Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Yakunlovchi bo‘g‘inning berilgan aniqligiga erishish usullari


Download 379 Kb.
bet6/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1404978732 55264

4. Yakunlovchi bo‘g‘inning berilgan aniqligiga erishish usullari.
Yig‘ma birliklarning chizmasi dinamikani, kinematikani va o‘lchamlarni, asosida ishlab chiqiladi. O‘lchamlar hisobi detallarning o‘lchamlarini, ularning o‘zaro joylashuvidagi ruxsat etilgan og‘ishlarni, shuningdek, yig‘ma birliklar va detallar o‘lchovidagi o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash imkonini beradi. O‘lchamlar zanjiri, deb yopiq kontur hosil qilgan, qo‘yilgan masalani hal qilishda bevosita ishtirok etadigan o‘lchamlar majmuiga aytiladi. O‘lchamlar zanjirining sxemasi-yopiq kontur ko‘rinishida bo‘ladi. Bu zanjirni hosil qilgan har bir o‘lcham zveno (xalqa, bo‘g‘in, tarkibiy qism) hisoblanadi. Bo‘g‘inlarni harflar bilan ifodalab, har biriga tartib raqami beriladi. Masalan, yuzalar va o‘qlarni bevosita tutashtiruvchi o‘lcham, nisbiy masofa yoki ma’lum burchakka burilishi ta’minlanadigan yoki aniqlanadigan o‘lchamni boshlang‘ich (dastlabki), yig‘ishda esa-yakunlovchi deyiladi.loyihalashda o‘lchamlar zanjirini boshlab beradigan bo‘g‘in-dastlabki bo‘g‘in deyiladi. O‘lchamlar zanjirining yig‘mada oxirgi bo‘lib aniqlanadigan xalqasi yakunlovchi bo‘g‘in deyiladi. Bu bo‘g‘inlarning hammasi «V» indeksi bilan belgilanadi. Dastlabki va yakunlovchi bo‘g‘inlarga yig‘ma birlikning asosiy aniqlik talablari qo‘yiladi. Har qaysi o‘lchamlar zanjirlarida faqat bitta yakunlovchi yoki dastlabki bo‘g‘in bor.
O‘lchamlar zanjirining boshqa bo‘g‘inlarini ham ta’kidlash zarur. Bular-tashkil etuvchi (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi), kompensatsiyalovchi va umumiy bo‘g‘inlar. Bo‘g‘inning tashkil etuvchisi o‘zgarganda dastlabki yoki yakunlovchi bo‘g‘ini o‘zgaradi. Tashkil etuvchi bo‘g‘inning ko‘paytiruvchi turi-bu ham bir bo‘g‘in, lekin uning ko‘payishi dastlabki yoki yakunlovchi bo‘g‘inni ko‘paytiradi.
Kompensatsiyalovchi bo‘g‘in xomaki tanlanadi. Uni o‘zgartirish yo‘li bilan joizlik maydonidan chiqib ketgan og‘ishlar bartaraf etiladi, yakunlovchi bug‘inning talab etiladigan aniqligi ta’minlanadi. Yakunlovchi bo‘g‘in ifodasida «K»indeksi bo‘ladi. Kompensatsiyalovchi sifatida maxsus shaybalar, o‘rnatuvchi xalqalar, qistirmalar to‘plami va h.k.lar qo‘llanadi.
Umumiy bo‘g‘in-bir vaqtning o‘zida bir necha o‘lchamlar zanjiriga tegishli bo‘g‘indir, chizmada hamma o‘lchamlar zanjirining harfi bilan kirishi kerak.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling