Kutubxona axborot faoliyati


ARMning ma’lumot – bibliografiya xizmati


Download 165.07 Kb.
bet4/6
Sana26.01.2023
Hajmi165.07 Kb.
#1125450
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sadikova M. Kurs ishi

1.3 ARMning ma’lumot – bibliografiya xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida quyidagilar ARMlarning asosiy vazifalari etib belgilangan:
- ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda aholini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
- milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
- yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlar electron bazalari, internet resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko‘rsatish;
- madaniy, ta’lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’lim muassasalari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish. Qarorda belgilangan ushbu vazifalar ARMning axborotbibliografik faoliyatiga bevosita taalluqlidir. Bu faoliyatning negizi esa yuqorida ko‘rib chiqilgan MBA, kutubxonachilik-bibliografik resurslardir. Foydalanuvchilarning talablarini tezkor va to‘liq qondirish AKMlar, ARM va kutubxonalar bibliografik ishining muhim jarayoni hisoblanadi. Ularning kundalik “so‘roq - javob” tizimida faoliyat yuritishining natijasi yakka, shuningdek, jamoaviy abonentlar (muassasalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari)ga beriladigan yozma yoki og‘zaki bibliografik ma’lumotlardir. Ma’lumot-bibliografiya xizmati xizmatning boshqa turlariga nisbatan tezkorlikni talab qiladi. Bibliografik xizmatning sifati nafaqat ARM fondiga, MBAga, balki fondning zarur hujjatlar bilan muntazam to‘ldirib borilishi, axborot resurslari hajmi, MBAning muntazam takomillashtirib borilishi, ARMda bibliografiya bo‘limning mavjudligi va undagi shtat lavozimlarining mutaxassis-bibliograflar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Hozirgi kunda ta’lim muassasasi ARMlarining foydalanuvchilari tarkibi o‘zgarishi tufayli ularda biliografik xizmat ko‘rsatish doirasi va mazmuni ham o‘zgartirilishi talab qilinadi. Ilgari ta’lim muassasasi kutubxonasi faqat shu o‘quv yurti (kollej, institut) xodimlariga, o‘qituvchilari - talabalarigagina xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda kollej joylashgan hududdagi aholiga ham xizmat ko‘rsatadi. ARMning foydalanuvchilari ichida nafaqat maxsus va ixtisosli so‘roqlar bilan, balki umummadaniy va ta’limiy ehtiyojlar, ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish va malakasini oshirish, ilmiy ish, ma’ruza, darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidagi ehtiyojlar bilan murojaat qiluvchilar mavjud; yosh va ixtisoslik, ma’lumot va kasbi jihatdan ham har xildir. Bu esa ARM xodimlaridan bibliografiya xizmatini tashkil etishga talabni kuchaytirishni, MBAni xizmat ko‘rsatadigan mintaqa (tuman, shahar)ning iqtisodiy, ilmiy va madaniy ixtisosiga muvofiq takomillashtirish va qayta tashkil etishni, ARM fondini ham maqsadli to‘ldirishni talab qiladi. ARMda bibliografik ma’lumotlar barcha bo‘linmalar xodimlari tomonidan bajariladi. Universal ma’lumotnoma nashrlari, tavsiya va ommaviy axborot bibliografiyasi (“Kitob dunyosi” gazetasi) yordamida bajarilishi mumkin bo‘lgan sodda so‘roqlar ARMning o‘zida, uning bo‘limlarida bajariladi. Bunga siyosiy, xo‘jalik va ilmiy mavzu va masalalar bo‘yicha ma’lumotlar kiradi. Yana muhim ensiklopediyalar (“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”), ommaviy ma’lumotnomalar yordamida bajariladigan faktografik talablar, shuningdek, ARM fondida mavjud matbuot asarlari to‘g‘risida bibliografik ma’lumotlarni aniqlovchi ma’lumotlar ham kiradi. O‘ta murakkab va uzoq qidirishni talab qiladigan so‘roqlarning asosiy qismi ARM bibliografiya bo‘limi (bibliograflari) tomonidan bajariladi. ARMning boshqa bo‘limlariga (abonement, o‘quv zali, KAA) tushgan murakkab talablar ham bibliografiya bo‘limiga beriladi. Bunda ARMning boshqa hududda joylashgan bo‘limlari ham bundan mustasno emas. Faqat bu jarayonda vaqt (bo‘limlardan bibliografiya bo‘limiga talab yuborilib, bibliograflar tomonidan bajarilgan ma’lumotnoma shu talab qabul qilingan bo‘linmaga qaytarilib, uni abonent olgunga qadar o‘tgan vaqt) yo‘qotiladi, biroq bu yo‘l talabni qabul qilgan xodim va ARM nufuzini oshirishga xizmat qiladi, bunda ARM tuzilmaviy bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro uzviy aloqa ishning muvaffaqiyati uchun muhim sharti hisoblanadi. ARMda markaziy xizmatchi alifbo katalogi va yagona fond mavjudligi sababli, ARM fondida mavjud ma’lum matbuot asarining mavjudligi to‘g‘risidagi so‘roqni o‘ta to‘liqlikda qondirish imkoniyati mavjud. Nihoyat, kitobxonlarning tor va maxsus tematikadagi so‘roqlarining ma’lum qismi keng manbalar doirasi (kundalik va retrospektiv ilmiy – yordamchi bibliografik qo‘llanmalar, tarmoq va maxsus ma’lumotnomalar, o‘tgan davrlar adabiyotlari, idoraviy nashrlar va h.k.)ni jalb qilgan holda bajarilishi mumkin. Bunday manbalar doirasi ko‘p hollarda ARMlarda yo‘q. Bunday talablar tegishli yirik axborot markazlari (viloyat AKMlari, maxsus kutubxonalar, ilmiy - texnika axboroti organlari)ga bajarish uchun yuboriladi. Bu holda talab (so‘roq)ning yo‘li quyidagi shaklni oladi:

ARM

ARM ning hududiy
bo‘limi

Foydalanuvchi





Yirik universal
axborot
markazlari

ARMning
hududiy
bo‘limlari


ARM

Foydalanuvchi

Ba’zan ARM bo‘limlari xodimlari maxsus so‘roqlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri AKMlariga murojaat qilishni tavsiya qiladilar. Bu so‘roq yo‘lini qisqartiradi va ma’lumotning bajarilishini tezlashtiradi. Biroq bunda ARM ma’lumot-bibliografiya xizmati to‘liq va aniq bo‘lmaydi. Shu sababli bunday holda mintaqadagi ARMlar faoliyatida hamkorlik o‘rnatish muhim ahamiyatga ega.


Bajarilgan barcha ma’lumotlar ma’lumotlarni yagona hisobga olish daftarida hisobga olib boriladi. Bu daftar quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:
1. tartib raqami;
2. sana;
3. talab kimdan tushdi;
4. so‘roqning mavzusi va maqsadi;
5 - 8. ma’lumotlar xillari (mavzuli, bibliografik ma’lumotlarni aniqlovchi, hujjatning mavjudligi – manzilli, faktografik); Foydalanuvchi ARM ning hududiy bo‘limi
ARM Yirik universal axborot markazlari
ARMning hududiy bo‘limlari
Foydalanuvchi
9. bajarilish manbalari;
10. bajaruvchi xodim;
11. rad etilishi sababi;
12. so‘roq boshqa kutubxona (yoki AKM)ga yuborildi;
13. eslatma.
Bajariladigan ma’lumotlar ichida o‘lkashunoslik ma’lumotlari ARM ma’lumot-bibliografik faoliyatida muhim o‘rinni egallaydi (bajariladigan ma’lumotlarning 18-20 foizini tashkil etadi). Bu yo‘nalish bajarilishi o‘ta ko‘p mehnat talab qiladi. Ma’lumotlarning asosiy xillari soni bo‘yicha blanklarning to‘rt shakli ishlab chiqilgan, unda sana, so‘roq maqsadi, kitobxon to‘g‘risida ma’lumot, bajarish manbalari, rad etish sabablari va boshqalar ko‘rsatilgan. “So‘roq xususiyati” grafikasida har to‘rt shaklda turlicha ko‘rsatilgan: “... mavzusi bo‘yicha adabiyotlarni ko‘rsating”, “... nashrlari to‘g‘risida ma’lumotlarni aniqlashni so‘rayman”, “... to‘g‘risida faktli ma’lumotlarni qidirib topishingizni so‘rayman”, “ARMda ... nashrining borligini aniqlashni so‘rayman” kabi. Albatta, har bir so‘roqni bajarishda blank to‘ldirish ma’lum vaqt sarflashni talab qiladi, biroq bunday hisob shaklining yaxshi tomoni shundaki, vaqt o‘tishi bilan bajarilgan ma’lumotlarning harakatchan kartotekasi vujudga keladiki, u ARM ma’lumot-bibliografiya xizmatini tahlil qilishda muvaffaqiyat bilan foydalanilishi mumkin. Blanka shakli ma’lumotni bajaradigan kutubxonachibibliograf va iste’molchini tartib-intizomga o‘rgatadi, bibliografik faoliyatning tizimida bu ish turining nufuzini oshiradi. ARMning har bir bo‘limida ma’lumotlarni kundalik ro‘yxatga olish asosida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oylik, kvartallik, yillik statistik hisob-kitoblar qilinadi, demak ARMda ma’lumot-bibliografik faoliyatni aniq hisobga olishga katta ahamiyat beriladi. Bajarilgan ma’lumotlarni qat’iy hisobga olish va u haqida tezkor hisobot berish ARM ma’lumot-bibliografik faoliyatini har tomonlama o‘rganish uchun qimmatli materiallarni beradi. Bibliografiya bo‘limida ARM doirasi (ARM, bo‘limlari, bo‘linmalari)da bajarilgan ma’lumotlar (kitobxonlar guruhlari bo‘yicha, so‘roqlar maqsadi, ma’lumotlar xillari, ularning mavzulari, rasmiylashtirish usuli va h.k.lar) statistik ishlov berishni talab qiladi. Kitobxonlarning bajarilmagan so‘roqlariga alohida e’tibor beriladi, rad javoblarning sabablari, ARM ma’lumot xizmatini takomillashtirish bo‘yicha foydalanuvchilarning istaklari aniqlanadi va umumlashtiriladi. Bu ARM fondini to‘ldirishdagi, ma’lumot-bibliografik apparatni tashkil etishdagi kamchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi. Tahlil natijasida ma’lumot-bibliografik apparatning alohida qismlari foydalanuvchilarga ma’lumot xizmati ko‘rsatish jarayonida qanday foydalanilayotgani aniqlanadi. Tahlil ma’lumotlari ma’lumot-bibliografiya ishlarini rejalashtirishda faol foydalaniladi. Bevosita kuzatuvlar va hisobot materiallarini o‘rganish ma’lumot-bibliografiya xizmatini tashkil etishda yaxshi ish olib borayotgan bo‘limlarni aniqlash imkonini beradi. Bajarilgan ma’lumotlar fondi (arxivi)ni o‘rganish foydalanuvchilarning eng ko‘p takrorlanadigan dolzarb mavzular bo‘yicha so‘roqlarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu ko‘p takrorlanadigan mavzular bo‘yicha bibliograflar tavsiya ro‘yxatlari tuzadilar va ARM bo‘limlariga tarqatadilar. Bu bilan ARMning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan bo‘limlari xodimlari ishlari bir muncha yengillashtiriladi, vaqtlarini tejaydi. Ma’lumot-bibliografiya xizmatini tashkil etish masalalari ARM xodimlarining malaka oshirish seminarlari va kurslari dasturiga ham kiritiladi. Mashg‘ulotlar davrida tajriba almashiladi, bibliografik talablarni hisobga olish jurnali tahlil qilinadi; ma’lumot ishlari metodikasi bo‘yicha yirik kutubxonalar, AKMlar bibliograflari ma’lumotlar va maslahatlar beradilar. Bu kutubxonalar, ARMlarda ma’lumot-bibliografiya ishining sifatini oshirishga yordam beradi.


Download 165.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling