Kuydirgi sabablari, alomatlari, klinik tasviri, tashxislash, davolash, oldini olish


Download 340.06 Kb.
bet3/5
Sana22.02.2023
Hajmi340.06 Kb.
#1220479
1   2   3   4   5
Bog'liq
KUYDIRGI

PATOGENEZ


Kuydirgi infektsiyasi uchun darvoza odatda jarohatlangan teri hisoblanadi. Kamdan-kam hollarda batsilla nafas yo’llarining shilliq qavatlari va oshqozon-ichak trakti orqali kiradi. Patogen teriga kirgan joyda kuydirgi karbunkuli hosil bo’ladi, u nekrozli yallig’lanish, qo’shni to’qimalarning shishishi va regionar limfadenitli seroz-gemorragik o’choq shaklida bo’ladi.
Infektsiyaning kirish darvozasidan qat’iy nazar, kasallikning birinchi bosqichi lokalizatsiyali regionar limfa tugunlarining shikastlanishi, ikkinchi bosqichi — jarayonning generalizatsiyasi bilan namoyon bo’ladi.
Kuydirgining teri shaklida kuydirgi qo’zg’atuvchising qonga yorib o’tishi va kasallikning septik shakli rivojlanishi bilan infektsiyasining generalizatsiyasi juda kamdan-kam hollarda sodir bo’ladi.
Kuydirgili sepsis odatda patogenning nafas yo’llari yoki oshqozon-ichak traktining shilliq qavatlari orqali kirganida rivojlanadi. Bunday hollarda traxeobronxial yoki mezenterial limfa tugunlari to’siq vazifasining buzilishi jarayonni generalizatsiyasiga olib keladi. Bakteriemiya va toksinemiya infektsion-toksik shokga olib kelishi mumkin.
Patogenez asosida qo’zg’atuvchining ekzotoksini ta’siri yotadi, u kamida uchta komponentdan yoki omildan iborat:

  • Birinchi (I), edematoz (yallig’lanish) omili;

  • Ikkinchi (II), protektiv (himoya) omili;

  • Uchinchi (III), letal (o’lim) omili. I omilning II omilga qo’shilishi immunogen xususiyatlarni oshiradi, III omil ularni kamaytiradi.

I va II omillarning aralashmasi kapillyarlarning o’tkazuvchanligi oshishi hisobiga yallig’lanish reaktsiyasi va shishning ortishiga olib keladi. II va III omillarning aralashmasi letal omil ta’sirini kuchaytiradi va dengiz cho’chqalari, kalamushlar va sichqonlarning o’limiga olib keladi. Kuydirgi toksinining uchta omillari (I, II, III) aralashmasi yallig’lantiruvchi (edematoz) va letal ta’sir ko’rsatadi.
Kuydirgili sepsisning morfologik mohiyati o’tkir seroz-gemorragik, gemorragik, kamroq hollarda — fibrinoz-gemorragik yallig’lanishdir. Sepsisda yallig’lanish o’choqlarida leykotsitar reaktsiysa zaif bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Immunogenez a’zolarida (taloq, limfa tugunlari, ayrisimon bez) limfoid to’qimalarning makrofaglar bilan almashtirilishi bilan organizmning immun himoyasining bostirilishi va qo’zg’atuvchining makrofagial tugallanmagan fagotsitozi ko’rinishidagi primitiv himoya reaktsiyasi mavjud bo’ladi.

Download 340.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling