Kursi shi mavzu: Tijorat banklarining nodepozit majburiyatlari va ularning tarkibi. Tayyorladi
Tijorat banklarining kredit potensiali va uning ahamiyati
Download 290.5 Kb.
|
O’ZBEKISTON 2
4.Tijorat banklarining kredit potensiali va uning ahamiyati.
Passivlar va aktivlar bg‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mablag‘larni jalb qilish yoki ularni joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarning har ikkalasi ham banklar faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Ularni samarali tashkil qilish banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Shu bois bank resurslarini shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini kg‘paytirish bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklari moliyaviy resurslarini boshqarishda asosiy e‘tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga qaratiladi. Ushbu mablag‘lar ikkita yirik guruhga – majburiyatlar va kapitalga bg‘linadi. Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan, kapital esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘larning barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta‘minlaydi.Bank passivlari orasida muhim o'rinni bankning o'z kapitali egallaydi. Banklar ham tashkil topishi jarayonida o‘z mablag‘lari- kapitalini shakllantiradi. Bank kapitali bank barqarorligini ta'minlashning muhim bazasi hisoblanadi. Bank uchun o‘z mablag'lari moliyaviy resurslar manbai hisoblanadi. Bank va uning faoliyati barqarorligini ta'minlash omili bu bankning ustav kapitali bo‘lib, shu bilan birga bank resurslarining tarkibi muhimhisoblanadi. Bu avval bank dastlabki xarajatlarni (faoliyatida (masalan,erni olish, jihozlarni o'rnatish, ish haqini to'lash xodimlar va boshqalar) amalga oshirishda juda muhimdir. Keyingi bosqichlarda bankning o'z kapitali bank operatsiyalarini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi. Bank kapitalining yana bir muhim xususiyatii - bu himoya kafolatlash hisoblanadi. Bank kutilmagan yo'qotishlar va qo'shimcha xarajatlarni o'z kapitali bilan qoplaydi. Bankning o‘z mablag‘lari bank kapitalini ham qamrab oladi. Bank kapitali - bu bank muassislari tomonidan qo'yilgan mablag'lar bo‘lib, u kapital va zaxira fondlaridan shuningdek taqsimlanmaganfoydadan iborat. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, bank kapitali - bank muassislarining yig‘ilgan mablag'lari bo‘lib, turli zahiralar va taqsimlanmagan foyda bank kapitalini kengayishini ta’minlaydi. 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 mlrd. so‘mni tashkil etishi lozim.Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari 2019 yilning 1 yanvariga qadar ustav kapitalini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim. Bank ustav kapitalining tarkibi turlicha bo‘lib, aktsiyadorlik kapitali quyidagilardan iborat: *oddiy aktsiyalar; *imtiyozli aktsiyalar; *qo‘shimcha kapital; *taqsimlanmagan foyda. .Bank passivlari orasida muhim o'rinni bankning o'z kapitali egallaydi. Banklar ham tashkil topishi jarayonida o‘z mablag‘lari- kapitalini shakllantiradi. Bank kapitali bank barqarorligini ta'minlashning muhim bazasi hisoblanadi. Bank uchun o‘z mablag'lari moliyaviy resurslar manbai hisoblanadi. Bank va uning faoliyati barqarorligini ta'minlash omili bu bankning ustav kapitali bo‘lib, shu bilan birga bank resurslarining tarkibi muhimhisoblanadi. Bu avval bank dastlabki xarajatlarni (faoliyatida (masalan,erni olish, jihozlarni o'rnatish, ish haqini to'lash xodimlar va boshqalar) amalga oshirishda juda muhimdir. Keyingi bosqichlarda bankning o'z kapitali bank operatsiyalarini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi. Bank kapitalining yana bir muhim xususiyatii - bu himoya kafolatlash hisoblanadi. Bank kutilmagan yo'qotishlar va qo'shimcha xarajatlarni o'z kapitali bilan qoplaydi. Bankning o‘z mablag‘lari bank kapitalini ham qamrab oladi. Bank kapitali - bu bank muassislari tomonidan qo'yilgan mablag'lar bo‘lib, u kapital va zaxira fondlaridan shuningdek taqsimlanmaganfoydadan iborat. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, bank kapitali - bank muassislarining yig‘ilgan mablag'lari bo‘lib, turli zahiralar va taqsimlanmagan foyda bank kapitalini kengayishini ta’minlaydi. 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100,0 mlrd. so‘mni tashkil etishi lozim.Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari 2019 yilning 1 yanvariga qadar ustav kapitalini ushbu miqdorga yetkazishlari lozim. Xulosa Hozirgi kunda bank va banklar faoliyati dunyo bo'yicha juda tez suratlarda o'sib borayotgan bir vaqtda bizning bank va bank faoliyati tizimi ham shu butun jahon tajribasi bilan hamohang bir suratda o'sib borishga harakat qilmoqda. Aynan shu bank va bank faoliyatini rivojlanishida katta o'rin ro'l o'ynaydigan jarayon bu bank va bank faoliyatini tahlil qilishdir. Tijorat banklari majburiyatlari tahlili bank faoliyatini yo'lga qo'yishda va tartibga solishda muhim o'rin tutadi. Har qanday jarayonning keyingi taqdiri uning har tomonlama chuqur tahlil etilishiga asoslanadi. Ayniqsa, iqtisodiy jarayonlarning takomillashuvi va rivojlanishini iqtisodiy tahlilsiz tasavvur etish mumkin emas.Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim.Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi va u bankning likvidliligi, daromadliligini o‘stirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi.Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillar to‘liq o‘rganiladi.Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.Bozor iqtisodiyoti davrida banklar Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanar ekan, ular faoliyatini tartibga solish, muvofiqlashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Chunki banklar iqtisodiyotda kredit munosabatlari va hisob-kitoblarda vositachi vazifasini bajarar ekan, barcha iqtisodiy subyektlarning barqaror faoliyat yuritishi bank tizimining barqarorligi bilan chambarchas ravishda bog‘liq bo‘lib qoladi. Banklar ish yurituvchilar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida ularni doimiy ravishda kredit mablag‘lari bilan ta’minlab turadilar. Bundan tashqari barcha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar banklar orqali amalga oshi riladi. Shunday ekan, iqtisodiy munosabatlarning barqarorligi va samaradorligini bank faoliyatisiz, uning barqaror rivojisiz amalga oshirish mumkin emas. Banklar barqaror va samarali faoliyat yuritmasa, uning mijozlari o‘z faoliyati uzliksizligini ta’minlashining iloji bo‘l may qoladi. Mijozlar faoliyati ko‘p jihatdan banklarning likvidliligi, to‘lov qobiliyati va samarali faoliyat yuritishiga bog‘liq.Bank faoliyatini tahlil etish uchun bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama chuqur his etmoq, anglamoq zarur bo‘ladi. Buning u chun esa eng avallo, bankning mohiyati, bajaradigan vazifalari, ush bu vazifalarni bajarish asoslari, usullari, xullas, butun bank faoliyatiga tegishli jarayonlarni his etmoq lozim. Bank faoliyatini yuritish uchun lozim bo‘lgan mablag‘lar va ularning manbalari, o‘z mablag‘lari hamda majburiyatlari tarkibi, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash masalalari, ushbu mablag‘larni samarali yo‘naltirish, bankning likvidliligi, to‘lov qobiliyatini ta’minlash asoslari kabilar chuqur o‘rganilmog‘i zarur. Download 290.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling