Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari


-§. Tarjiba o’tkazish sharoiti va uslubiyoti


Download 0.77 Mb.
bet10/30
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1580667
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
Do\'sqobilova dissertatsiya

2.2-§. Tarjiba o’tkazish sharoiti va uslubiyoti
Dala tajribasi 5 variant 4 takrorlikda quydagi tuzilma bo’yicha o’tkazildi.
1. Nazorat

2. N160P120K80
3. N200P150K100
4. N160P120K80+20 t go’ng
5. N200P150K100 +20 t go’ng
Bug‘doy o‘simliklarini o‘stirish shu sharoit uchun qabul qilingan texnologik jarayonlar asosida o‘tkazildi. Kuzda ekilgan bug‘doy o‘suv davrida, tuproq namligi dala nam sig‘imining 70% dan kam bo‘lmagan holda ushlab turildi. Buning uchun ekishdan oldin gektariga 1200 m3 me’yorida nam to‘playdigan va vegetatsiya davrda gektariga 700 m3 me’yorlarida atmosfera yog‘in-garchiliklarni hisobga olgan holda 3 – 4 marta sug‘orishlar o‘tkazildi.
Dala tajribasi variantlari paykalar bo’yicha bitta yarusga joylashtirldi. Dala tajribasidagi paykallarning umumiy soni 20 ta ga teng bo’ldi. Bita tajriba paykalining umumiy maydoni 200 m2, shundan xisob- kitob maydoni 100 m2 ni tashkil etadi. Bitta paykalning eni 3,6 metr uzunligi 50 metrga teng bo’ldi. Bitta takrorlanish maydoni 1000 m2 ga teng, bo’lib, u to’rt marta qaytarildi. Dala tajribasi bitta yarusga joylashtirildi. Dala tajribasining to’rt tamonidan 8 metrdan ximoya zonalari tashlandi. Dala tajribasining sof maydoni 4000 m2, tajribaning to’rt tamonidagi ximoya zonalarini xisobga olganda 8000 m2 (100 m x 80 m ), yani dalaning eni 100 metr, uzunligi 80 metrga teng bo’ldi.
2.2.1-Jadval
Variantlarni paykallar bo’yicha joylashtirilishi

Variant №

1

2

3

4

5

1

2

3

4

5

1

2

3

4

5

1

2

3

4

5

Paykal №

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Qaytariq №

I

II

III

IV

Bitta paykalning eni 3,6 metr bo’lib uning ikki chetidan 90 sm dan ximoya qatorlari qoldiriladi, o’rtadan 1,8 metr enlilikdagi joy kuzatuv maydoni bo’ladi. Paykalning uzunligi 80 metr bo’lib uning boshi va adog’idan 8 metrdan uzunlikdagi joy ximoya uchun qoldiriladi.Ular oralig’idagi 55 metr joyda kuzatuv olib borildi. Paykalning kuztuv maydoni 1.8*55=100 m2 ni tashkil etadi. Barcha xisob-kitob ishlari, biometrik o’lchashlar, fenologik kuzatishlar, namunalar olish har bir paykalning kuzatuv maydonida donchilik ilmiy tatqiqot inustututlari uslubiyati buyicha o’tkaziladi. Buning uchun 0.25 m2 ramka olinib paykalning 10 ta joyiga tashlanadi va uning ichidagi o’simliklar tadqiqot qilinadi. Bundan tashqari boshoqlash va pishish fazalarida 100 ta model o’simlik olinib ularda o’lchash ishlari olib boriladi. Bu 100 ta o’simlik paykal eni va uzunligi buyicha bir me’yorda taqsimlanadi.
Dala tajribasida har bir oyda bir marta fenalogik kuzatish va biometrik o’lchashlar olib boriladi. Tuproqni agrakimyoviy taxlil qilish uchun har bir paykal va variantdan o’rtacha tuproq aralash namunasi olib kelinib laboratoriyada analiz qilinadi.
Dala tajribasidagi quydagi biommetrik o’lchashlar o’tkaziladi.

  • Kuzgi bug’doy poyasining balandligi, sm

  • Bitta o’simlik tupidagi poyalar soni, dona

  • Bitta o’simlik tupidagi mahsuldor poyalar soni, dona

  • Bitta o’simlik tupidagi barglar soni, dona

  • Bitta o’simlikdagi boshoqlar soni, dona

  • Boshoqdagi don massasi, gr

  • Bitta paykaldagi don va somon hosili


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling