVFga aʼzo boʻlib kirishi uchun shartsharoit yaratdi. 1992 yilning 2 iyulida "Oʻzbekiston Respublikasining Xalk,aro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish uyushmasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, InvestiTSiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama Agentlikka aʼzoligi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi qonunining qabul kilinishi mamlakatimizni XVFga teng huquqli aʼzo boʻlib kirishi uchun huquqiy asos boʻldi. 1992 y. 27 apr.da Oʻzbekiston XVF aʼzoligiga qabul qilindi va Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi.1998 y. 18 martda OʻzR Vazirlar Mahkamasining "Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha choratadbirlar toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi va respublikaning XVF bilan aloqalarini yanada rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqildi. 2002 yilda Oʻzbekiston Hukumati va XVF oʻrtasida Memorandum imzolandi. 2003 yilning iyun oyida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan "Joriy xalkaro operatsiyalar boʻyicha milliy valyutani erkin ayirboshlash boʻyicha harakat rejasi" ishlab chiqildi va u XVFga taqsim etildi. 2003 yilning 15 okt.da Oʻzbekiston Respublikasi XVF Bitimining 8moddasiga imzo chekdi va milliy valyuta — soʻmni joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha chet el valyutalariga erkin ayirboshlashni taʼminlash boʻyicha majburiyatni qabul qildi.
Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi. Valyuta munosabatlari - tashqi savdo, iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik, xorijga kredit hamda qarzlarni berish va olish, valyuta va valyuta aktivlarini sotib olish bilan bog`liq bitimlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan, valyuta bilan bog`liq munosabatlardir.Valyuta munosabatining ayrim elementlari - antik davrda - Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda - qarzga pul to`lashga berilgan tilxat va pul almashtirish shaklida paydo bo`lgan. Keyingi bosqich bo`lib, Yapon, Antverpen va G`arbiy Yevropani boshqa savdo markazlarida “veksel yarmarkalari” rivojlanishi bilan yuzaga chiqqan. Bu davrda hisob-kitoblarni amalga oshirish, valyuta yordamida amalga oshirilgan. Feodalizm davrida va kapitalistik ishlab chiqarish rivojlanishida, xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi banklar orqali rivojlandi. O`tgan asrga kelib esa, xalqaro munosabatlar o`zining mutlaqo yangi ko`rinishini boshdan kechirdi.Shunday qilib, xalqaro valyuta munosabatlari rivojlanishi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi, jahon bozori tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi, jahon xo`jaligining tarkibiy tuzilishi hamda xo`jalik munosabatlari baynanmilallashuvining natijasidir.
Valyuta munosabatlari ishtirokchilariga quyidagilar kiradi: davlat (hukumat, Markaziy va davlat banklari), xalqaro tashkilotlar, yuridik shaxslar (tijorat banklari, korxonalar: import va eksport qiluvchilar, birjalar) va jismoniy shaxslar (brokerlar, chayqovchilar va sayyohlar).Zamonaviy tashqi iqtisodiy aloqalarda, shu bilan birga valyuta munosabatlarida siyosat va iqtisodiyot, diplomatiya va tijorat, sanoat va savdo uyg`unlashib borayotganligini kuzatish mumkin.Xalqaro valyuta munosabatlarining davlat tomonidan shakllantiriladigan huquqiy-tashkiliy shakli valyuta tizimi deyiladi. Milliy, hududiy va jahon valyuta tizimlarini ajratib ko`rsatish mumkin.
Milliy valyuta tizimi deganda ma`lum davlatni, boshqa davlatlar bilan pulli hisob-kitoblarini amalga oshirishda qo`llaydigan usullari, instrumentlari va milliy organlarining umumiy yig`indisi tushuniladi. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va faoliyat doirasi milliy chegaralardan chiqsada, u mamlakat pul-kredit tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy va jahon valyutalar tizimlari aloqasi va rivojlanishi, ularning elementlarida namoyon bo`ladi.
Hududiy valyuta tizimi - milliy va jahon valyuta tizimlarining oraliq elementi hisoblanib, u mamlakatlar hududiy guruhi integratsiyasiga xizmat qiladi. Bunga misol qilib, Yevropa valyuta-iqtisodiy ittifoqini keltirish mumkin.
Jahon valyuta tizimi - bu, alohida olingan milliy iqtisodiyotni jahon xo`jaligi bilan bog`lovchi mexanizmdir.Jahon Banki xalqaro moliya muassasasi bo’lib, 1944-yil Bretton-Vudsda tashkil etilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi yirik moliyaviy mablag’lar manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi.Jahon Banki 190 dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi.Jahon Banki 190 dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi.
Bosh maqsadi-Iqtisodiy o’sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kreditlash yo’li bilan kambag’allik darajasini pasaytirishdir. Ushbu kreditlar davlatlardagi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishga va fuqarolar turmush darajasini yaxshilanishiga imkon tug’diradi. Jahon Bankining Xalqaro Valyuta fondidan farqi shundaki, Jahon Banki faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli moliyaviy yordam ko’rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo’naltirilgan.
Jahon Banki guruhi 5 ta tashkilotni o’z ichiga oladi:
1.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki;
2.Xalqaro rivojlanish assotsatsiyasi;
3.Xalqaro moliya korporatsiyasi;
4.Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik;
5.Xalqaro investitsion baxslarni tartibga solish markazi.
Jahon bankining asosiy funksiyalari:
*Rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati;
*Iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahat va tahliliy faoliyat;
*Amalga oshiriladigan dasturlar va ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi va tuzilmasini muntazam to’g’irlab borish;
Boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasida resurslarni taqsimlashda vositachilik qilish. Har uch yilda Jahon Banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi”nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan mamlakatlar bilan bo’ladigan hamkorlikda foydalaniladi. Strategiyada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kambag’allik muammolarini hal qilish bo’yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.Har uch yilda Jahon Banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi”nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan mamlakatlar bilan bo’ladigan hamkorlikda foydalaniladi. Strategiyada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kambag’allik muammolarini hal qilish bo’yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tarkibiy unsurlari qo‘yidagilar hisoblanadi:
*asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, Yevro);
*valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
*xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish tartibi;
*valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
*xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
*valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Bundan ko‘rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil bo‘lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.Jahon valyuta tizimi o‘zining rivojlanishida uchta bosqichdan o‘tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o‘z tiplari mos keladi. Birinchi bosqich 1879-1934 yillarni o‘z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo‘lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971 yillarni o‘z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Breton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo‘lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Hozirgi davrda (uchinchi bosqich) amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo‘lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko‘pincha o‘z valyutalarining xalqaro qiymatini o‘zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo‘lishini ko‘zda tutadi. Banklar o‘zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro to‘lovlarni muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni: a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmuni o‘rnatadi; b) o‘zining oltin zahirasi va pulning ichki taklif o‘rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to‘sqinlik qilmaydi.Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko‘rsatadi.
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u kuyidagilarni taqozo etadi:
-moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi;
-kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi;
-barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko‘proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSh tijorat banklari guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko‘maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish zarur bo‘ladi.

Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling