Kutubxonasi


Bu maktubni o’qigan o’zini hisob qiladi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

Bu maktubni o’qigan o’zini hisob qiladi  

 

Maktub bitdi. Ammo biz ham adoyi tamom bo’ldik. Bu go’yo maktub emas, bir insonning 



girdobdan qanady qutulgani haqidagi tarixiy bir hujjat edi. Dindan, iymondan mahtum 

etib tarbiyalangan qizning bu qayg’uli hayot hikoyasini o’qib, kimlardir uyaladi, kimlardir 

g’amga botadi. Tarbiyachilar, ota-onalar, o’qituvchilar, jamiaytdagi hamma…Bu maktub 

necha qo’llarga boradi, hamma o’qiydi va har kim qilgan xatolari haqida o’zini so’roqqa 

tutadi. Bugun Aysel bo’lsa, ertaga boshqa bir qiz…Bunday tuzoqlar yana ko’p yoshlarni 

kutayotgani sir emas. Bu maktubni o’qib ushbu haqiqatni yana bir nagladim: 

“Iymon insonni inson qiladi. Kufir insonni tuban hayvonga aylantiradi. Agar iymon 

bo’lmasa yohud isyon bilan iymondan uzoqlashsa, inson hayoti zohiriy, qisqa bir zavq va 

lazzat bilan o’tsada, undan ming marotaba uzoq va ortiq alamlar iztiroblarga giriftor 

bo’ladi. Qarshimda katta yong’in, olovi ko’kka o’rlaydi. Ichida farzandlarim, iymonim 

yonyapti, yong’inni o’chirmoqchi bo’laman. Yo’lda kimdir meni to’smoqchi bo’ladi, 

oyog’im tegadi, nima ahamiyati bor…” 

Ha, yoshlikning iymoni o’tga tutilgan. Bu yong’in bir avlodning natijasidir. Bu yong’in 

o’chirilmasa, jamiyat tinchimaydi. Ota-onalar, faryod chekish bilan, tarbiyachilar esa 

iymonini yo’qotgan anarxistlar bilan shug’ullanishda davom etishga majbur. Bu yong’in 

har biro damning Allohga ishonchi bilan nega yashayotganini, kimligini va qimmatini 

tushunishi bilan so’nadi. O’ylab ko’ring, o’lganidan keyin tirilishga ishongan inson 

jamiyatga zarar yetkaza oladimi? Hayotini g’ayriqonuniy yo’lda o’tkazadimi? Yoshligini 

zaharlab, umrini tijorat matosi qilib ishlata oladimi? Millatiga xoinlik qila oladimi? Insonni 

to’xtatishning, uni nazorat qilib, namunali va go’zal axloqli qilib tarbiyalashning Allohdan 

qo’rqish va qullik shuurini anglatishdan boshqa yo’li yo’qdir… 

Mana eng katta misol…Biz o’qigan shu maktub…Nima ham qilardik? Butun oila a’zolari 

bilan bahslashamiz. Nimadir qilishimiz, o’lim to’shagida yotgan qizga yetishuvimiz kerak. 

Ammo qanday qilib? Maktub oxirida faqat “Aysel” ismi yozilgan edi. Na manzl, na u 

yotgan shifoxona aniq emas. Ammo maktub Anqaradan kelgan edi. Qiz maktubda 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

46

yozishicha, onkologiya bo’limida davolangan. Anqaradagi hamma kasalxonalarni qidirib 



chiqish kerak. Shunday qildik.  


Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling