Kutubxonasi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 Biroz o’zimizga kelgacha yana maktubga qaytdik: Yotoqxonada endi yolg’iz qolgandim. Har kuni yig’lardim. Bu shunday hasratli yig’I ediki, go’yo o’zimni tamom qilayotgan edim. Shu sabab ikki marta ko’zlarim shishdi, mikrob tushdi. Doktorga ko’rsatishdi. Ammo atrofimdagi kattalar juda mehrsiz, toshbag’ir insonlar edi. Har gal yig’laganimda, tasalli berish o’rniga ozor berib to’xtatishga harakat qilishardi. O’qituvchilardan faqat bir kishi boshqacha, yaxshi kishi edi. Kelar, men bilan qiziqar, muammolarimni tinglar, hikoyalar aytar, kitoblar berardi. Qalbi mehrga to’la inson edi. Keyin uni yotoqhonadan uzoqlashtirishdi. Nimagaligini bilmayman. Bu voqea ham men uchun quvonarli bo’lmadi albatta. Usmon afandi degan kishi ham bor edi. Yahshi inson edi. Bizga har kuni qand-qurs ulashar, bizni “shakarlarim, chechaklarim” deya erkalardi. Eng katta azobni esa o’n yoshimda uchinchi sinfga ko’chganimda kechirdim. Bir kuni meni mudir chaqirtiribdi. Yotoqxonadagi o’quvchilar uni mudir ota deyishardi. Mudir otani yoniga bordim. Meni xonasiga taklif qildi. Ilk marotaba bir mehr muruvvat ko’rsatishini xohlardim. Ochiq yuz bilan va shirin so’zlar aytib, yonimga keldi. Buning sababini bilolmasdim. Avval kamchiliklarimni va muammolarimni so’radi. “Qo’rqma qizim, gapir, senga yordam beraman”, dedi. Men ham shu paytdagi muammolarimni aytdim. “Bo’pti, bularning hammasi bo’ladi, -dedi. Sen kuchli, jasur va irodali qizsan, - deya davom etdi. Senga juda ishonaman. Sening keljaging porloq. Sen har qanday qiyinchilikni yenga olasan. Har qanday qayg’uni yengasan. Nega bunday demoqda? Hech narsaga tushunmas edim. Men jasur va irodali qiz emasdim, axir… Nihoyat, qayg’u to’la hayotimni zulmatga aylantirgan, umidlarimni so’ndirgan, o’n yoshimda o’limga hukm etgan “bomba” portladi.
Download 214.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling