6. Statistik formulyar va yo`riqnoma.
Kuzatish dasturida savollarga javob maxsus xujjatda aks ettiriladi. Bu xujjat statistik fo`rmulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan, hisobot shakli, tabel, nakladnoy, ro`yxatga olish varaqasi va hakazo. Statistik fo`rmulyar ikki xil bo`ladi: Aloxida shakldagi fo`rmulyar
Ro’yxat shaklidagi formulyar
Alohida shakildagi formulyarga korxonalarning yillik hisoboti formulyari misol bo’la oladi. Ro’yxat shaklidagi formulkyarda bitta emas, balki bir necha hisob birliklari haqida ma’lumot keltiriladi.
Kuzatish dasturidagi savollarni talqin qilish va tushunishni ta’minlash maqsadida statistik formulyarni to’ldirish uchun yo’riqnoma tuziladi. Yo’riqnomada:
statistik kuzatish maqsadi va vazifalari;
kuzatish obyekti va birligi;
ma’lumotlarni kimdan va qayerdan olish;
kuzatish muddati;
hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
materiallarni topshirish va jo’natish tartibi;
ko’rsatkichlarni hisoblash tartibi va shunga o’xshash kuzatilayotgan hodisa bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalar yoritiladi.
Yo’riqnoma odatda ko’p mutaxasislar ishtirokida muhokama qilinishi lozim. Kuztish dasturidagi rekvizitlar bilan bog’liq bo’lgan masalalar hususidagi barcha savollar uchun aniq, ravon va tushunarli bo’lishi kerak. Shunday bo’lgan taqdirdagina u hisobchilar uchun muxim qo’llanma bo’lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |