Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Download 379 Kb.
bet9/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1404978732 55264

5. Ulanmalarning turlari.
Detallarning ulanmalari nisbiy surilish imkoniyatiga ko‘ra-qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas, bo‘laklarga ajralishiga ko‘ra-ajraluvchi va ajralmas turlarga bo‘linadi. Ajraluvchi ulanmalarni buyumning tarkibiy qismlarini buzmasdan turib bo‘laklarga ajratish mumkin. Ajralmas ulanmalarda bunday qilib bo‘lmaydi.
Qo‘zg‘aluvchi ajraladigan va ajralmas ulanmalar. Qo‘zg‘aluvchi ulanmalarni olish uchun tutashuvchi detallar ulanmaning harakatchanligini ta’minlaydigan o‘rnatuvning joizliklariga binoan tayyorlanadi. Bunday talabga javob beradigan o‘rnatuvlarning ifodalari: h, g, f, e, d (sirpanuvchi, qo‘zg‘aluvchi, yuruvchi, yengil yuruvchi, bemalol yuruvchi). h o‘rnatuv no‘lga yaqin eng kichik tirqish qoldiradi. Masalan, qamrab oluvchi detal (vtulkaning silindr teshigi)eng kichik o‘lchami bilan, qamrab olinuvchi detal (silliq val) esa-eng katta o‘lchami bilan tayyorlanganda shunday bo‘ladi. Ulanma tirqishining qiymati yig‘ma birlikni loyihalash jarayonida konstruktor tomonidan qo‘yiladi. Texnolog shunday texnologik jarayon ishlab chiqishi kerakki, unga rioya qilinganda o‘lchamlarga berilgan joizliklar, shakl og‘ishlari ruxsat etilgan darajada ta’minlansin. Qo‘zg‘aluvchi ulanmalar asosan ajraladigan qilib tayyorlanadi.
Qo‘zg‘almas ajraluvchi ulanmalarga rezbali, shponkali, shlitsali, shtiftli ulanmalar kiradi. Shtiftli ulanmalardan boshqa hammasi n, m, k, js (sidirg‘a tirqishsiz, tarang, zo‘riqqan, zich) o‘rnatuv va konusli o‘rnatuv bilan bajariladi.
Rezbali ulanmalarda shpilkalar, boltlar, vintlar ishlatiladi. Shpilkalardan, odatda, tekis yuzalarni bevosita yoki qistirmalar orqali ulashda foydalaniladi. Ulashdan oldin asos qilib olingan detalga maxsus qurilma yordamida shpilkalar burab kigiziladi. Qo‘l bilan ishlatiladigan qurilmalar bu ishda ko‘p unum bermaydi, shuning uchun kallagi o‘z-o‘zidan ochiladigan elektr buragichlardan foydalaniladi. Shpilkalarni burab kigizishda ularning o‘qi tutash yuzaga qat’iy perpendikulyar turishi kerak va bu yuzadan chiqib turadigan qismining balandligini ta’minlash zarur. Bu qismning perpendikulyarlikdan og‘ishi har 1mm uzunlikda 2 mkm dan oshmasligi kerak.
Tutashuvchi detallarda ikki tomoni ochiq teshiklar bo‘lsa, boltlar bilan ulanadi. Buyumni ishlatish jarayonida tez-tez bo‘laklarga ajratish zarurati tug‘ilsa, vintlar ishlatiladi. Shu sababdan vintli ulanmalarda tirqishli o‘rnatuvlar rezbasi ochiladi, shpilkali ulanmalardagi kabi sirpanish o‘rnatuvining rezbasi ochilmaydi ulanmalar boltlar va vintlar yordamida birlashtirilsa mexanizatsiyalangan ko‘chma qurilmalar–elektr va pnevmo gayka buragichlar ishlatiladi. Ular prujinali posangilarga osib qo‘yiladi. Mexanizatsiya vositalarini qo‘llash rezbali ulanmalarni tayyorlashda ish unumdorligini oshiradi va boltlar yoki vintlar bir tekis tortilgani sababli sifat ham yuqori bo‘ladi. Elektr gayka buragichlar bir yoki ko‘p shpindelli bo‘ladi. Ko‘p shpindelli gayka buragichlar bir vaqtning o‘zida ko‘plab gaykalarni buray oladi (masalan, g‘ildiraklarni o‘rnatishda), lekin massasi og‘ir bo‘lgani sababli ko‘pincha ularni parmalash stanogiga o‘rnatiladi. Boltlar, shpilkalar va vintlarni qotirishda burovchi moment qiymatini darajalangan asbob yoki dinamometrli buragich bilan tekshirib boriladi.
Shponkali ulanmalardan ponali va prizma ko‘rinishli, segment shponkalar ishlatiladi. Ponali shponka vositasidagi yig‘ma qamrovchi detalning o‘qi qamraluvchining o‘qiga nisbatan chetga suriladi. Bu surilish tirqish bilan bog‘liq va qamrovchining radius bo‘yicha urishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari shponkaning qiyaliklari va qamrovchi detaldagi ariqcha xatolari ulanuvchi detallarning shponka valiga tarang o‘rnatiladi, shponka val ariqchasiga press yoki vintli strubsina yordamida tushiriladi.
Qo‘zg‘almas shlitsali ulanmalarda qamrab oluvchi detal (shlitsali vtulka)ni 80-1200S haroratgacha qizdirib bajariladi. Natijada presslash kuchi kamayib, detallar bir-biriga to‘g‘ri o‘rnatiladi valga presslab o‘tkazishda maxsus moslamadan foydalaniladi; shundan keyin qamrab oluvchi detalning o‘q va radius bo‘yicha urishi tekshiriladi. Yengil ajraladigan shlitsali ulanmalar uchun presslash kuchi talab etilmaydi.
Shtiftli ulanmalar konus yoki silindr shtiftlar yordamida bajariladi. Shtiftlar ulashdan tashqari detallarning o‘zaro muayyan holatini ham ta’minlaydi. Detallar konus yuzalari bilan tutashadigan bo‘lsalar, shtift teshigini qamrovchi detalni ulagan holatda ochish kerak. Qamraluvchi detalda teshik ilgaridan ochib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling