Kuyishda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?
Kokos yog‘i va limon sharbati
Download 0.8 Mb.
|
Kuyishda birinchi yordam qanday ko
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lavanda efir moyi
- Bargizub bargi
Kokos yog‘i va limon sharbati
Bunday qorishma kuchli og‘riq to‘xtagach kuygan yarani tuzatishga yordam beradi. Kokos yog‘i Ye vitamini va yog‘ kislotalari manbai. Ular zamburug‘ga qarshi, antioksidant va antibakterial xususiyatlarga ega. Limon sharbati tarkibidagi kislotalar chandiqlarni tabiiy yo‘l bilan ochartiradi. Kokos yog‘iga limon sharbatini yaxshilab aralashtiramiz. Terining tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun shikastlangan joyga surtamiz. Asal Antibakterial va yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ko‘ra asal yaralarni ajoyib tarzda dezinfeksiyalaydi va kuygan joyni tinchlantiradi. Shuningdek, gipertrofik chandiqlar paydo bo‘lish ehtimolini kamaytiradi. Asalni quruq dokaga surtib, kuygan yara ustiga qo‘yamiz. Bog‘ich kuniga uch-to‘rt marta almashtiriladi. Qora choy Qora choydagi oshlovchi modda kuygan joyni sovitadi va shu tariqa og‘riqni yengillashtiradi. Paketchali choy xona haroratidagi suvga bir necha daqiqaga solinib, keyin xasta joyga qo‘yiladi. Noxush his tezda o‘tib ketadi. Sirka Sirkaning antiseptik va biriktirish xususiyati yengil kuygan yaralarni davolashda hamda infeksiyalar profilaktikasida asqatadi. Teng miqdorda sirka bilan suvni aralashtiramiz. Eritmadan kuygan joyni yuvish uchun foydalanamiz. So‘ngra shikastlangan sohani suv va sirka aralashmasiga namlangan doka bilan yopib qo‘yamiz. Lavanda efir moyi Lavanda moyi ajoyib antiseptik va analgetik hisoblanadi. Ustiga-ustak, u chandiq paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Ikki stakan suvga 5 tomchi lavanda moyi tomizamiz. To‘qima salfetkani unga namlab, kompress sifatida foydalanamiz. Boshqa yo‘li: bir necha tomchi lavanda moyini 2 choy qoshiq asal bilan aralashtirib, kuniga bir necha marta jarohatlangan teriga surtamiz. Bargizub bargi Hozirgi kunda bargizub – yengil kuyishlarni davolovchi xalqona vosita. Bargizub bargi antimikrob va yallig‘lanishga qarshi moddalarga boy. Bargni maydalab, bo‘tqa holiga keltiramiz. Kuygan yaraga surtib, ustidan ip gazlama yopamiz. Barg qurigach, kompressni yangisiga almashtiramiz. Piyoz suvi Piyoz suvi tarkibida oltingugurtli birikma va kversetin flavonoidi bor. Ular teri hujayrasining tiklanishiga javob beradi, og‘riqsizlantiradi va po‘rsildoqlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Piyozni kesib, shikastlangan joyga suvi siqiladi. Unutmang, piyoz suvi yangi siqilgan bo‘lishi shart. Chunki saqlanganda shifobaxshlik xususiyati tez yo‘qoladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling