“Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom I. Umumiy qoidalar


Download 380.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.08.2023
Hajmi380.3 Kb.
#1666009
  1   2   3
Bog'liq
низом



 
“Zukko kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida nizom 
 
I. Umumiy qoidalar 
1. Ushbu Nizom Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida aholi
ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib 
qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Zukko kitobxon” tanlovi 
(keyingi o‘rinlarda – tanlov)ni doimiy o‘tkazish tartibini belgilaydi. 
 
II. Tanlovning maqsadlari
2. Tanlovni o‘tkazishdan quyidagi maqsadlar ko‘zlangan: 
aholi, ayniqsa, yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada 
kuchaytirish; 
faol kitobxonlar safini kengaytirish orqali aholi, ayniqsa, yosh avlodning 
intellektual salohiyatini oshirish; 
kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish. 
 
III. Tanlovni o‘tkazish tartibi 
3. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish uchun har bir 
hududda ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga Yoshlar ishlari agentligi 
markaziy apparati mutaxassislari, Agentlik hududiy boshqarmasi boshlig‘i va besh 
tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, shuningdek, 
“Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila” tanlovlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan 
kitobxonlar kiritiladi. 
4. Tanlovga ishtirokchilar onlayn tarzda ariza topshirish orqali qabul qilinadi. 
5. Tanlovda barcha yosh toifasi bo‘yicha “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon 
oila” tanlovlarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan kitobxonlardan 
tashqari barcha kitobxonlar ishtirok etish huquqiga ega. 
6. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari yashayotgan yoki o‘zlari o‘qiyotgan 
(ishlayotgan) muassasa joylashgan hududdan @kitobxontestbot telegram bot orqali 
ro‘yxatdan o‘tadi va ishtirok etadi. 
7. Tanlov doimiy tarzda har oy quyidagi 2 bosqichda o‘tkaziladi: 

Download 380.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling