Kusr ishi mavzu: Xalqaro valyuta munosatlarini tartibga solish tizimi va uni takomillashtirish


-rasm. Xorijiy valyutadagi munosabatlarning yil davomidagi ko rsatkichlari8


Download 0.9 Mb.
bet5/7
Sana09.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1179926
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. kurs ishi

2-rasm. Xorijiy valyutadagi munosabatlarning yil davomidagi ko rsatkichlari8
Statistik ma`lumotlarga ko`ra 2021-yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablagʼlar (konvertatsiya) ulushi 60 foizni, xorijiy valyutadagi oʼz mablagʼlari hisobiga importni moliyalashtirish 25 foizni, chet el valyutasidagi kreditlar hisobiga moliyalashtirish esa 16 foizni tashkil etdi. Oʼtgan yilda ushbu koʼrsatkichlar mos ravishda 57, 24 va 18 foizga teng boʼlgan.

3-rasm. 2019 - 2021-yillarda valyuta bozoridagi taklif manbalari9
Shuningdek ichki valyuta bozorida chet el valyutasidagi umumiy taklif hajmi 2021-yilda 22,9 mlrd. АQSh dollarini tashkil etib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga oʼsdi (2020-yilda – 14,3 mlrd. АQSh doll., 2019 yilda – 11,7 mlrd. АQSh doll.).
Xususan, mazkur davrda:

  • xoʼjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 11,0 mlrd. АQSh dollari miqdoridagi chet el valyutalari sotilgan boʼlib, ushbu koʼrsatkich oʼtgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi (2020-yilda – 6,7 mlrd. АQSh doll.);

  • banklar va jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutalari miqdori 7,4 mlrd. АQSh dollarini yoki oʼtgan yilga nisbatan 44 foizga koʼp boʼldi (2020-yilda – 5,1 mlrd. АQSh doll.).

Iqtisodiyotda valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo‘llaridan biri, davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta‘sir etiladi. Xo‘jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.10 U quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:

  • ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish, kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish iqtisodiy integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi.

Xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish bir necha pogonalardan iborat:
• xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag‘lariga ega bo‘lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi;
• xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank, valyuta nazorati tashkilotlari).
Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog‘liqligi.
2. Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.
3. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o‘rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya.
4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya‘ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o‘zgarishining barqaror emasligi.
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, birbiriga o`zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi integratsiyalashuvi.
Xalqaro valyuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin. Xalqaro valyuta fondi (XVF) o‘ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to‘lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tomonlama to‘lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u kuyidagilarni taqozo etadi:

  • moliya bozorlarining to‘liq integratsiyalashuvi;

  • kapitallar harakatining to‘liq erkinlashuvi;

  • barcha valyutalarning to‘liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi. Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko‘proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan bo‘lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o‘ynaydi. XHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSh tijorat banklari guruhini o‘z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o‘zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisobvaraqlarida saqlaydilar. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko‘maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog‘liq turli ko‘rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga, bu mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga moslashuvini jadallashtirishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o‘tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur tuzilmalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, bunda ko‘mak berilayotgan mamlakatlarning milliy manfaatlariga putur yetkazmaslik, faoliyat yo‘nalishi sifatida ko‘proq iqtisodiy maqsadlarning ilgari surilishi kabi jihatlarga e’tibor kuchaytirish zarur bo‘ladi.



Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling