Kuydirgi kasalligi butun dunyoda tarqalgan yuqumli kasallik boʻlib,asosan
Download 74.35 Kb. Pdf ko'rish
|
kuydirgi
Kuydirgi Kuydirgi kasalligi butun dunyoda tarqalgan yuqumli kasallik boʻlib,asosan chorvachilik rivojlangan davlatlarda uchraydi. Yer yuzida tarqalishiga koʻra Janubiy va Markaziy Amerika,Afrika,Janubiy va Sharqiy Yevropa va Osiyo qit`alarida koʻproq uchrab turadi. Kuydirgi kasalligining qoʻzgʻatuvchisi Bacillus anthracis tayoqchasimon bakteriyalari hisoblanadi. Noqulay sharoitda spora hosil qiladi va shuning hisobiga tashqi muhit va dezinfeksiyalovchi moddalar ta`siriga anchagina chidamli,masalan spora toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nurlari ta`sirida 20 kundan ortiq, suvda bir necha yil,tuproqda bir necha oʻnlab yillar(ayrim ma`lumotlarga koʻra 60-70 yildan 200 yilgacha),qaynatilganda esa 60 daqiqagacha hayot faoliyatini saqlab turoladi. Kasallik odamlarda ham hayvonlarda ham uchraydi. Koʻpincha uy hayvonlaridan mayda va yirik shoxli hayvonlarda,ot,eshak,tuya kabi hayvonlarda uchrab turadi. Asosan tuproq orqali kuydirgi qoʻzgʻatuvchisining sporasi bilan zararlangan oʻsimlik ildizini iste`mol qilish jarayonida hayvon organizmiga tushadi unda kasallik keltirib chiqaradi va hayvonning siydigi,najasi va soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchi tashqi muhitga ajralib turadi. Zararlangan hayvonning terisi,ichki organlari va suyaklari ham kasallik manbai boʻlib hisoblanadi. Kasallik asosan veterinariya xodimlarining ruxsatisiz qishloq xо‘jalik va uy hayvonlarini sо‘yish, gо‘shtini nimtalash va odamlarga tarqatib yuborish, iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Kasallangan hayvonni soʻyish,goʻshtini maydalash va shu kabi holatlarda insonlar bu kasallikni oʻziga yuqtirib oladilar. Bundan tashqari kasallik nafas yoʻllari orqali,transmissiv va alimentar(zararlangan oziq – ovqat mahsulotlari orqali) ham yuqishi aniqlangan. Kuydirgining teri shaklida: batsillalar kirgan joyda 2-3 kundan sо‘ng qichiydigan qizg‘ish dog‘ bо‘lib, u tezda qizil tusli pufakcha(papula)ga aylanadi, pufakcha loyqa, qonsimon suyuqlik bilan tо‘ladi va pustulaga aylanadi. Uning qattiq qichishi tufayli bemor uni kо‘pincha yorib tashlaydi. Natijada u kо‘mir rangini eslatuvchi qo‘ng‘ir - qora rangli qobiq bilan о‘ralgan infiltratga aylanadi. Uning atrofida ikkilamchi pustulalar paydo bо‘ladi. Yara shishadi, yara markazida og‘riq bо‘lmaydi. Bu davrda limfa bezining kattalashishi ham namoyon bо‘ladi. Kasallikning boshlanish davrida bosh og‘rig‘i, butun tananing zirqirashi, nafas olishining tezlashishi, kasallikning 2-3- kunlari esa tana haroratining 39-40 darajaga kо‘tarilishi va zaharlanish belgilarining kuchayishi kuzatiladi. Boshning og‘rishi kuchayadi, bemor holsizlanadi, qon bosimi pasayadi. Jigar va buyrak kattalashadi. Kuydirgi teri shaklining eng xavfliligi uning sepsis shakliga, ya’ni batsillalarning qonga о‘tib ketishidir. Unda bemorning ahvoli og‘irlashadi. Bemor yо‘talganda qon aralash balg‘am ajratadi, qon aralash qusadi, ichi ketadi, najasida qon paydo bо‘ladi. О‘pka va ichak shakllari: Kasallikning о‘pka shakli juda og‘ir о‘tadi va о‘lim bilan tugaydi. Kasallik tez boshlanadi, bemorda shamollash belgilari, kо‘krak qismida о‘tkir og‘riq paydo bо‘ladi, nafas olishi qiyinlashadi, qon bosimi pasayadi. Yurak urishi tezlashadi, balg‘amda qon paydo bо‘ladi. Xastalik 2-3 kun davom etishi mumkin. Kuydirgining ichak shakli umumiy zaharlanish, tana haroratining kо‘tarilishi, qorinda о‘tkir og‘riq paydo bо‘lishi, kо‘ngil aynishi, qon aralash qusish va ich ketishi bilan xarakterlanadi. Bemorning ahvoli tezda og‘irlashadi va kasallik о‘lim bilan tugaydi. Kasallikning faqat teri shaklida tibbiy muolajalar yordam berishi mumkin. Kuydirgining oldini olish SEO va JSQ va Veterinariya xizmati xodimlarining majumaviy tadbirlarini o'z ichiga oladi, aholi o‘rtasida sanitariya-ma`rifiy ishlarni keng olib borish,texnika xavfsizlik qoidalari bo'yicha ko‘rsatmalar berib borish va hayvonlarni veterinariya nazoratini to‘g‘ri tashkil etish, hayvonlarni emlash, go‘sht va boshqa chorvachilik mahsulotlarini chiqarish va sotishda veterinariya nazorati o'tkazish lozim. Download 74.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling