Kutubxona axborot faoliyati
Download 165.07 Kb.
|
Sadikova M. Kurs ishi
1.4 ARMning axborot - bibliografiya ishi.
“Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari”da ... foydalanuvchilarning qiziqish va axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish asosida turli manbalardagi axborotresurslarini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxonaaxborot xizmati ko‘rsatishni amalga oshirishi ARMning majburiyati sifatida ko‘rsatilgan. ARMlarning axborot-bibliografiya ishi hozirda uch yo‘nalishda tashkil etiladi: - ta’lim muassasasi rahbariyati, professor-o‘qitiuvchilari, xodimlari va talabalarning talab va ehtiyojlarini axborotbibliografik ta’minlash; - amaliy ish mutaxassislari va boshqa keng foydalanuvchilar ommasining ehtiyojlarini qondirish; - ARM joylashgan hudud ma’muriy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlarini ularning ijtimoiy-iqtisodiy, xo‘jalik faoliyatida aniq vazifalarni bajarishlarida yordam berish. Bu yo‘nalishlardan va ARMning o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalaridan kelib chiqib, ARMlarning axborotbibliografiya ishlari doirasi kengaygan. Ana shu keng ko‘lamdagi ma’lumot-bibliografiya va axborot bibliografiya ishlarini talab darajasida tashkil etish va olib borish uchun ARMlar tuzilmaviy tarkibida axborot-bibliografiya (yoki umuman olganda bibliografiya) bo‘limi bo‘lishi lozim. ARM va uning bo‘limlaridagi axborot-bibliografiya ishlariga rahbarlikni shu bo‘lim olib boradi. U ta’lim muassasasining ilmiy va o‘quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlarning axborot ro‘yxatlarini tuzadi; bibliografik obzorlar tayyorlaydi va o‘tkazadi, mavzuli, manzilli va boshqa bibliografik ma’lumotlarni beradi; guruh foydalanuvchilarining axborot ehtiyojlarini qondiradi. Bu ishlarni boshlashdan oldin ARM foydalanuvchilarining ehtiyojlari o‘rganiladi. Axborot ehtiyoji inson faoliyatining biror - bir narsaga qiziqtiruvchi omilidir. Bu faoliyat bir tomondan zarur axborotni qidirishga yo‘naltirilgan. Uni axborot ehtiyoji deb atash mumkin va u subyekt qanchalik axborot imkoniyatlari (bilimi)ga ega bo‘lsa va kutubxona va axborot xizmati taqdim qilayotgan xizmatlardan qanchalik yaxshi foydalansa, shunchalik muvofaqqiyatli amalga oshadi. Boshqa tomondan axborotdan foydalanish yana axborot ehtiyojini keltirib chiqaradi. Endi bu ehtiyoj boshqa sifat darajasida paydo bo‘ladi. Har qanday holatda ham bibliografik axborot bilan ta’minlash xizmatida iste’molchilarning axborot ehtiyojlari o‘rganiladi. Bunda amaliyotda keng qo‘llanilgan kuzatuv, hujjatli manbalarni tahlil qilish, so‘roqlash metodlarini ajratish mumkin. Har uch metodning o‘z yutug‘i va kamchiliklari mavjud, shu sababli obyektni to‘la, atroflicha o‘rganishda uch metodni birgalikda qo‘llash lozim. Bunda ARM (yoki har qanday kutubxona, AKM) foydalanuvchilarini birdaniga o‘rganib bo‘lmaydi. Axborot xizmatining samarali borishini ta’minlash maqsadida u yoki bu axborotdan foydalanuvchi kitobxonlar guruhlarini ajratib olib, o‘rganib chiqiladi (bu masala alohida tadqiqot mavzusi bo‘lgani sababli bu metodik qo‘llanmada axborot ehtiyojlari va iste’molchilar guruhlarini o‘rganish masalasi ko‘rilmadi). Hozirga qadar ARMlar (MKTlar)da axborot-bibliografiya ishining ma’lum bir tizimi shakllangan edi. Uning asosi yakka, guruhli va ommaviy bibliografik axborot bilan ta’minlashni tashkil qilish bo‘lgan. Bunda axborot xizmatining an’anaviy va yangi shakllari: ko‘rgazmalar, yangi kelgan adabiyotlar byulletenlari, kitob-rasmli ko‘chma ko‘rgazmalar, axborot kunlari, mutaxassis kunlari, axborotni tanlab tarqatish tizimi (ATTT) dan foydalaniladi. Qator ARMlarda xalq xo‘jaligi mutaxassislariga xizmat ko‘rsatish sektori, axborot punkti, ekspertlar guruhlari tashkil etilishi, ixtirochilik va ratsionalizatorlik masalalari bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlari o‘tkazilishi mumkin. ARMda axborotning yangi shakli yangi kelgan kitoblarning kundalik byulletenlarini tayyorlash, nashr etish va foydalanishdir. Byulleten bibliografiya va hujjatlarga ishlov berish bo‘limi xodimlari hamkorligida tuziladi va u kvartallik bo‘lishi mumkin. Bu byulletenda ARM (bo‘limlari va bo‘linmalari) fondiga olingan barcha yangi adabiyotlarni aks ettirish lozim. Byulletendagi materiallar KBK jadvali asosida sistemali tartibda joylashtiriladi, bo‘limlar ichida alifbo tartibi qo‘llaniladi, biroq rasmiy materiallar, rahbar hujjatlarni har bir bo‘lim boshida berish maqsadga muvofiqdir. Bibliografik tavsif qisqa bo‘lishi lozim, ammo barcha zarur ma’lumotlar (muallif, sarlavha, chiqish ma’lumotlari, hajmi, sarlavha usti ma’lumotlari – javobgarlik sohasi ma’lumotlari)ni o‘z ichiga olishi lozim. Zarur hollarda materiallarni qisqacha annotatsiyalash lozim. Byulletenning har bir soniga so‘z boshi berilib, unda uning maqsadi, kitobxonlik doirasi, tuzilish metodikasi xususiyatlari tushuntiriladi. Axborotning to‘liqligiga erishish maqsadida axborot byulletenlari asosida ARM xizmat ko‘rsatayotgan hududdagi tashkilot va muassasalar ixtisosligi bo‘yicha yangi adabiyotlarning mavzuli ro‘yxatlarini ham tuzish mumkin. Ularga kitoblar bilan birga vaqtli nashrlardan maqolalar, bibliografik qo‘llanmalar va boshqa nashrlar ham kiritiladi. Bu byulletenni targ‘ib qilish, uning foydalanilish samaradorligini o‘rganish ARM uchun dolzarb masaladir. Bunda targ‘ibotning ko‘rgazmali shakllaridan, foydalanuvchilar bilan yakka suhbatdan foydalanish yaxshi natija beradi. Axborot-bibliografiya xizmatida axborot tematikasini aniqlash axborotning to‘liqligi masalasini ta’minlaydi, fan, texnika, ilg‘or tajribalar yutuqlarini tarqatish, mutaxassislarning ixtisos darajasini ko‘tarish turli shakl va metodlar, guruhli axborot bilan ta’minlash, yakka axborot bilan ta’minlash asosida olib boradi. Guruhli (jamoaviy) axborotda ochiq ko‘rgazmalar, axborot kunlari, mutaxassis kunlari keng foydalaniladi. Axborot kunida ARM foydalanuvchilari ARMga kvartal davomida yangi olingan barcha nashrlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. ARM bo‘limlarida esa shu bo‘linmaga olingan adabiyotlar namoyish etiladi. Guruhli va ommaviy axborot berish shakllarini birgalikda qo‘shib olib borishda esa ular bir-birini to‘ldirib keladi. Yana bu xizmatning samaradorligi ular haqida ommaviy axborot vositalarida ma’lumot-xabarlar berib borishga ham bog‘liq, alohida tashkilotlar va muassasalarga bu tadbirning o‘tkazilish muddati, maqsadi haqida ma’lumotlar berib boorish ham yaxshi natija beradi. Har bir tadbirdan so‘ng unda qatnashgan qatnashuvchilar ularni hisobga olish daftari bo‘yicha tahlil qilinadi. Har bir kitobxon familiyasi, lavozimi, ish joyini yozib qoldiradi. Foydalanuvchilarga o‘tkazilgan tadbir haqidagi so‘roq varaqasini tarqatish yoki “taklif va mulohazalar daftari”da ularning fikr-mulohazalari va takliflarini yig‘ib va o‘rganib borish bilan ham ARM ko‘rsatayotgan axborot-bibliografiya xizmati holatini o‘rganish muhimdir. Shunday qilib, ARMda bibliografiya xizmatini samarali tashkil etish va olib borish uchun : - ARM yagona fondini zarur hujjatlar bilan muntazam to‘ldirib borish; - ARM yagona fondiga MBAni tashkil etish, yuritish va takomillashtirib borish; - ARM foydalanuvchilarning talab va ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish; - Iste’molchilar guruhlariga tabaqalashgan holda yondoshish; - ARM joylashgan hududdagi boshqa ARMlar, AKM va kutubxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish; - Axborot-bibliografiya xizmati samaradorligini muntazam o‘rganib borish l o z i m . Download 165.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling