Kutubxonasi
Yosh doktorga mehrim tovlandi
Download 214.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul
Yosh doktorga mehrim tovlandi
Xohlasangiz ikkita misol keltiraman. Birinchisi yomon bir misol. Narkotiklar sabab davolanishim kerak edi. Chunki, jigarimda ba’zi o’zgarishlar, og’riqlar boshlangandi. Shuning uchun davolanishga qaror qildim. Bir o’qituvchim yordami bilan kasalxonaga yotdim. Meni davolagan doktorlardan birining oshkora tahdidiga uchradim. Juda nomusli bo’lganim uchun emas. Ammo tibbiyot xodimi og’ir ahvoldagi bemorga bunday munosabatda o’lmasligi kerak edi. Kechki xonamga keldi. Eshikni yopdi, keyin ma’lum aldovlar: ”Seni sevaman, sen bilan turmush qurishni xohlayman…” Narkotiklar ta’sirida jigarini tugatgan bemor bilanmi? Bu yolg’onni ko’p eshitdik. Shunday yolg’onlar sababli yoshligimning eng go’zal damlarini zulmatga aylantirdim. Qichqirdim, baqirdim. Yugurib kelishdi. Qaysidir biri yuzimga shapaloq tushirdi. “Bu qiz quturibdi, menga majburan munosabat taklif qilyapti. Qo’lidan qutulolmayapman”, deya aybini yashirdi. Tushunyapsizmi? Qaysi kasal ayol zo’rlab, erkak kishiga tajovuz qila oladi? Dardingni kimga tushuntirarding? Tajovuzga uchragan men bemor, ikki kundan keyin eshikdan haydaldim. Keyin menga o’qituvchim ham qaramdi. Unga men haqimda juda yomon gaplar aytishgan shekilli. Sog’liqni saqlash vazirligiga shikoyat yozdim. Natijasi nima bo’ldi, bilmayman. Vaqt topib u yerdagilarga uchrashganim yo’q. Ikkinchisi esa yaxshi bir misol: Yana jigarim og’riyapti. Kasalxonadman. Bir mehmonxona boshlig’ining ko’magi bilan davolanyapman. Shifohonaning yosh va yoqimtoy assisenti. Unga nisbatan dilimda umidsiz bir iliqlik. Har kuni ertalab keladi, men bilan gaplashadi. O’ta ko’ngilchan, samimiy. Hamma bemorlarga shundaqa edi. Tasalli berishga harakat qiladi. Tabiiyki, men eshitmagan, bizning dunyoga begona so’lzar edi bular. - Sabr qil. Hastalik bir imtihondir. Inshaalloh, gunohlaringni to’kadi. Eng katta shifo
|
ma'muriyatiga murojaat qiling