Kushmatova Dildora Ergashevna


Tibbiyot tarixi fani o'z rivojlanishida 3 davrni bosib o'tdi


Download 127.33 Kb.
bet3/6
Sana11.05.2023
Hajmi127.33 Kb.
#1452642
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 маъруза

Tibbiyot tarixi fani o'z rivojlanishida 3 davrni bosib o'tdi:

  • 1 davr - material to'plash davri;
  • 2 davr - to'plangan materiallarni bir tizimga keltirish va umumlashtirish davri;
  • 3 davr - tibbiyot tarixining mustaqil soha sifatida rivojlanish davri.

Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifalari

  • 1) Tibbiyotning dastlabki paydo bo'lishidan boshlab to bizning kunimizgacha bosib utgan yulni to'g'ri tahlil etish.
  • 2) Bizning yurtimizda va jahon miqyosida tibbiyotning kelib chiqishi va rivojlanishini xronologik tarzda yoritish.
  • 3) Jahonda tibbiyot fanlarining rivojlanishida mamlakatimiz olimlarining qoʼshgan xissasini ko'rsatib berish

Tibbiyot tarixini oʼrganishda biz koʼp manbalardan foydalanamiz.

  • Tibbiyot tarixini oʼrganishda biz koʼp manbalardan foydalanamiz.
  • Bu manbalardan birinchisi—arxeologiya fanidir. Аrxeologiya fani qadimgi zamon odamlari va ularning tarixiga oid masalalarni arxeologik qazilmalar orqali oʼrganuvchi fandir. Аrxeologik qazilmalar vaqtida tibbiyotning kelib chiqishi va uning dastlabki rivojlanishiga oid ashyoviy materiallar (qadimgi odamlar suyaklari, ular ishlatgan qurollar, xususan, tibbiy muolajada foydalanadigan asboblar, har xil idishlarda saqlanib qolgan dorivor moddalarning qoldiqlari va h. k.) topilgan. Shu ashyoviy materiallarga qarab, u yoki bu mamlakatda, u yoki bu davrda tibbiyot qanday darajada rivojlanganligi, qanday davo usullari qoʼllanilganligini aniqlash mumkin.

Аrxeologiya fanining bir qancha tarmoqlari bor. Shulardan birinchisi — antropologiyadir. Bu fan qadimgi odamlarning gavda tuzilishi, uning biologik xususiyatlari, yashash sharoitlarini tekshiradi. Shu yoʼl orqali ham oʼsha zamon tibbiyotining rivojlanish darajasi haqida maʼlum tushunchaga ega boʼlish mumkin.

  • Аrxeologiya fanining bir qancha tarmoqlari bor. Shulardan birinchisi — antropologiyadir. Bu fan qadimgi odamlarning gavda tuzilishi, uning biologik xususiyatlari, yashash sharoitlarini tekshiradi. Shu yoʼl orqali ham oʼsha zamon tibbiyotining rivojlanish darajasi haqida maʼlum tushunchaga ega boʼlish mumkin.
  • Ikkinchisi—paleopatologiyadir. Bu fan qadimgi zamon odamlarining suyaklarini tekshirib, ularning qanday kasalliklar bilan ogʼriganliklarini aniqlaydi. Bunda rentgenologik va radiologik usullardan foydalaniladi.

Download 127.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling