Kushmatova Dildora Ergashevna


Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining kelib chiqishi va rivojlanishini oʼrganadi, ayrim yirik tibbiyot olimlarining hayoti va ijodi bilan tanishadi


Download 127.33 Kb.
bet2/6
Sana11.05.2023
Hajmi127.33 Kb.
#1452642
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 маъруза

Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining kelib chiqishi va rivojlanishini oʼrganadi, ayrim yirik tibbiyot olimlarining hayoti va ijodi bilan tanishadi.

  • Xususiy tibbiyot tarixi tibbiyotning ayrim sohalarining kelib chiqishi va rivojlanishini oʼrganadi, ayrim yirik tibbiyot olimlarining hayoti va ijodi bilan tanishadi.
  • Umumiy va xususiy tibbiyot tarixi bir - biri bilan bogʼliqdir, ular oʼzaro birlashib, tibbiy - tarixiy fanni tashkil etadi. Umumiy tibbiyot tarixi mustaqil fan sifatida oʼqitilsa, xususiy tibbiyot tarixi har bir tibbiy fanning kirish qismida bayon etiladi.

Tibbiyot tarixining fan sifatida shakllanishi

  • Tibbiyot tarixi fani XIX asrda alohida fan shaklini oldi. Lekin tibbiyot tarixiga oid asarlar ancha avval yozila boshlagan edi. Masalan, “Gippokrat toʼplami” mashhur kitobiga kiritilgan ”Qadimgi tibbiyot haqida” nomli maqola tibbiyot tarixiga oid ilk asar hisoblanishi mumkin. Sharq mamlakatlarida tibbiyot tarixiga oid ilk asarlar oʼrta asrlarda paydo boʼlgan. Ushbu sohada ijod qilgan olimlarga Аbul Xasan al - Bayhakiy, Ibn al - Kiftiy kabilarni kiritish mumkin.

Tibbiyot tarixi sohasida yozilgan maxsus asarlar XVIII - XIX asrlarda paydo bula boshladi. Bu sohada Germaniyada K.Shpringel, V.R.Vunderlix, G.Pushman, Yu.Pagel va boshqalar shugullandilar.

  • Tibbiyot tarixi sohasida yozilgan maxsus asarlar XVIII - XIX asrlarda paydo bula boshladi. Bu sohada Germaniyada K.Shpringel, V.R.Vunderlix, G.Pushman, Yu.Pagel va boshqalar shugullandilar.
  • 1835 yildan boshlab universitetlarda tibbiyot tarixi fani o'qitila boshlandi. N.D.Lebedev, S.G.Kovner singari olimlar muallifligida ushbu fandan maxsus darsliklar chiqarildi. Ko'zga ko'ringan mutaxassislardan L.F.Zmeev, Ya.А.Chistovich, M.Yu.Laxtinlarni aytib utish mumkin.
  • XX asrning oxirlarida mustaqil tibbiyot tarixi kafedralariga asos solindi. 1894 yilda Moskva universitetining tibbiyot fakultetida tibbiyot tarixi kafedrasi ochildi. Bizning yurtimizda esa mustaqil tibbiyot tarixi kafedrasi ilk marta 1948 yilda Toshkent tibbiyot institutida, 1981 yilda esa Samarqand tibbiyot institutida tashkil etildi.

Download 127.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling