Kushon podsholigi davrida davlat boshqaruvi reja: Kushon podsholigi tashkil topgan davrdagi siyosiy vaziyat. Kushon podsholigi davrida davlat boshqaruvi
Download 125.5 Kb.
|
Kushon podsholigi davrida davlat boshqaruvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Kanishka davrida mamlakat ravnaqi va diniy islohot.
- Adabiyotlar
KUSHON PODSHOLIGI DAVRIDA DAVLAT BOSHQARUVI Reja: 1.Kushon podsholigi tashkil topgan davrdagi siyosiy vaziyat. 2. Kushon podsholigi davrida davlat boshqaruvi 3.Kushon podsholigida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 4.Kushon podsholigida pul islohoti. 5.Kanishka davrida mamlakat ravnaqi va diniy islohot. Kushon Podsholigi — o’zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (mil. 1—3-a.lar). Mil. 1-a.ning 1-yarmi yoxud o’rtalarida yuyechjilar tasarrufidagi Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan, Massagetlar (Xitoy yilnomalarida —yuyechji) mil. av. 140 y. Sirdaryo ortidan Baqtriyaga kelib, saklarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi o’rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo’linib yashagan. Bulardan kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabg’uchi Kujula Kadfiz (Kadfiz I) mil. 1-a.da qolgan 4 qabilani bo’ysundirib, o’zini hukmdor deb e’lon qilgan. “Kushon” atamasi yo sulola yoki qabilaga tegishli bo’lib, u ilk bor mil.avv. 1-a. oxiri — mil. 1-a. boshida hukmronlik qilgan podshoj “Geray” — Sanab zarb qildirgan tangalarda qo’llangan. Kushonlarning dastlabki mulklari hududiga Shim. Baqtriya (Tojikiston hamda O’zbekistonning jan., Turkmanistonning jan.-sharqidagi yerlar) kirgan, Dastlab jabgu, keyinchalik podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan Kadfiz I Kushon podsholigiga asos solgan bo’lib, uning davrida kushonlar hoz. Afg’oniston bilan Pokistonning ko’pchilik qismini bosib olgan, Kadfiz I ning vorisi Vima Kadfiz xukmronligi davrida Hindistonning aksariyat qismi Kushon podsholigiga qo’shib olingan. Kushon podsholigi ning eng ravnaq topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan vaqtga to’g’ri keladi. O’rta Osiyoda kushon mulklarining shim. Chegarasi Hisor tizmasi bo’ylab, u yerlardagi tog’ daralarida g’oyatda mustahkam chegara devorlari qurilgan. Kushon podsholigi davrida urushlarning tez-tez bo’lib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharqda hukmron bo’lish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni o’zaro yaqinlashtirgan. Buyuk ipak yo’li bo’ylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharqda-Sharkiy Turkistonning qo’shib olingan shaharlar—vohalari orqali Xitoy bilan, jan.da — kushonlarga tobe Shim. Hindiston bilan, g’arbda — dengiz yo’li bilan, Misr orqali yoki quruqlikdai yo’l bilan Eron orqali O’rta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shim.da Xorazm va Ural bo’yi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Jan. O’zbekistondan kushovlar davriga oid yuzdan oshiq shahar va qishloq harobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va qishloq o’zaro mustahkam aloqada bo’lgan: har bir shahar atrofida ko’plab mayda qishloqlar joylashgan, Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat ruhoniylar qo’lida bo’lgan davlat bo’lib, unda podsho dunyoviy rahbar bo’lish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik (q. Satrapiya) larga bo’lingan bo’lib, ularning satraplari ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati bo’lsada unda qishloq jamoasi muhim o’rin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng ko’lamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurg’izgan: aholi, asosan, buddizmning mahayana mansabiga e’tiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylak, otashparastlik, hinduizm kabi ko’plab boqa dinlar xam bo’lgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida ko’proq oltin va mis tangalar qo’llanilgan. Dehqonchilik, xususan, sug’orma dehqonchilik rivojlangan, k. xioniylar ekinlarining ko’pchilik turi ekilgan. Mil. 3-a.ning 1-yarmi yoki o’rtalarida Kushon podsholigi barham topgan. Baqtriya — Toxariston maxsus mulk sifatida Sosonaylar davlati tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan. Madaniyati. Kushon podsholigi Rim Parfiya Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan Qad. Sharqdagi zng qudratli saltanatlardan biri bo’lib, ikki asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o’tkazgan. Bir saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni o’zaro yaqinlashtirdi, antik davr madaniyatlari (mahalliy Qad. Baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlari)ni mujassamlashtirdi. Ammo, Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuzgacha noaniq bo’lib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur i.t.lar olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960 y.darda London, 1968 y. Dushanbe, 1970 y. Qobulda xalqaro simpoziumlar o’gkazildi, YuNESKO qoshshidagi Markaziy Osiyo tarix va madaniyatini o’rganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini o’rganishni o’z oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qo’ydi. Arxeologlar Kushon madanayatiga oid Bagram, Balx, Began, Surx-Ko’tal (Afg’oniston), Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila (Pokiston), Ayritom, Bozorqal’a, Dalvarzintepa, Zartepa, Ko’hna Vos, Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon (O’zbekistan), Kayqubodshoh, Kuhnaqal’a, Shahrinav, Munchoqtepa (Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi. Arxeologik topilma va kuhna yozma manbalar asosida kushonlar madaniyatiga doir quyidagi muhim ilmiy ma’lumotlar aniqlandi: burjli mustahkam mudofaa devoriga ega bo’lgan shahar qurilishi taraqqiy etgan, bir necha o’nlab shunday shaharlar, ko’plab yirik sug’orish inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida arklar mavjud bo’lib, ularning atrofini turli binolar majmuasi qurshab turgan. Kushon podsholigi ning shim.-g’arbiy hududlaridagi binolar qurilishida ko’proq xom g’isht va paxsadan, jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo bo’ylarida strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va hunarmandlar mahallasi, ko’cha va maydonlar, xovuzlar, turli dinlarga mansub inshootlar, ekinzor va bog’lardan iborat bo’lgan. Uylar ko’p xonali, xashamatli bo’lib, ba’zilari ikki qavatli qilib qurilgan. Xovli sahni, xonalar poli, zinalar va b.da turli hajmdagi pishiq g’ishtlar qo’llanilgan. Ayvon yog’och ustunlari ostiga ohaktoshdan yo’nilgan chiroyli tagkursilar o’rnatilgan. Tomdan tushadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy san’at asarlari bilan bezatilgan. Xaykal va rasmlarda, asosan, podsholar, podsho xonadoni a’zolari, boy—zodagonlar, sozanda va masxarabozlar tasvirlangan (mas., Xolchayonda). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va unint safdoshlari, izdoshlari kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas., Ayritom, dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepada). Xaykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar xilma-xil va o’zining kozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanat keig rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato to’qish taraqqiy etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqteriya tili davlat tili sifatida qabul kilingan. Aholi asosan, buddizm dinining mahayana mas’habiga e’tiqod qilgan, ko’plab budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka I buddizm tarixida birinchi bo’lib vaqti-vaqti bilan diniy yig’in chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yig’ichda buddizmning mazkur yangi mazhabi-mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizining Osiyo mamlakatlarida keng tarqalishiga uniig jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab bo’lgan. Topilgan tangalarning orqa tomonida turli ma’budlar - Mixra-Mitra (Quyosh ma’budi), Otash (olov ma’budi), Farr (omad va ma’murchilik ma’budi) va b. tasvirlanganligi buni isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng ko’lamda tarqalishga imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sug’d va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan qharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproq qal’adan topildi. Kushon podsholigi yerlaridan o’tgan Buyuk ipak yo’li tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatganligi aniqlandi. Kushon podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va b. ko’pgina mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharqdan olib kelingak ipakka g’arb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda ko’p tovarlar qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchoqlari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli buyumlar hamda “tirik tovar” — sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham b. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti O’zbekistonniig jan.dagi Dalvarzintepada bo’lgan, podsho Kanishka davrida esa Peshovar sh.ga ko’chirilgan. Ayni shu davrda badiiy, san’at maktablari (Gandxara, Matxura, Baqtriya) shakillandi. Kanishka adabiyot va sanat homiysi bo’lib Kashmir viloyatida Kanishkapur sh.ga asos soldi. Uning saroyida mashxur buddaviy olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Nagarjuna hamda Charaka yashab ijod qilgan. Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini o’rganish ularniig O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan o’rnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati o’tmishining hali to’la, haqqoniy yoritilmagan jihatlari ko’p bo’lib O’zbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSh, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afg’oniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i.t.larni davom ettirmoqda. Miloddan avvalgi I asrda yuechji qabilalari uyushmasida (Guyshuan, Shuanmi, Xisi, Xyumi, Xuanmi) Guyshuan (Kushon) urug’ining xokimlik mavqei ancha kuchaydi. Guyshuan qabilasi dastlab Surxon vohasida jjoylashgan va ularning poytaxti Dalvarzin shaxri (hozirgi Sho’rchi tumani) bo’lgan. Podsho kujula kadfiz davrida Kushon podsholigi hududlari ancha kengaydi va davlat tarikibiga Janubiy tojikiston, Afg’oniston va kashmir yerlari qo’shib olinadi. Kushon podsholigi Kanishka xukumronligi yillarida (78-123 yillar) ulkan saltanatga aylandi. Kushon podsholigi Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston, Afg’oniston, Shimoliy xindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini o’z tarkibiga kiritdi. Shu vaqtda poytaxt Dalvarzindan peshovarga ko’chirildi. Kushon podsholigi qadimgi davrdagi Rim, parfiya, Xitoy davlatlari bilan teng bo’lgan va g’oyatda qudratli davlatga aylandi. Mamlakatimiz hududlarida yuzaga kelgan Kushon podsholigi tarkibiga O’zbekistonning asosiy hududlari (Xorazm, Zarafshon, Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona) kirmaganligi diqqatga sazovordir. Bu hududlarda o’ziga xos boshqa mahalliy davlat yuzaga kelgan va kushonlar madaniy an’analarga holi tarzda taraqqiy etgan. Bu davlatlar bilan Kushon davlatining shimoliy chegaralari Ko’hitog’, boysun, Xisor tog’lari orqali o’tganligi Boysun tumanidagi Darband atrofidan o’rganilgan mudofaa devorlarini o’rganish natijasida isbotlandi. Bu mudofaa devorlari qoldiqlari shu yerdan o’tgan chegara qal’asi devorlari bo’lgan. Kushon sulolasi va davlati tarixi yozma manbalar va tangashunoslik tadqiqotlari orqali o’rganilgan. Tangalardagi dastlabki vaqtlarda yunon-Baqtriya shohlari tasviri mavjudigi va asta-sekin uning o’rnini kushonlarning «shoh», «shohlar shohi» so’zlari egallashi uning xarbiy siyosiy qudrati yuksalib borganligidan dalolat beradi. Podsho Kanishka I o’zidan oldingi davlat boshqaruvi an’analari saqlab qoldi va davom ettirdi. Davlatning oliy xukumdori podsho viloyatlar va shaharlari o’z noiblari yordamida boshqarardi. Buyuk Ipak yo’lining rivojlanishi bilan Kushon podsholigining ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan yashnashiga ta’sir ko’rsatdi. Shaxarlar ko’paydi, yangi – yangi yerlar o’zlashtirildi va sug’orish tarmoqlari barpo etildi. Shaxarlar tuzilishiga ko’ra bir necha qismdan iborat bo’lgan: xokim saroyi, xunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, aloxida ibodatxonalar joylashgan shaxar qismi va boshqalar. Davlatning iqtisodiy asosini sug’orma dexqonchilikka asoslangan xo’jalik, savdo va xunarmandchilik tashkil etgan. Xunarmandchilik turli-tuman kasb va xunarlardan iborat bo’lgan. Tashqi siyosat ancha kengayib, Xindiston, Xitoy, rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o’rnatilgan. Savdo munosabatlarining kengayishida Buyuk Ipak yo’lining axamiyati katta bo’lgan. Tadqiqotlar natijasida Termizdan Rim tangalari, O’rta yer dengizi atroflaridan Kushon tangalarining topilishi ham fikrimizning dalilidir. Kanishka davrida kushonlar madaniyati xindlashtirildi va Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari asosidakushon yozuvi shakillandi. Me’morchilik tasviriy san’at yuksak darajada rivojlandi. Jaxon miqyosida mashxur bo’lgan kushon davri san’at obidalari Ayritom, Eski Termiz, dalvarzintepa va xolchayondan topib o’rganilgan. Kushon davlati xaqida shuni aloxida ta’kidlash joizki, davlat bir necha hududlar va ko’plab qadimgi xalqlarni birlashtirgan. Ular orasida o’zbek xalqi ajdodlari ham kushon madaniyati yuksalishiga o’z hissasini qo’shgan. Kushon davlati IV asrlargacha og’ir ichki va tashqi kurashlar iskanjasida qoldi va asosiy hududlaridan ajraldi. Bu vaqtda uning hududlari qisman Shimoliy Hindistondagina saqlanib qoldi. Ko’pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining bexisob dalillarini yo’q qildi. Arxeolog qazilma ma’lumotlar va yozma manbalar miloddan avvalgi I-ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, Sug’d va Xorazm madaniyati xaqida bir oz ma’lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo voxasidagi qiziltepa, qashqadaryo voxasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Ko’ziliqir kabi qadimgi shaxarlarda o’tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko’rsatadi. Bu shaxarlar mudofa devorlari va suv ta’minotidan iborat kuchli istexkom tizimiga ega bo’lib, ichida xunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaxarlarda saroy qoldiqlari qal’alar topilgan. qadimgi davlatlar xo’jaligining asosiy soxasi xisoblangan dexqonchilik taraqqiyotining darajasi xaqida ko’p tarmoqli sug’orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan. Midiya va Ossuriyaning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, xunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvardd, oltin, mis bilan) savdo sotiq qilganlar. Bu xaqda Ossuriya va qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Xususan, Baqtriyaning yirik shaxarlari, ko’p sonli axolisi xaqida Baqtriya shoxi Oksartning afsonaviy boyligi xaqida Kgesiy Knidskiy (Mil.avv.V-IV asrlar) yozib qoldirgan. Ko’chmanchi massagetlarning udumi va turmush tarzi xaqida mashxur qadimgi Yunon tarixchisi Geradot (Mil.avv.V asr) yozib qoldirgan. U massagetlarning xarbiy qurollari (kamon-yoyi, nayzasi, oyboltasi)da oltindan bezak sifatidan, misdan qurol va sotuv uchun keng foydalanishini ta’kidlaydi. Gerodotning yozishicha, massagetlar yagona ma’bud quyoshga topinib, otni qurbonlik qilganlar. Mil.avv. V asrda Oks daryosining o’ng soxilida Miletlik Yunonlarning manzilgoxi tashkil topadi. Shu tariqa Axmoniylar imperiyasi tarkibida Markaziy Osiyo xalqlari forslar, midiyaliklar, bobilliklar, misrliklar, yunonlar, xindlar bilan yaqin munosabatda bo’lish, madaniyatining xam o’zaro ta’siriga imkon yaratdi. Axmoniylar imperiyasi madaniyati xam ko’pgina mamlakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqodlar, san’at yutuqlarining sintezi xisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari xam o’zining xissasini qo’shgan. Zardushtiylik Axmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga G’arbga xam keng yoyila boshladi. Axmoniylar sana’tining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko’plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug’dan lojuvard va qimmatli toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning Janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir, xazinada, Eron va Baqtriyada tayyorlangan jixozlar-bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita qurg’iy shakli tushirilgan bilakuzuk xamda dashtliklarga xos «Xayvon shakli» bitilgan jixozlar mavjud. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o’zaro ta’siri jarayoni esa o’z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Axmoniylar imperiyasi va Markaziy Osiyo madaniyatiga ellinizm elementlari kirib keldi. Axmoniylar saltanatini emirib tashlagan Yunon-Baqtriya bosqini Markaziy Osiyo mintaqasini, xususan suxd madaniyatini aylantirdi. Yunon-Baqtriya davrida Oyxonum (Shim.Afg’oniston), Saksanoxur va Taxtisangin (Tojikiston), Dalvarzin tepa, Yorqurg’on, Afrosiyob Talibarzi (O’zbekiston) kabi shaxarlar qurildi. Yunon xarbiy manzilgoxlari axolisining tushmush tarzi va madaniyatini aks ettiruvchi ellinistik uslubdan Yunon-Baqtriya shaxarlarda ochib o’rganildi. Infoatlar tosh, xom va pishiq g’ishtdan tiklandi. Ustunlar korinf usulida ishlangan. Saroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolari ochib tekshirilganda ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cherepitsa-antifikslar singari unsurlangan foydalangan xolda ko’rilgan. Yunon-Baqtriya podsholigida teatr san’ati va musiqani rivojlanganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Baqtriya saroylarida yunonistonlik aktyorlar, musiqachi va raqqoslarning guruxlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» singari turlari keng yoyilgan. Ularni klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo’lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan maxalliy axoliga tushunarli bo’lgan. Aktyorlar sharoit, tomoshabinlarning ruxiyatiga ko’ra matnlarni o’zgartirganlar-musoxaba, xazil-mutoyiba, xavj, xikoya, -qo’shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko’zbo’yamachilik va akrabatik mashqlar teatr ijrochiligining muxim elementlari bo’lgan. Xukmdorlar xomiylik ko’rsatgan maxalliy aktyorlar xam shakllangan; «Masxaraboz» Milliy teatrning-namunasida xamon ellinistik belgilar saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qoirshiqligi) turli tillarni yonma-yon faoliyat ko’rsatishi, xar xil yozuvlar tizimi va dinlarning o’zaro singishib ketishida xam ko’rinadi. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda oromiy, Yunon-Baqtriya yozuvlari keng ishlatilgan, keyingisi yunon alfaviti asosida unga bitta xarf qo’shim (jami 25 ta xarf) baqtriya yozuvi vujudga kelgan. Zardo’shtiylik xukmron din sifatida saqlansada axolini yunon xudolari timsollariga sig’inish alomatlari paydo bo’lgan. Xorazm madaniyatini aloxida ta’kidlash lozim. Shu mintaqa sug’oriladigan dexqonchilik, shaxar madaniyati shakllangan eng qadimgi manzilgoxlardan bo’lib, bu erda O’zbekiston xududidagi qadimgi (er.avv. VII-VI asrlarda) davlat asoslangan. Xorazm (er.avv. IV asrlarda) Aleksandr Maqduniy bosqiniga qadar Axmoniylar istilosidan ozod bo’lgan davlat, xorazmiylar Xindiston, Xitoy, Yaqin Sharq va Evropa Sharqi bilan qizg’in savdo aloqalari bilan dong taratganlar. Tarixiy solnomalarda xorazmliklarni tadbirkorligi, ishtiyoqmandligi qayd etilib, ularni «ilm soxiblari» deb ataganlar. Kanal, qal’a, ko’pqavatli saroylar qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab xisob-kitob va o’lchovlarni xam talab qilar edi. Moviy yo’l ko’rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht-saxrolardan o’tib bo’lmasdi. Xorazmliklar er. I asridan VIII asrigacha o’zlari foydalangan maxsus taqvil tizimini yaratdilar. Bu taqvim Al-Beruniyning «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida mufaasal tavsiflangan. Uning ma’lumotlarini arxeologlar tomonidan topilgan, III asrga oid asl nusxa xuddatlar xam tasdiqlaydi. Beruniyning ma’lumotiga ko’ra, xorazmliklar mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Doira shaklidagi, dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustaxkam minoraga eng bo’lgan devorlar bilan o’rali, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo’lgan. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra qo’yqurilgan qal’a astronomik kuzatish, izlanishlar olib borilgan ilm qarorgoxi bo’lgan. Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dexqonchilik bo’lib, murakkab irrigatsiya va yirik sug’orish infoatlari barpo etildi. Xunarmanchilik va savdo-sotiqning jadal rivojlanishi shaxarlarni gurkirab rivojlanishiga, g’ishtlardan bino etilgan qal’a va Saroylarni qurilishiga olib keldi. Bu paytda G’arb mamlakatlari, xususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari bilan sado aloqalari birinchi o’ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiev yaqinida, «Efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaxarlaridan topilgan. manzilgoxini tashkil etdi. Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida kushon-baqtriya alfaviti, sug’d va xorazm yozuvi rvojlandi: Surxq qotalda (Afg’oniston) yunon alfavitidagi kushon yozuvi topilgan. Termizdagi qoratepa, Fayoztepadan xinlarning Braxma, Kxoratshxa yozuvlaridagi bitiklar topildi. Kampirtepa esa (Surxondaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, noyob qo’lyozma (er.avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi. Asrimizning boshida Buyuk Xitoy devori minolaridan birida topilgan «ko’xna so’g’d yozuvi» aloxida qiziqish uyg’otadi. Yozuv eramizni 312-313 yillarida bitilgan bo’lib, unda Xitoydagi so’g’d savdogarlarining faoliyati xaqida ma’lumotlar berilgan. Kushonlar san’ati qo’shni mamlakatlar va xalqlar san’atlariga ta’sir ko’rsatuvchi namunalarni yaratdi. Er. I-IV asrlardagi badiiy madaniyatning asosiy xususiyati Osiyoga olamni anglashga ellinistik ta’sirni tafakkur tarozisidan o’tkazishdir. Xalchayon (Er.avv. I–e...ni 1 asrlari)-Kushon san’atining ilk yodgorliklaridan biri bo’lib undan topilgan asarlarda ko’proq xukmdor Geroy Sanat ulug’langan. qabulxona devorlarining yuqori qismidan o’rin olagan loydan ishlangan xaykallar majmuida xukmdor va a’yonlari tasvirlangan. Xaykal obrazlari ifodali bo’lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko’zga tashlanib turadi. Unda tantanavor ruxdagi qabul marosimi va jang lavxalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning iloxim xoimlari-Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan. Kushon san’ati Kushon imperiyasidan keyin xam ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Xindiston va Xitoylik san’at ustalari va ijodkorlarini ruxlantirib keldi. Kushon san’ati an’analari ifodasi Xindistondagi Gupta davlatiga xos xaykallar, Sug’ddagi bo’rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Turkiston topilmalarida bir-biridan farqlanadi. Shunday qilib qadimgi Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyoti mobaynida o’ziga xos an’ana va yutuqlarni saqlabgina qolmasdan, ulkan mintaqada umumiy qadriyatlarni vujudga kelishi, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqa munosabatlarini rivojlantiriga imkoniyat yaratib madaniy yuksalishni yangi sifat bosqichiga ko’tardi. qadimgi Markaziy Osiyo madaniyatining rivoj nuqtasi bo’lgan Kushonlar madaniyati xududiy va mazmun jixatidan ayro olingan madaniyat emas edi. U o’zida Sharq, Markaziy Osiyo, Antik dunyo va xind madaniyatlari yutuqlarini o’zida mujassa etib, Sharq va Jaxon xalqlari madaniyatini yana ravnaq topishiga asos bo’ldi. Kushon imperiyasi davrida (I-III asrlar)Markaziy Osiyoda sug’orma dexqonchilik, xunarmadchilik, shaxarsozlik, savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Buga Kushon-Baqtriya yozuvlari, braxma va kxaroshxi xind alifbosidagi yozuvlar, kushon tangalari guvoxlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o’sha zamon san’ati bilan bezatilishida namoyon bo’ladi. Miloddan avvalgi 176 yilda xunnlar yuechjilar ustiga ikkinchi marta xujum uyushtiradilar. Oqibatda xunnlar 165 yilda yuechjilarni g’arbga uloqtirib tashlaydilar. Rivoyatlarga qaraganda xunn hukmdorlari mag’lub bo’lgan yuechjilar podshosining bosh suyagidan kosa yasab, g’alaba sharafiga unda sharob ichib yurgan ekanlar. Yuechji qabi-lalari qadimgi Farg’ona erlariga chekinadilar va o’sha erda istiqomat qila boshlaydilar. Xitoy manbalarida yozilishicha qadimgi Farg’onaning shimoliy tumanlarida yuechjilar qishloq va shaharlar barpo qiladilar. Bu davrda yagona bir podsho bo’lmagan, balki qabila va urug’ yabg’ulari qabila oqsoqollari qo’l ostida birlashganlar. Jumladan, hozirgi Namangan viloyatining Yangiqo’rg’on tumani hududida Kushon qishlog’ va Kosonsoyda Koson shahrini yuechjilar barpo qilgan edilar. Ma’lumki, miloddan avvalgi II asr o’rtalarida Yunon-Baktriya davlati inqiroz sari yuzlanadi. Ana shu qulay vaziyatdan foydalangan yuechjilar miloddan avvalgi 140-130 yillarda So’g’d erlari orqali Baqtriyaga bostirib keladilar va Shimoliy Baqtriya hududlarini e`gallab oladilar. Yuechjilar Baqtriyada 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bo’linib yashaganlar. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg’usy Kudzula Kadfiz edi) to’rtta qabila yabg’ularini o’ziga tobe etib barcha qabilalar ustidan hukmronlik qilardi. U o’z davlatini Kushon bekligi sifatida e’lon qildi va hozirgi Surxondariyo viloyatining Sho’rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepani bu beklikning poytaxtiga aylantirdi. Kudzula Kadfiz o’z davlat chegaralarini kengaytirish va uning qudratini mustaxkamlash maqsadida Amudaryoning chap soxili tumanlarini egallashga bel bog’ladi. U tez orada Parfiya, Afg’oniston va Kashmirni e`galladi. Kudzula Kadfiz 80 yoshida dunyoni tark etdi. Uning davrida Kushon davlatining o’z pullari bo’lmagan. Kudzula Kadfiz tangalarni Rim saltanati va Parfiya podsholari zarb e`tgan tangalarga taqlid qilib chiqargan. Shu boisdan ham bu davrdagi tangalarda «Kudzula Kadfiz Yabg’u» degan yozuvlarni uchratamiz. Keyinroq esa «Hukmdor Kadfiz» degan yozuvda tangalar zarb etilgan. Kudzula Kadfiz vafotidan so’ng uning o’gli Vima Kadfiz taxtga o’tiradi. Bu davrda Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlarini bosib oladi. Vima Kadfiz o’z nomidan tangalar zarb etadi. Unga atab tosh xaykali o’rnatadilar. Bu haykal Hindistonning Matxura shahrida qad ko’taradi. Vima Kadfiz 30 yil podsholik qiladi. Mamlakatda pul islohotini o’tkazadi. Vima Kadfizdan so’ng mamlakatni idora etish Kanishka zimmasiga tushgan. U podsholik qilgan davrda Hindistonning janubiy tumanlari, O’rta Osiyoning So’g’diyona, Xorazm va Choch viloyatlarini zabt etadi. Kanishka davrida «shohlarning shohi-ulug’ xaloskor» yozuvi bilan tanga pullar zarb etiladi. Kanishka tangalari Ashgabatdan Xorazmgacha, Toshkent vohasigacha bo’lgan katta hududlarda ko’plab topilgan. Kushon davlati bu davrda e`ng gullagan va hududlari juda ham kengaygan davrini o’z boshidan kechiradi. Kanishka budda dinini rasmiy ravishda davlat dini deb e’lon qiladi, buddizmni qabul qilib, uning saltanat miqyosidaga tashviqotchisi va himoyachisiga aylanadi. Kanishka davlat poytaxtini Dalvarzindan Peshovarga ko’chiradi. Milodning I asr 70—80-yillarida Sharqiy Turkiston erlari masalasida Xitoy-Kushon mojarolari boshlanadi. Shunga qadar Kushonlar xitoyliklarning Sharqiy Turkiston erlarini egallash uchun qilgan harbiy harakatlariga hayrihoh bo’lganlar. Hatto ular 84- yilda xitoylarga qarshi kurashish uchun Qashg’arga yuborilgan Qang’uy qushinini tezda chaqirib oladi. Qashg’ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim bo’ladi. Shundan so’ng kushonlar Xitoyga Turfonni bosib olishga yordam ko’rsatadi. Oradan 2-3 yil o’tgach, ikki o’rtadagi munosabat buziladi. Buning sababi Kushon elchisi Katta sovg’alar bilan Xitoy hukmdorining qizini kushonlar podshosiga unashtirish maqsadida Xitoyga borgan edi. Xitoy hukmdori uni qamoqqa oladi. Natijada ikki o’rtaga sovuqchilik tushadi. O’zini haqoratlangan deb hisoblagan Kushon hukmdori 70 ming kishilik qo’shin bilan Xitoyga qarshi yurish qiladi. O’zaro kurashda u yengilib, Sharqiy Turkistondan qochishga majbur bo’ladi. Budda haykali (Bodxisotva). Fayoztepa topilvasi Buddaning tosh barelefi (e’ski Termiz topilmasi ) 102 yilda Xitoyning nomdor va yengilmas lashkarboshisi Ban Chao vafot etadi. Bundan foydalangan Sharqiy Turkiston viloyatlari xalqlari birin-ketin Xitoyga qarshi qo’zg’olonlar ko’taradilar. Bu qulay vaziyat tufayli kushonlar 107-yilda Sharqiy Turkistonga yana lashkar tortadilar. Kushonlar Sharqiy Turkistonda o’z hukmronliklarini o’rnata olmagan bo’lsalar-da, Hindiston yilnomalarida Kanishkaning Tarim havzasini bosib olganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Xullas, Kanishka podsholik qilgan 23 yillik davrda Kushonlar davlati hududlari juda ham kengaygan. Soson podshosi Shopur I (241—242 yillar) yozdirgan «Zoroastr Kaabasi»da kushonlar saltanatining hududi haqida: “Kushonlar mamlakati Peshovar, Qashg’ar, Sug’d va Chochgacha cho’zilgan»,— deyiladi. O’rta Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo’lgan: 1. Koson – Farg’ona vodiysida; 2. Kattaqo’rg’on - Zarafshon vohasida va 3. Kesh -Qashqadaryo viloyatidadir. Kanishka vafotidan keyin kushonlar taxtiga uning o’g’li Vasishka o’tirdi. U 4 yilgina podsholik qildi, xolos. Vasishkadan so’ng hokimiyat Xuvishka qo’liga o’tadi. U 32 yil hukmronlik qiladi. Undan so’ng Vasudeva podsholik kildi. Vasudeva 34 yil mamlakatni idora qildi. Bu davrga kelib Kushon podsholigi ikki qismga bo’linadi. Mamlakatning bir qismiga Vasudeva, ikkinchi qismiga Kanishka III hukmronlik qiladi. Buni ularning har ikkalasi nomidan zarb etilgan- tanga, pullar isbotlaydi. Adabiyotlar: Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning asrigacha) T, 1994. 2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991. 3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994. 4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000. 5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994. 6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997. 7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992. 8. Sentralnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974 Download 125.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling