Kvadrat tenglama va uning ildizlari. Chala kvadrat tenglamalar va ularni yechish
Download 311.2 Kb.
|
8 to`garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu
Kvadrat tenglama va uning ildizlari.Chala kvadrat tenglamalar va ularni yechish Yangi mavzu: 1-masala. To`g`ri to`rtburchakning asosi balandligidan 10 sm ortiq, uning yuzi esa 24 sm2 ga teng. To`g`ri to`rtburchakning balandligini toping. D To`g`ri to`rtburchakning balandligi x santimetr bo`lsin, u holda, uning asosi (x+10) santimetrga teng. Shu to`g`ri to`rtburchakning yuzi x(x+10) sm2 ga teng. Masalaning shartiga ko`ra, x(x+10)=24. Qavslarni ochib va 24 sonini qarama-qarshi ishora bilan tenglamaning chap qismiga o`tkazib, quyidagini hosil qilamiz: X2+10x-24=0. Tenglamaning chap qismini guruhlash usuli bilan ko`paytuvchilarga ajratamiz: X2+10x-24=x2+12x-2x-24=x(x+12)-2(x+12)=(x+12)( x-2). Demak, tenglamani bunday yozish mumkin: (x+12)(x-2)=0. Bu tenglama x1=-12 va x2=2 ildizlarga ega. Kesma uzunligi manfiy son bo`la olmasligi sababli, izlanayotgan balandlik 2 sm ga teng bo`ladi. Bu masalani yechishda, kvadrat tenglama deb, ataluvchi x2+10x-24=0 tenglama hosil qilindi. Kvadrat tenglama deb (1) ko`rinishdagi tenglamaga aytiladi, bunda a, b, c— berilgan sonlar, , x esa noma'lum Kvadrat tenglamaning a, b, c koeffitsiyentlari, odatda, bunday ataladi: a-birinchi yoki bosh koeffitsiyent, b-ikkinchi koeffitsiyent, c — ozod had. Masalan, 3x2-x+2=0 tenglamada bosh koeffitsiyent 3, ikkinchi koeffitsiyent-1, ozod had 2 Kvadrat tenglamalar ildizlarini topish formulalari. Diskriminant Yangi mavzu: Bundan oldingi paragrafda kvadrat tenglamalarni to`la kvadratni ajratish usuli bilan yechish qaralgan edi. Shu usulni umumiy ko`rinishdagi kvadrat tenglamani yechish formulasini keltirib chiqarish uchun qo`llaymiz. Umumiy ko`rinishdagi kvadrat tenglamani qaraymiz: bunda . Tenglamaning ikkala qismini a ga bo`lib, kvadrat tenglamani hosil qilamiz. Bu tenglamaning shaklini shunday almashtiramizki, uning chap qismida ikkihadning to`la kvadrati hosil bo`lsin: , (1) Agar bo`lsa, u holda Bundan , yoki (2) (2) formula umumiy ko`rinishdagi kvadrat tenglama ildizlari formulasi deyiladi. Viyet teoremasi. Viyet teoremasi. Agar va lar tenglamaning ildizlari bo`lsa, u holda formulalar o`rinli, ya'ni keltirilgan kvadrat tenglama ildizlarining yig`indisi qarama-qarshi ishora bilan olingan ikkinchi koeffitsiyentga, ildizlarining ko`paytmasi esa ozod hadga teng. ○ (3) formula bo`yicha: Bu tengliklarni hadlab qo`shsak, x1+x2=-p bo`ladi. Bu tengliklarni ko`paytirib, kvadratlar ayirmasi formulasi bo`yicha quyidagini hosil qilamiz: · Masalan, x2-13x+30=0 tenglama x1=10, x2=3 ildizlarga ega; uning ildizlari yig`indisi x1+x2=13, ularning ko`paytmasi esa x1·x2=30. Viyet teoremasi kvadrat tenglama ikkita teng ildizlarga ega bo`lgan holda ham, to`g`ri bo`lishini ta'kidlab o`tamiz. Kvadrat uchhadni ko‘paytuvchilarga ajratish Download 311.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling