Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar- die unterordnenden Konjunktionen
Download 10.8 Mb.
|
Quvanova Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chog‘ishtiruvchi
- Shart
2.Ergashtiruvchi bog‘lovchilar- die unterordnenden Konjunktionen:
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergash gapni bosh gapga yoki bir ergash gapni ikkinchisiga tobelash yo‘li bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi.Ular ma’nolariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi. Bular so‘z tartibiga ta’sir qiladi.Doimo bulardan keyin ega keladi: 1) Payt bog‘lovchilari (die temporale Konjunktionen): Bu bog‘lovchilar payt ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun qo‘llaniladi: als – da, gan paytda seit – dan beri wenn – gan paytda, ..da bis – guncha, (payt) ehe – dan avval, -guncha während – gan paytda,davomida nachdem – dan so‘ng solange – gan vaqtda, bevor – dan avval,guncha 2) Chog‘ishtiruvchi bog‘lovchilar (die vergleichende Konjunktionen): Bu bog‘lovchilar qiyos ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi: als – nisbatan, ko‘ra (taqqoslash ma’nosida) als ob – go‘yo (noreal taqqoslash ma’nosida) als wenn go‘yoki (noreal taqqoslash ma’nosida) 3) Natija bog‘lovchilar (die konsekutive Konjunktionen) Bu bog‘lovchilar natija ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi. daß - ..ki natijada (bosh gapda so korrelati qo‘llanadi) als daß - ..ki oqibatida(ba’zan um..zu +Infinitiv bilan almashtiriladi) daß - qaysiki, oqibatida 4) Sabab bog‘lovchilari (die kausalen Konjunktionen) Bu bog‘lovchilar sabab ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi. weil – chunki (bosh gapdan keyin turadi) da - uchun, sababli (bosh gapdan oldin turadi) 5) Maqsad bog‘lovchilari (die finalen Konjunktionen) Bu bog‘lovchi maqsad ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi. damit – uchun, maqsadida ( um..zu +Infinitiv ga sinonim) auf daß - maqsadida 6) Shart bog‘lovchilari (die konditionalen Konjunktionen) Bu bog‘lovchi shart ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi. falls – agar wenn - mabodo 7) To‘siqsiz bog‘lovchilar (die konsessiven Konjunktionen) Bu bog‘lovchilar to‘siqsiz ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi. obgleich - …ga qaramasdan obschon - …ga qaramay obwohl - …bo‘lsa hamki 8) Holat bog‘lovchilari (die Konjunktionen der Art und Weise) Bu bog‘lovchilar ravish ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi. indem -..ga ko‘ra ohne daß - … biroq, shuningdek (amalga oshmagan ish harakat) daß -..ki oqibatida (dadurch korrelati bilan qo‘llanadi) Misollar: Wir wissen , daβ er morgen nicht kommt. Biz bilamizki u ertaga kelmaydi. Der Lehrer lobte Genossin Komilowa, weil sie heute gut antwortete. O‘qituvchi o‘rtoq Komilovani maqtadi , chunki u bugun yaxshi javob berdi. Als ich klein war, besuchte ich den Kindergarten. Men kichkinaligimda bolalar bog‘chasiga borganman. Nachdem mein Bruder die Schule absolviert hatte, bezog er die Universität Akam maktabni bitirganidan keyin universitetga kirdi. Download 10.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling