Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

www.ziyouz.com kutubxonasi 

8

Nega shunday insonlar bunday muasssasalarga qo’yiladi? Bilmayman. U yerdagi bolalar 



eng ko’p mehrga, muhabbatga muhtoj bolalardir. Bu yerda ishlaydiganlar esa sevgi va 

mehrni umuman bilishmas, qalbi borlari sanoqli edi.  

O’sha yillari izzat-nafsimga tekkan bir boshqa hodisa ham esimda. Bir kuni juda och 

qoldim va oshhonaga borib bir parcha non, ozgina pishloq oldim. Pulim yo’q edi, 

bufetdan ololmasdim. Buni oshpaz Komil afandi ko’rdi, qo’limdan tutdi va mudir 

yordamchisiga sudrab bordi. U ham bo’lmag’ur qiliqlarni topdi. Bir burda non, bir bo’lak 

pishloq uchun.  

-Sizlar non uchun o’zingizni ham sorasiz. O’g’rilar, nomusszialr kabi so’zlar bilan 

shunday haqorat qildiki… 

Holbuki, shu yoshdagi qiz shunchalar och, behad qiyin ahvolda qolmasa, bir parcha non 

uchun shunday sharmandlari ahvolga tushishni xohlaydimi? Bu insonlar qanaqa 

tarbiyachi o’zi? Qilgan ishim qoidadan tashqari bo’lsa-da, shunchalikka boorish kerakmi? 

Ammo ko’p o’tmay mudir yordamchisi, bir qancha yosh onalarning shikoyati bilan 

yotoqxonadan ketishga majbur bo’ldi. Qizlarni bezovta qilar emish. Bu tarbiyachiga 

nomunosiz ish. Insonalrga o’rnak bo’ladigan kishi boshqalardan farqli, afzal, pokiza va 

to’g’ri bo’lishi lozim. Yo’qsa, bizlar kimdan o’rnak olamiz. Endi bular meni umuman 

qiziqtirmaydi. Ammo men biror hamdard kishim bo’lishini juda – juda xohlar edim… 

Maktab yillarim ham bundan unchalik farq ilmadi. Ammo atrofdagi odamlar, maktab 

o’qituvchilari qobiliyatli ekanimni gapirishar edi. O’sha yillari xotirlashga arzigulik ikki 

ta’sirli voqea bo’lgan edi. Mana birinchisi eshiting: 

Sunfdoshim Oyshaning dadasi badavlat edi. Juda yaxshi kiyinardi. Doimo puli bo’lar edi. 

Har tanaffusd bir nimalar olib yer, men esa uni uzoqdan havas bilan kuzatar edim. 

Chunki, umuman, pulim bo’lmasdi. Bir kuni u men juda yaxshi ko’radigan va kiyishni 

xohlaganim bir tufli kiyib keldi. Buni ko’rib xo’rligim keldi, ko’p yig’ladim. Allohga ilk 

marta isyonim ana o’sha kunlari boshlandi. Din o’qituvchilari Allohning, dinning va 

taqdirning qanchalar shafqatli ekanini tushuntirishardi. Unday bo’lsa qani? Na onam, na 

dadam, na akam? Na besh so’m pulim bor? Hayotda yakka-yolg’iz hamma narga muhtoj 

qiz? Shu ham shafqatdanmi? Allohning menga ortiqcha zulm ko’rgizganini, meni 

unutganini va nazaridan qoldirganini o’ylardim.  

 


Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling