Kuyish — turlari, darajalari va birinchi yordam ko‘rsatish usullari Kuyish


Download 25.14 Kb.
bet3/5
Sana11.05.2023
Hajmi25.14 Kb.
#1451465
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

III va IV darajadagi kuyish
III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi, ularning anatomik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Keng hajmdagi soha kuyganda oqibat ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Kuyishning shu darajasida, jarohat olgan bemorda kuyish shoki kelib chiqadi, chunki bemor juda kuchli, chidab bo‘lmaydigan og‘riqni his qiladi, buning natijasida es-hushini yo‘qotadi va atrof muhitni his qilmay qo‘yadi. Shok holatida qon bosimi tushib ketadi, pulslar soni ortadi. Bunday holat yog‘, bug‘, qaynoq suv bilan teri sohasining 10 foizdan 30 foizgacha jarohatlanishidan kelib chiqadi. Zararlangan terida chuqur yaralar paydo bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi chandiq qoladi. Ayrim hollarda bemor nogiron bo‘lib qoladi.лама
IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas!
Jarohat olgan inson o‘zi harakat qila olmasa, uni ko‘tarish talab qilinadi, bunda zararlangan sohalarni yopinchiqlar bilan himoya qilish zarur. Tibbiy yordam chaqirib, bemorga og‘riqsizlantiruvchi preparatlar va ko‘proq suyuqlik ichirish kerak bo‘ladi.
Issiq suvdan kuyish kuzatilsa, nima qilish mumkin?


  • Qaynoq suv to‘kilgan kiyimlarni yechish kerak;

  • Kuygan teri darjasini aniqlash kerak (inson kafti 1 % hisoblanadi). 10 % dan ortiq kuygan sohada, ya’ni 10 kaftga teng, tez tibbiy yordamga murojaat etish zarur;

  • Jarohatlangan sohani “Pantenol” eritmasi bilan qayta ishlash;

  • Agar kuygan soha qo‘lda bo‘lsa, qo‘llarni pastga osiltirgan holda ushlamaslik kerak, shunda shish paydo bo‘lishini kamaytitishga erishiladi;

  • Birinchi va ikkinchi darjali kuyishlarda terining jarohatlangan sohasiga sovuq suv shimdirilgan bog‘lam qo‘yish kerak. Har ikki-uch daqiqada bog‘lamni almashtirib turiladi (20 daqiqa davomida, agar teri qoplami buzilmagan bo‘lsa);

  • Pufaklar paydo bo‘lsa, ularni mustaqil ravishda yorishga harakat qilmang;



Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling