Kutubxonasi


Download 214.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/65
Sana01.12.2021
Hajmi214.22 Kb.
#178623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Aldangan Ayselning tavbasi - Xolid Erto’g’rul

www.ziyouz.com kutubxonasi 

3

Onamni ko’rmaganman. Dadam ko’p ichar edi 

 

O’zimni sizga tanishtirishni bolaligimdan boshlamoqchiman. U kunlarga qaytishni also 



istamayman, hatto xotirlashni ham xohlamas edim. Har kuni, har yili, har sahnasi 

iztirob, nafrat, ko’zyoshlarga to’la edi.  

To’rt kishilik bir oila edik. Dadam, onam, mendan bir yosh katta akam va baxtiqaro 

men. Onamning mehriga to’yish baxti nasib qilmadi. Ehtimol, eng katta omadsziligim 

ham onam bilan hamnafas bo’lolmaganimdir. Agar hayot qiyinchiliklarida onam yonimda 

bo’lsaydi, kim biladi, balki bu qiyinchiliklar ozgina kamaygan bo’larmidi. Balki bugun 

kasalxonada yolg’iz qolmagan, oilam, bolalarim, o’rtog’im yonimda bo’larmidi.  

Bunday baxtiyorliknii ko’p sog’indim, ko’p hayol qildim, ammo bo’lmadi. Bo’lmadi, chunki 

onam meni dunyoga keltirganida, ko’p qon yo’qotishi sabab olamdan o’tgan edi. Mening 

holim esa ma’lum… Chunki nochor, kambag’al bir uyda yangi tug’ilgan chaqaloq, onasi 

yo’q, kasalmand, aroqxo’r otaning qo’lida…. Buyog’ini o’zingiz tushunib olavering.  

Onaga, dardimni to’kadigan bir mehribon, meni tushunadigan, mas’uliyat sezadigan bir 

odamga juda-juda muhtoj yashadim.  

Koshki, onam bo’lsaydi, xato qilganimda sochlarimdan sudrasaydi, xonaga qamab 

qo’ysa, dadamga aytib kaltaklatsa edi. Onam meni och bo’rilarning qo’liga topshirib 

qo’ymagan bo’lardi. Balki ba’zan meni tizzalariga olib sochlarimni silar, yanoqlarimni 

o’par, boshimni o’sha qaynoq, mehri to’la quchog’iga bosardi. Men esa biroz oldin yegan 

kaltaklarimni unutar, bolaligimning go’zalligiga berilarmidim… 

Onamning yo’qligi, yetim o’sishim, va dilni yondiruvchi ona sevgisi, sog’inchi meni sh’er 

shaydosi qilib qo’ygandi. Qachon, qayerda ona haqida sh’er uchratsam, onam xotirasi, 

uning omonatidek saqlab qo’yardim yoki yodlab olardim.  

To’plagan she’rlarimni qiynalgan, qayg’uga botgan va bir sirdosh do’st qidirgan kezlarim 

o’z-o’zimga pichirlab, ham o’qir, ham yig’lardim.  

 


Download 214.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling