Bug‘ bilan kuyganda nima qilish kerak?
Jarohatlangan sohani sovutish, isigan kiyimlarni yechish kerak;
Teri sohasining 10 % dan ortiq qismi zaralanganda shifokorga murojaat qilish zarur;
Kuygan sohaga moy surish, pufaklarni yorish hatto ularga qo‘l bilan tegish ham mumkin emas.
Moy bilan kuyganda qanday yordam ko‘rsatish mumkin?
Qanyoq moy tushgan teri sohasini sovuq oqar suvda ushlab turish;
Agar moy bilan kuygan soha 1 %ni tashkil qilsa yoki moy ko‘zga tushgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qlish zarur. Shifokorgacha jarohatlangan sohaga steril bog‘lam qo‘yish kerak. Analgetiklardan foydalansa ham bo‘ladi (agar bunga malakangiz yetsa): novakain eritmasi (4-5 %), lidokain, albutsid eritmasi (10-20 %), levomitsetin (0,2 %) eritma.
Dazmol bilan kuyganda nima qilish kerak?
Agar kuyish pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechsa, yuqoridagi muolajalarni qo‘llamang, shifokorga murojaat eting!
Kimyoviy kuyish ro‘y bersa, qanday yordam ko‘rsatish zarur?
Kimyoviy moddalar bilan kuyishda davo, kimyoviy modda tabiatiga qarab o‘tkaziladi. Albatta, birinchi yordam uchun tez tibbiy yordam chaqiriladi. Yordam kelgunga qadar zararlangan sohadagi kiyim yechiladi yoki kesib olib tashlanadi. Zararlovchi moddani yo‘qotish uchun, sovuq oqar suv ostida 20-30 daqiqa davomida ushlab turiladi. Agar kuyish noma’lum tabiatli kimyoviy modda ta’sirida kelib chiqsa, oqar suv ostida ushlab turmagan ma’qul, chunki suv kimyoviy moddaning ta’sirini kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Agar kuydirovchi modda oltingugurt kislotasi bo‘lsa, uni rezina qo‘lqoplar kiygan holda, quruq salfetka bilan shimdirib olish kerak. Shundan keyingina oqar suv bilan chayish va quruq steril bog‘lam qo‘yish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |