Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi
44
Birinchisi, yana kuzatishlarning natijasi…Vujud saroyim qulayapti. Hayot so’qmog’ining so’ngida o’lim chirog’ining nurlari yorqin ko’rinmoqda. Buni vujudimni qamragan bardoshdan ham sezyapman. Ba’zan og’riqlarim chidab bo’lmas darajada bo’ladi. Narkozlar ham yordam berolmasligini bilaman. Ammo nolimayman. Nolishga haqqim bormi? Chunki mulk meniki emas. Mulkni bergan va uni istagnidek tasarruf etuvchi Allohdir. Bizlar faqat omonatchilarmiz. Omonatchi faqat omonatni nazorat qiladi, xolos. Ammo unga egalik qila olmaydi. Ikkinchisi esa, yo’llariga ko’z tikib, hasrat chekib kutayotganim Aminaning tashrifi…Bu tong xuddi farishtalardek eshigimni ochib kirob keldi. Biro lam iztirob, og’riqni unutdim. Yillar hasratidan biz sarmast edik. Omon bo’lsin, assistant Aminani topibdi. To’g’rirog’I, Amina bizni topibdi. Men pastga tushayotganimda Amina meni ko’rib qolgan. Albatta, qo’rqib ketgan, bu holda meni tanib olishga qiynalgan. Bo’limdan so’rashga chiqqanida assistentga uchragan…Meni so’ragan. Assistent mening Aminani kutayotganimni bilgani uchun tezda tanigan. Amina shu fakultetning boshqa bo’limida o’qirkan. Ya’ni, bzi yonimizdagi Aminani qidirib yurgan ekanmiz. -Oh, Amina! Sen eng aziz dugonamsan. Sen qanday yaxshi do’stsan. Meni bu chirkinliklardan qutqarish uchun. Och qashqirlar qo’lidan tortib olish uchun, iymon haqiqatlarinidan xabardor qilish uchun ozmuncha harakat qildingmi? Sen og’I, kulfatli kinlarimning do’stisan. Yana shunday yaxshilik qilyapsan. Bu jamiyatda shunday insonlar ko’p bo’lishi kerak. Yo’qsa, yoshlik gunohlardan, yomonliklardan o’zini himoya qilolmaydi. Amina samimiyligi, mehribonligi va do’stligi bilan menga tasalli berar, o’lim, oxirat va iymonning rohati va lazzatini anglatardi. Assistentning suyuklisi Abrinur Xonim bilan Amina ikki qo’riqlovchi farishtadek boshimda turishibdi. Bu vujud saroyining inqirozi yaqin ekanligini ular ham bilishadi. Amina hujjatlarimni tekshiribdi. Xonaga kirgach, sezdirmaslikka harakat qildi. Ammo, men yuzidan tezda anglab oldim. Yana meni mehr bilan quchib:”Tuzalib ketasan, qo’rqma”, degan so’zlarining ohangi go’yo “Hozirlan, uzoq yo’lga chiqyapsan!” degandek eshitildi.
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling