Kuzov va kabina detallarini tayyorlash texnologiyasi. Reja: Detallar va materiallarga bo‘lgan umumiy talablar


Qo‘zg‘almas va ajralmas ulanmalar


Download 379 Kb.
bet10/16
Sana19.06.2023
Hajmi379 Kb.
#1604073
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1404978732 55264

Qo‘zg‘almas va ajralmas ulanmalar. Bularga presslangan, jo‘valab pachoqlangan, parchinlangan, payvandlangan, yelimlangan ulanmalar kiradi.
Presslangan ulanmalar press o‘rnatuv yoki detallarni qizdirish bilan bajariladi. O‘rnatuvlarning S, u, x turlariga tegishli joizliklar bilan tayyorlangan detallar press stanogida ulanadi. Bunda qamrovchi detal valga kiygiziladi yoki val qamrovchiga tiqiladi (porshen barmoqchasini porshenga presslash). Bunday ulanmalarning tutash yuzalarida katta bosim hosil bo‘ladi. Presslashda qo‘zg‘almas va ko‘chma presslar, ko‘targich (domkrat)lar, tutashuvchi detallarni to‘g‘ri o‘rnatib qiyshayib olishiga yo‘l qo‘ymaydigan qiskichlar va skobalar qo‘llanadi.
Agar tutashuvchi detallar og‘ir sharoitlarda ishlasa, ularni qizdirib turib bir-biriga kiygiziladi. Bunda o‘rnatuv mustahkamligi oddiy presslashga nisbatan ikki marta yuqori bo‘ladi; mikro-notekisliklar ezilib, tekislanib ketmaydi, balki bir-birining orasiga kirib, qapishib qoladi. Misol uchun, dvigatelning zalvor g‘ildiragi bilan uning tishli gardishini ko‘rsatish mumkin. Detallarning ulangan joyi zich va havo yoki suv o‘tmaydigan qilinishi zarur bo‘lsa, o‘sha joy jo‘valab pachoqlanadi. Bu ish parmalovchi stanokda, maxsus uskunalarda, maxsus asbob – jo‘va yordamida bajariladi. Jo‘va tutashgan detallardan birining qirrasini ezib, deformatsiyalaydi. Bunda detalning materiali to‘g‘ri tanlanishi katta ahamiyatga ega. Bu xil ulanmalar avtomobillarning tormoz yoki moylash tizimida ko‘p uchraydi.
Parchin mixli ulanmalar yuqori haroratda ishlaydigan, korroziyaga uchraydigan, katta zarbali va titrash kuchlari ta’siriga uchraydigan konstruksiyalarda qo‘llanadi. Parchinlash jarayoni siqilgan havo va elektr kuchi bilan ishlaydigan parchinlovchi bolg‘alarda, yarimavtomat va avtomat presslarda bajariladi. Yarimavtomatlarda ishlanganda parchin mixlar maxsus qurilma yordamida uzatilib turadi. Avtomat presslarda hamma amallar: teshik ochish, parchin mix qo‘yish, parchinlash avtomat tarzda bajariladi.
Payvandli ulanmalar avtomobil transportida keng qo‘lanilmoqda, shuning hisobiga parchin mixli ulanmalar kamayib borayapti. Payvandlash material va mehnat sarfini kamaytiradi. Payvandlash jarayonining texnologik xususiyati elektr payvand mashinalarini bevosita yig‘uv oqimiga o‘rnatish imkonini beradi. Yoyli avtomat va yarimavtomat payvandlashda ko‘proq qo‘llanadi. Kavsharlash avtomobilsozlikda ayrim nuqsonlarni (masalan, radiator naychalaridan suyuqlik oqishi) yo‘qotish uchun qo‘llanadi.



Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling