Uyga vazifa:
6. Qavslarni shunday qo‘yingki, natija berilgan songa teng bo‘lsin:
(50+30)+9=89 (8+2)+40=50 (70–30)+6=46
7. Oziq-ovqat do‘koniga 29 quti konfet va pecheniy keltirildi. Konfetlar 20 quti bo‘lsa, nechta quti pecheniy keltirilgan?
29-20=9 Javob: 9 ta quti pecheniy keltirilgan
O’IBDO’: ___________________________
Sana:_____________________
MAVZU: Qo‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va
natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanish
Darsninq maqsadi: ta`limiy: DTS talablari asosida dars o`tish. o`tilganlarni takrorlashga doir misol va masalalar yechish ko`nikmalarini oshirib borish. Tenglamalar yechish malakasini oshirish. Masala misollarni tushunib, izohli yechishga o`rgatib borish. F.k.1. o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
Tarbiyaviy: Sport bilan shug`ullanishni targ`ib qilish, ish bajarishda tozalikka, ozodalikka, tartibga rioya qilishga o`rgatish. T.k.3. o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish; o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |