Kuzgi bug‘doyning biologik xususiyatlari va don sifati ko‘rsatkichlari


II-BOB. TADQIQOT SHAROITI OB’YEKTI VA USLUBLARI


Download 0.77 Mb.
bet9/30
Sana18.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1580667
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
Do\'sqobilova dissertatsiya

II-BOB. TADQIQOT SHAROITI OB’YEKTI VA USLUBLARI
2.1-§. Tadqiqot obyekti
Dala tajribasi Qiziriq tumani “Sattarov O’ktam” pudratchiligi sharoitida o’tkazildi. Tarjiba o’tkazilgan dala tuprog’i och tusli bo‘z tuproq xisoblanadi. Dala tajribasida organik o’g’itlar fonida mineral o’g’itlarning har xil me’yorlarini kuzgi bo’g’doy o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va mahsulot sifatiga ta’siri o’rganildi. Tuproqning mexanik tarkibi o’rta qumoq eskidan sug’oriladigan, madaniylashganligi yuqori. Xaydov qatlamidagi tuproq tarkibida gumus miqdori 1,08 %, yalpi azot 0,109 %, yalpi fosfor 0,182 %, yalpi kaliy 2,9 %. Tuproq muhiti reaksiyasi kuchsiz ishqoriy, bo’lib pH =7,6 ga teng. Harakatchan oziq moddalar miqdori o’rtacha bo’lib, ammoniy shakildagi azot miqdori (N-NH4) 24 mg/kg, nitrat shaklidagi azot (N-NO3) miqdori 28 mg/kg, harakatchan fosfor miqdori 27 mg/kg, almashinuvchan kaliy miqdori 321 mg/kg analizlarda ma’lum bo’ldi. Tuproqdagi karbonatlarning umumiy miqdori 18 % bo’lib, bu ko’rsatgich yuqori hisoblanadi. Dala tajribasi tuprog’idan kesma qilinib, unga morfalogik belgilari bo’yicha tavsif berldi. Quyida ushbu tavsif berildi.
Ax xaydov qatlami, kulrang biroz qoramtir, nam, g’ovak, o’simlik ildizlari ko’p o’chraydi sturukturasi kesakchali, mexanik tarkibi o’rta qo’moq, o’tish rangidan sezilarli
xaydov qatlami, kulrang , biroz qoramtir, nam, g’ovak, o’simlik ildizlari ko’p uchraydi, strukturasi kesakchali, mexanik tarkibi o’rta qumoq, o’tish rangidan sezilarli.
rangi oldingi qatlamga qaraganda ochroq, qattiqlashgan, nam, sturukturasi changsimon kesakchali, o’simlik ildizlari ko’p, mexanik tarkibi o’rta qo’moq, o’tishi rangi va yangi yaralmalaridan.
rangi ochkulrang, qattiqroq, nami ko’p, oldingi qatlamlardagiga qaraganda o’simlik ildizlari kam uchraydi, strukturasi kesakchali, mexanik tarkibi yengil qumoq, shox donachalari ko’p uchraydi.
rangi och kulrang, oldingi qatlamga nisbatan qattiqligi pasaygan, nam, o’simlik ildizlari kam uchraydi, suturukturasi yaxshi ifodalanmagan, mexanik tarkibi yengil qumoq shox donachalari uchraydi.
rangi oldingi qatlamlardan ochroq va sariqroq, g’ovak, faqat mayda o’simlik ildizlari onda-sonda o’chraydi, sturukturasiz, shox donachalari bor, mexanik tarkibi yengil qumoq
rangi sarg’ish, sturukturasiz, namligi biroz nam, o’simlik ildizlari kam o’chraydi, mexnik tarkibi qumloq.
Tarjibada kuzgi bug’doyning “Taniya” navi ekildi. Kuzgi bo’g’doy tor qatorlab ekildi. Bir gektar yerga 4,5 mln unuvchan urug’ ekildi. Dala tajribasida mineral va organik o’g’itlarning kuzgi bo’g’doy oziqlanishini bug‘doy o’sish, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta’siri o’rganildi. Organik o’g’it Azotli, fosforli va kaliyli o’g’itlar fonida qo’llanildi. Mineral o’g’itlar dozasi tajriba seximasi bo’yicha olindi. Azotli o’g’itlar amiakli selitra (NH4NO3) shaklida qo’llanildi. Uning tarkibida 34.6 % ta’sir etuvchi modda bor. Fosforli o’g’it sifatida superfosfat qo’llanildi, uning tarkibida 18 % ta’sir etuvchi moddasi (P2O5) bor. Kaliyli o’g’it sifatida kaliy xlorid (KCI) ishlatildi, uning tarkibida 60 % K2O bor.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling