Kuyish — turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari Kuyish
Download 25.14 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuyish klassifikatsiyasi va uning darajalari I darajadagi kuyish
- II darajadagi kuyish
Kuyganda umuman mumkin emas!
Jatohatlangan sohani o‘simlik moyi va kraxmal bilan yuvish; Spirt saqlovchi preparatlardan foydalanish, yod va shu kabilar; Teridagi pufaklarni mustaqil ravishda “yorish”; Teriga yopishib qolgan kiyimlarni mustaqil ravishda olib tashlash; Kuygan sohaga maz surtish; Bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida siydikdan foydalanish. Kuyish klassifikatsiyasi va uning darajalari I darajadagi kuyish Bu turdagi kuyish, 50-70 gradusda bo‘lgan jismlar va suyuqliklar bilan kontaktda bo‘lganda kuzatiladi. Bunda kuyish terining yuza qavatlarini qamrab oladi. Birinchi darajali kuyish unchalik ham xavfli emas. Bunday darajadagi kuyishda teri sohasi qizaradi, kuchli achishadi va og‘riydi. Birinchi navbatda kuygan sohani muzlatish va antiseptik vosita bilan qayta ishlash kerak. Ushbu holatda xalq tabobati vositalaridan ham foydalansa ham bo‘ladi. Odatda jatohat bir necha kundan keyin bitib ketadi, terida pigmentatsiyasi yo‘qolgan soha paydo bo‘ladi. Agar kuyish teri sohasining 25 %ini qamrab olsa, yuqorida keltirilgani kabi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi. II darajadagi kuyish II darajadagi kuyish, terining 70-100 gradusdagi jismlar bilan kontakda bo‘lganda kuzatiladi. Shu darajadagi kuyishga nafas yo‘llarining har qanday kuyishlarini kirg‘azish mumkin. Terining yaqqol ko‘rinadiga qizarishi va bir-ikki soatlardan keyin pufakchalar paydo bo‘lishi, ularning ichi suyuqlik bilan to‘lishi yuzaga keladi. Pufaklarning yorilishi (o‘zi mustaqil, mexanik ta’sirlarsiz) dan keyin terida qizil dog‘ saqlanib qoladi. Odatda jarohatning bitishiga ikki hafta vaqt sarfalanadi, albatta jarohatga infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa. Bunday darajadagi kuyishda turli xildagi maz va moylardan foydalanish mumkin emas, shu bilan birga xalq tabobati vositalarini ham mustaqil qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday vositalar og‘riq hissini sezilarli darajada kamaytirsa ham, infeksion bakteriyalar uchun ozuqa muhuti va qulay sharoit yaratib berishi mumkin, bu esa jarohatning tiklanishiga halaqit beradi. Kuyish sodir bo‘lgandan keyin tez tibbiy yordam chaqirish zarur, yordam kelgunga qadar jarohatlangan sohaga steril quruq bog‘lam qo‘yish kerak. Demak II darajali kuyish 14 kunlardan keyin bitishni boshlaydi, nafas yo‘llarining har qanday kuyishlari II darjadagi kuyishga kiradi. Download 25.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling