Tashqi nazoratda asosan hujjatlarning to`g`ri rasmiylashtirilishi, ya`ni yo`riqnoma talabiga javob berish darajasi va ma`lumotlarning to`laligi tekshiriladi. Masalan, instruktor – nazoratchi axoli ro`yxati materiallarini qabul qilayotganda avvalo ro`yxat varaqalari qanday rasmiylashtirilganligini, undagi rekvizitlarga javoblar to`la yoki to`la emasligini tekshirib chiqadi. Shu bilan birga kuzatish birliklari, uylar va xonalarning sonini tekshiradi.
Mantiqiy tekshirish deyilganda statistik ma`lumotlarning mazmunini tekshirish tushiniladi. Bunda rekvizitlarga berilgan javoblar ko`zdan kechiriladi va ularda qarama-qarshiliklar bor-yo`qligi aniqlanadi. Masalan, agar aholi ro`yxati varaqasida 12 yoshli bola uylangan yoki 3 yoshli bola oliy ma`lumotli deb ko`rsatilgan bo`lsa, u holda bu yerda yoshni, yoki oilaviy holatni, yoki ma`lumotni qayd qilishda xatoga yo`l qo`yilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |