Kursni tugatgan talabalar


Download 16.88 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi16.88 Kb.
#1157715
Bog'liq
tekisliklar


Kursni tugatgan talabalar:

  • Tabiiy buyumlar va geometrik sirtlarning ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarini hosil qilish hamda ularni chizish usullari, ularga oid bo‘lgan masalalarni yechish malakasi hosil bo‘ladi va shu bilan birga mazkur chizmalarni davlat standarti asosida bajara oladi;

  • Turli mashina va mexanizmlarning detallarini yasash hamda ularni yig‘ish uchun tuzilgan chizmalarni bajara oladi;

  • Turar joy, maktab, ta’lim muassasalari, korxona va boshqa shu kabi binolarning chizmalarini bajarish hamda uni o‘qish malakasi hosil bo‘ladi hamda fanni bugungi kundagi qurilish soxasi, jumladan, turar-joy va noturar joy binolar, yo‘llar, temir yo‘llar, ko‘prik va tonellar qurilishi bilan bog‘lash qobilyatiga ega bo‘ladi;

Kurs natijasiga ko‘ra ega bo‘ladigan kompetensiyalar (KK):

  • Texnik topshiriqlarga muvofiq va avtomatlashtirilgan loyihalashning standart vositalaridan foydalangan holda, muhandislik inshootlarining qismlari va tarkibiy qismlarini hisoblash va loyihalash ishlarini bajara oladi (KK-1);

  • ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda ishtirok etadi (KK-4).




Fan mazmuni

Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)

2-semestr


Loyihalash elementlari haqida umumiy tushuncha.
Loyihalash elementlari. Loyihalash ishlarining prinsplari.


Vint chiziqlari.
Rezbalar, ularning turlari, belginishi va ishlatilishi. Ajraluvchi va ajralmas birikmalar haqida umumiy ma’lumot.


Ajraluvchi birikmalar va ajralmas birikmalar.
Kavsharlash va payvand choklar.


Uzatma va ularning turlari.
Tishli uzatmalar. Materiallar va ularni belgilash. Detal sirtlarining g‘adirbudurliklari va ularning chizmada belgilanishi.

Oraliq nazorat

Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg‘ulot (A)

2-semestr


Detalda og‘ma qirqim bajarish, kesim yuzasining haqiqiy kattaligini aniqlash va qolgan qismining aksonomerik proeksiyasini bajarish.


Tekis kesimga ega bo‘lgan detalning ortogonal va aksonometrik proeksiyasini bajarish. Sirtlarning o‘zaro kesishuv chizig‘ining ortogonal va aksonometrik proeksiyasini bajarish.


Detalning fazoviy holatini o‘zgartirib chizish. Shartga binoan o‘yib olish orqali detal hosil qilish.


Ikki proeksiyasi berilgan detalning yoyilmasi va modelini yasash.

Joriy nazorat


Vint sirtlari. Gelikoidlar. Rezbalarni chizmada belgilash. Detalning eskizini tuzish qoidalari. Rezbali detalning eskizi, ish chizmasi va texnik rasmini chizish. Rezbali biriktirish detallari: bolt, gayka, shayba, shpilka va vintlar. Ularning birikmalari.


Trubali birikmalar. Fitinglar. Shponkali, shpilkali va shtiftli birikmalar. Ajralmas birikmalar. Parchin mixli birikmalar.


Payvand birikmalar va uning turlari. Payvand chokli detalning chizmalarini bajarish. Kavsharlab va yelimlab briktirish. Prujinalar turlari va vazifalari. Prujinalarning ish chizmasini taxt qilish.


Tishli g‘ildiraklar va tishli ilashmalar, silindrik tishli g‘ildirak va uning parametrlari. Silindrik tishli uzatmaning ish chizmasi. Konus tishli gildirak va uning parametri, konus tishli uzatmaning ish chizmasi. Chervyak, reykali, zanjir va tasmali uzatmalar.

Download 16.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling