Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida manti
Download 81.5 Kb.
|
Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida mantiqiy yondashuvlar..
Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida mantiqiy yondashuvlar Reja: 1.Kuzatish va Suhbat metodi. 2. Test vaEksperiment metodi. 3. Anketa va sotsiometriya metodi 4. Ilmiy tadqiqot bosqichlari 5. Xulosa 6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo`zg`atuvchilarga ichki yoki tashqi bio-logik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog`lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta`-sirning natijasida hosil bo`ladi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog`lanishlarining birlashish mexanizmi hamda ana-lizatorlar faoliyati mexanizmlari ta`sirida hosil bo`ladi. Psixikani tadqiq etish insonning butun ongli faoliyatini -uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o`rganishdir. «Odam-ning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida namoyon bo`ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo`lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, ir-siy belgilar, ijtimoiy ta`sir asosiy omillar hisoblanadi. Inson o`zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtira bo-radi, ijtimoiylashadi. Ijtimoiy muhitda uning his-tuyg`ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e`tiqodi, uni faollikka da`vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilak-lari, xohishlari asta-sekin o`zgarib boradi. Insonning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to`laroq, aniqroq aks ettirish im-koniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo`sindagi o`zaro bog`lanishlari, murakkab munosabatlari va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks et-tirishda namoyon bo`ladi. Insonning moddiy turmushi, u hayot kechira-yotgan tuzumning moddiy asosiga emas, balki uni qurshab olgan odam-larning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, dunyoqarashi, maslagi, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir. Insonning borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Insonning rivojlanishi obyektiv borliqqa va o`ziga faol ta`sir ko`rsatishida sodir bo`ladi. O`yinni kuzatishi, mehnati, o`qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi, qiziqishining barqarorlashuvi va boshqalar shaxs-ning psixik rivojlanishini ifodalaydi. Psixologiyaningan`anaviy, empirik metodlari to hozirgi kun-gacha muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda. Download 81.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling